Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +1° USD 11 964,27 EUR 13 323,41 RUB 144,49

Oʻzbek olimlari pomidordan yangi avlod COVID-19 vaktsinasi yaratdi

Olimlar tomonidan koronavirusning S1 antigen oqsilini kodlovchi gen fragmenti maxsus vektorlarga joylashtirilib, pomidor xujayrasi genomiga kiritildi. Bu xujayralardan S1 antigeni oqsilini muntazam ishlab chiqaruvchi pomidor…

Oʻzbek olimlari pomidordan yangi avlod COVID-19 vaktsinasi yaratdi

Olimlar tomonidan koronavirusning S1 antigen oqsilini kodlovchi gen fragmenti maxsus vektorlarga joylashtirilib, pomidor xujayrasi genomiga kiritildi. Bu xujayralardan S1 antigeni oqsilini muntazam ishlab chiqaruvchi pomidor oʻsimligi olindi. Bunday oʻsimliklardan olingan pomidor mevasida 0.77 mkg/gr miqdorida turgʻun S1 antigen oqsili sintez boʻlishi koʻrsatib berildi va TOMAVAC vaktsinasi sifatida tanlab olindi.

Yaratilgan TOMAVAC vaktsinasi sinovlari sichqonlar va koʻngilli insonlar qon zardobida (IgG) va ichakda yuqori miqdorlarda neytrallovchi antitanachalar (IgA) hosil boʻlishini isbotladi.

Bunda tajriba sichqonlarida vp koʻngillilarda salbiy nojoʻya taʼsirlar kuzatilmadi.

Ushbu tadqiqot TOMAVACni ikki bosqichli (ichak shilliq pardasi va qonda) himoyani taʼminlovchi xavfsiz vaktsinaligini koʻrsatdi va u birinchi toʻgʻridan-toʻgʻri istʼemol qilinadigan COVID-19 vatsinasi sifatida ilmiy hamjamiyatga taqdim etildi.

Muhimi, yaratilgan vektor tizimi va tajriba asosida, zarur hollarda, mamlakatimizda turli infektsiyalarga qarshi vaktsinalarni qisqa muddatlarda yaratish va joriy etish imkoniyati va yangi avlod mutaxassislari shakllantirildi.

Vaktsina ustidagi tadqiqotlar xorijning nufuzli “Frontiers in Nutritional Immunology” (IF=5.0) jurnalida nashr qilinib, sichqonlarda hamda koʻngilli insonlarda oʻtkazilgan birinchi faza immunogenlik va bioxafsizlik sinovlari natijasi eʼlon qilindi.

Mavzuga oid