Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Oliy martabali mehmonlarni aeroportda prezident Shavkat Mirziyoyev va rafiqasi kuzatib qoʻydi

Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yolning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan davlat tashrifi yakunlandi. Bu haqda Prezident matuot xizmati xabar berdi. Uch kunlik tashrif doirasida…

Oliy martabali mehmonlarni aeroportda prezident Shavkat Mirziyoyev va rafiqasi kuzatib qoʻydi

Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yolning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan davlat tashrifi yakunlandi. Bu haqda Prezident matuot xizmati xabar berdi.

Uch kunlik tashrif doirasida oliy darajadagi muzokaralar boʻlib oʻtdi, ular yakunida yetakchilar Alohida strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish va har tomonlama kengaytirish toʻgʻrisidagi qoʻshma bayonotni imzoladilar.

Ikki tomonlama hujjatlar toʻplami qabul qilindi.

Davlat rahbarlari Koreyaning yetakchi kompaniyalari va bank-moliya institutlari vakillari ishtirokidagi qoʻshma biznes

forumida qatnashdilar.

Prezidentlar Toshkentdagi Texnoparkka tashrif buyurib, sanoat kooperatsiyasi uchun mavjud salohiyat bilan tanishdilar.

Bugun davlat rahbarlarining muloqoti Samarqandda davom etdi.

Prezidentlar rafiqalari bilan birga qadim shaharning tarixiy-meʼmoriy durdonalari bilan tanishdilar.

Tashrif tadbirlari yakunlanganidan soʻng aeroportda Prezident Yun Sok Yol va rafiqasini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va rafiqasi kuzatib qoʻydilar.

Mavzuga oid