Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +1° USD 11 964,27 EUR 13 323,41 RUB 144,49

Osiyo O‘yinlari g‘olibi bo‘lgan surxondaryolik sportchilar tantanali kutib olindi

Termiz shahrida Xitoy davlatida o‘tkazilgan “Xanchjou-2022” Osiyo o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritgan surxondaryolik sportchilarni tantanali kutib olish va taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Davlat va jamoat…

Osiyo O‘yinlari g‘olibi bo‘lgan surxondaryolik sportchilar tantanali kutib olindi

Termiz shahrida Xitoy davlatida o‘tkazilgan “Xanchjou-2022” Osiyo o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritgan surxondaryolik sportchilarni tantanali kutib olish va taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, talaba-yoshlar va yosh sportchilar ishtirok etgan tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov chempionlikni qo‘lga kiritgan, bokschimiz Bahodir Jalolov, kurashchilarimiz Muhsin Hisomiddinov va Muzaffarbek To‘raboyevlarga zarbop to‘n kiydirib, tadbirkorlar sovg‘a qilgan xonadonlar kalitlarini tantanali topshirdi.

Sportchilarimizning ota-onalari va yaqinlari so‘zga chiqib, Prezidentimizning yosh avlod kamoloti va sportga qaratayotgan e’tibori, ularning Vatanimiz shuhratini nufuzli musobaqalarda keng tarannum etishga yaratayotgan sharoitlar uchun o‘z minnatdorchiliklarini bildirdi.

Mavzuga oid