Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +1° USD 11 964,27 EUR 13 323,41 RUB 144,49

Oʻzbekiston banki BMTning Global shartnomasi tashabbusiga qoʻshildi

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB BMTning Global shartnomasi tashabbusiga qoʻshildi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Global shartnomasi (UN Global Compact) – xalqaro ishbilarmonlar hamjamiyati tashabbusi bilan tashkil etilgan…

Oʻzbekiston banki BMTning Global shartnomasi tashabbusiga qoʻshildi

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB BMTning Global shartnomasi tashabbusiga qoʻshildi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Global shartnomasi (UN Global Compact) – xalqaro ishbilarmonlar hamjamiyati tashabbusi bilan tashkil etilgan boʻlib, dunyo boʻylab barqaror rivojlanish sohasidagi yirik tashabbus deb tan olingan hamda barcha aʼzo kompaniyalarni barqaror va ijtimoiy masʼuliyatli faoliyat yuritishga undashi bilan ahamiyatlidir.

Global shartnomaga qoʻshilish orqali “Biznesni rivojlantirish banki” ATB oʻz faoliyati va strategiyasini BMT Global kelishuvining inson va mehnat huquqlari, atrof-muhitni muhofaza qilish hamda korruptsiyaga qarshi kurash sohalarida umumeʼtirof etilgan 10 ta tamoyiliga muvofiqlashtirish, BMT Barqaror rivojlanishning 17 ta maqsadini amalga tatbiq qilishda, shuningdek, masʼuliyatli biznes amaliyotlarini ishlab chiqish, amalga oshirish va oshkor etishda tashabbus koʻrsatish majburiyatini olgan.

“Butun dunyo boʻylab barqaror va masʼuliyatli biznes amaliyotlarini targʻib qilish boʻyicha jamoaviy saʼy-harakatlarimizga qoʻshilishingizdan juda xursandmiz. Sizning ishtirokingiz barqaror va masʼuliyatli global biznes hamjamiyatini shakllantirish yoʻlidagi muhim qadamdir”, deyiladi tashkilotning rasmiy xabarida.

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB Global shartnoma doirasidagi faoliyatida BMT agentliklari, mehnat guruhlari, xususiy sektorni rivojlantirish korporatsiyalari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan integratsiya qilinadi.
Tashkilot rasmiy saytidagi “Biznesni rivojlantirish banki” ATBning sahifasida bank ushbu tashabbusning toʻliq ishtirokchisi maqomini olganligi hamda barqarorlikni taʼminlash saʼy-harakatlari batafsil yoritilgan.
Maʼlumot uchun: UN Global Compact bugungi kunda jahon hamjamiyatidagi eng yirik korporativ barqarorlik tashabbusi hisoblanib, 160 dan ortiq mamlakatlarda joylashgan 15 mingdan ziyod kompaniya va 4 mingga yaqin notijorat ishtirokchilarni oʻz ichiga oladi. Tashkilot aʼzo kompaniyalarning Barqaror taraqqiyot maqsadlari yoʻlidagi ishlarni qoʻllab-quvvatlashiga katta investitsiya kiritib boradi.

Mavzuga oid