Oxangaronda Xitoy kompaniyasi jelatin ishlab chiqaradi
“Oʻzcharmsanoat” uyushmasi raisi Faxriddin Boboyev “Profit Max Plus” kompaniyasi rahbari Li Hong Chang boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv oʻtkazdi. Muloqotda Xitoy kompaniyasining sarmoyasi asosida jelatin ishlab chiqarishga…
“Oʻzcharmsanoat” uyushmasi raisi Faxriddin Boboyev “Profit Max Plus” kompaniyasi rahbari Li Hong Chang boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Muloqotda Xitoy kompaniyasining sarmoyasi asosida jelatin ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonani barpo etish bilan bogʻliq tashkiliy masalalar muhokama etildi.
Qayd etish kerak, Xitoylik investor Toshkent viloyatining Oxangaron shahrida joylashgan erkin iqtisodiy zonada umumiy qiymati 8 million dollar boʻlgan jelatin ishlab chiqarishga ixtisoslashgan invest loyihani amalga oshiryapti. Shu kunga qadar loyihaning 60 foiz qurilish ishlari oʻz nihoyasiga yetdi. 2,5 gektar yer maydonida amalga oshirilayotgan mazkur loyihaning ishga tushishi bilan oyiga 600 tonna jelatin ishlab chiqarish imkoniyati yaratiladi. Loyiha 2024 yilning 3-choragida ishga tushishi kutilmoqda.
Uchrashuvda loyiha ishga tushishi bilan xom ashyoni yigʻish, toʻplash va qayta ishlash bilan bogʻliq masalalar muhokama etildi.
Xitoy tomoni mamlakatimizda yana ikkita invest loyihani amalga oshirishga qaratilgan biznes tashabbuslar bilan oʻrtoqlashdi, deb xabar beradi “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi matbuot xizmati.