Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Oilaviy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarning oldini olish

Qumqoʻrgʻon tumani Mahalla va oilani qoʻllab quvvatlash binosida fuqarolik ishlari boʻyicha Qumqoʻrgʻon tumanlararo sudining tashabbusi bilan Qumqoʻrgʻon tumanlararo iqtisodiy sudi, Qumqoʻrgʻon tuman mahalla va oilani…

Oilaviy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarning oldini olish

Qumqoʻrgʻon tumani Mahalla va oilani qoʻllab quvvatlash binosida fuqarolik ishlari boʻyicha Qumqoʻrgʻon tumanlararo sudining tashabbusi bilan Qumqoʻrgʻon tumanlararo iqtisodiy sudi, Qumqoʻrgʻon tuman mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi hamkorligida tuman fuqarolari uchun davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida fuqarolik ishlari boʻyicha Qumqoʻrgʻon tumanlararo sudi raisi Oʻ.Mamadiyev, fuqarolik ishlari boʻyicha Qumqoʻrgʻon tumanlararo sudi sudyalari M.Allayarova, F. Xidirov, Qumqoʻrgʻon tumanlararo iqtisodiy sudi raisi S.Allaberdiyev, Qumqoʻrgʻon tumanlararo iqtisodiy sudi sudyasi A.Xolmuminov, Qumqoʻrgʻon tuman mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi Z.Xidirova va tuman faollari ishtirok etishdi.


Davra suhbatida soʻz olgan fuqarolik ishlari boʻyicha Qumqoʻrgʻon tumanlararo sudi raisi Oʻ.Mamadiyev nikohdan ajratishning oldini olish, oilalarni yarashtirish choralari haqida maʼruza qilib, ayni paytda mazkur toifaga oid ishlarni koʻrishda sud amaliyotida nikohning tugatilishi, uni haqiqiy emas deb topish, shuningdek iqtisodiyot erkinlashuvi sharoitida er-xotin mulkiy munosabatlarini tartibga soluvchi qonunchilikni qoʻllash bilan bogʻliq masalalar kelib chiqayotganligi, amaldagi oila qonunchiligiga koʻra nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi ishni koʻrishda sud oilani saqlab qolish yuzasidan choralar koʻrishi lozimligi, shu maqsadda, sud majlisida oilani saqlab qolish mumkinligini tasdiqlovchi holatlar (bolalar borligi, nikohning davomiyligi, oiladagi munosabatlarning xususiyatlari, vaqtinchalik kelishmovchilik va boshqalar) aniqlanganda, sud har ikkala tarafning yoki ulardan birining iltimosiga binoan yoxud oʻz tashabbusi bilan nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi ish koʻrilishini keyinga qoldirishga va er-xotinga yarashish uchun olti oygacha muhlat tayinlashga haqli ekanligi, yarashish uchun beriladigan muhlat uch oydan kam boʻlishi samarasiz hisoblanishi, er-xotinni yarashtirish maqsadida olti oylik muhlat ichida ishning koʻrilishi bir necha marta keyinga qoldirilishi mumkinligi, ishning koʻrilishi koʻrsatilgan asos boʻyicha keyinga qoldirilganda, sud qonun talablariga muvofiq bolalar taʼminoti uchun aliment undirish masalasini muhokama qilishga haqli ekanligi, er-xotinga yarashish uchun muhlat tayinlangan taqdirda, sud uch kundan kechiktirmasdan er-xotinning birgalikdagi yashash joyidagi fuqarolar yigʻinining yarashtirish komissiyasini, agar ular birga yashamayotgan boʻlsa, ularning har birining yashash joyidagi fuqarolar yigʻinining yarashtirish komissiyasini yozma ravishda xabardor qilishi lozimligi, ayni vaqtda, er-xotinga yarashish uchun muhlat tayinlash haqidagi ajrimning koʻchirma nusxasi sud tomonidan mahalla va oilani qoʻllab quvvatlash boʻlimlariga yuborilishi lozimligi haqida toʻxtalib oʻtdi.
Shundan soʻng davra suhbati ishtirokchilari tumanda oilaviy ajrimlarni oldini olish borasida olib borilayotgan ishlar, oilaviy ajrimlarning koʻpayishiga sabab boʻlayotgan omillar, va bu omillarning kelib chiqish sabablari va ularni oldini olish choralari yuzasidan takliflar bildirdilar.

Fuqarolik ishlari boʻyicha Qumqoʻrgʻon tumanlararo sudining sudyasi Muattar Allayarova

Mavzuga oid