Osiyo kubogi-2023: Oʻzbekiston-Tailand oʻyiniga 23 mingga yaqin chipta sotildi
Osiyo kubogi bahslari yakuniga yaqinlashgani sari oʻyinlar qiymati ham ortib bormoqda. Shunga yarasha bahslarga qiziqish oshib, oʻyinlar uchun chiqarilgan chiptalar sotuvi hajmi kengaygan. Hozirga kelib, 1/8 finaldan oʻrin olgan…
Osiyo kubogi bahslari yakuniga yaqinlashgani sari oʻyinlar qiymati ham ortib bormoqda. Shunga yarasha bahslarga qiziqish oshib, oʻyinlar uchun chiqarilgan chiptalar sotuvi hajmi kengaygan. Hozirga kelib, 1/8 finaldan oʻrin olgan Oʻzbekiston-Tailand bahsi uchun chiqarilgan 22978 ta chipta sotib boʻlindi. Bu haqda futbol mutaxassis Alisher Nikimabev oʻz Telegram sahifasida maʼlum qildi.
Maʼlum boʻlishicha, hozirda eng koʻp chipta 1/8 finalning markaziy oʻyini Saudiya Arabistoni-Janubiy Koreya bahsi uchun sotilgan. 37 mingdan ortiq bilet allaqachon oʻz egasini topib ulgurgan.
Qizigʻi shundaki, Oʻzbekiston-Tailand oʻyiniga 23 mingta chiptaning atigi 165 tasini oʻzbekistonliklar xarid qilgan.
Hozirga kelib Bahrayn-Yaponiya uchrashuvi uchun 34 mingdan ortiq, Iroq-Suriya oʻyiniga esa 7 mingga yaqin chipta sotildi.