OIV infektsiyasini yuqtirgan erkakka jazo tayinlandi
Navoiy viloyati, Qiziltepa tumanida yashovchi fuqaro A.A 2016 yil 05 dekabrdan buyon OIV infektsiyasi bilan kasallanganligi oʻziga ayon boʻlgani holda, 2016 yil 20 dekabrdan Navoiy viloyat OITSga qarshi kurashish markazida elektron…
Navoiy viloyati, Qiziltepa tumanida yashovchi fuqaro A.A 2016 yil 05 dekabrdan buyon OIV infektsiyasi bilan kasallanganligi oʻziga ayon boʻlgani holda, 2016 yil 20 dekabrdan Navoiy viloyat OITSga qarshi kurashish markazida elektron tartib raqami bilan OIV infektsiyasi bilan yashovchilar roʻyxatiga qayd etilib, unga qonidan OIV infektsiyasi aniqlanganligi, kasallikni yuqish va oldini olish boʻyicha tushuntirish ishlari oʻtkazilganligi, jinsiy va giyoxvand sheriklari boʻlsa ularni OIV infektsiyasidan tekshiruvdan oʻtkazish kerakligi, shu bilan birga oʻzida OIV statusini bilgan holda boshqa shaxsga kasallikni yuqtirish xavfini tugʻdirgan holatlarida unga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 113-moddasiga asosan jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantirilgan boʻlishiga qaramasdan, 2020 yil 23 avgust kuni fuqaro B.Bga OIV infektsiyasi bilan yashovchilar roʻyxatida turishini aytmasdan, oʻzidagi OIV statusini qasddan yashirib, u bilan sharʼiy nikohdan oʻtib, B.B bilan bir necha marotaba hech qanday himoya vositalarisiz jinsiy aloqada boʻlib, B.Bni OIV kasalligini yuqtirish xavfi ostida qoldirgan.
Mazkur holat boʻyicha JIB Qiziltepa tuman sudida A.Aga jinoyat ishi koʻrib chiqildi. A.Aga Oʻzbekiston Respublikasi JK 113-moddasi
4-qismi bilan 3 yil 6 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
JIB Qiziltepa tuman
sudi raisi A.Avezov