Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Oʻzbekiston elchisi Avstriya Prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

Vena shahrida Oʻzbekistonning Favqulodda va Muxtor Elchisi Baxtiyor Ibragimovning Avstriya Prezidenti Aleksandr Van der Bellenga ishonch yorliqlarini topshirish rasmiy marosimi boʻlib oʻtdi. Marosim doirasida elchining…

Oʻzbekiston elchisi Avstriya Prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

Vena shahrida Oʻzbekistonning Favqulodda va Muxtor Elchisi Baxtiyor Ibragimovning Avstriya Prezidenti Aleksandr Van der Bellenga ishonch yorliqlarini topshirish rasmiy marosimi boʻlib oʻtdi.

Marosim doirasida elchining Avstriya Prezidenti bilan suhbati boʻlib oʻtdi. Unda siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Suhbat yakunida Avstriya Prezidenti elchini yangi lavozimga tayinlangani bilan tabrikladi va uning ushbu masʼuliyatli faoliyati Avstriya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi koʻp qirrali munosabatlarni yanada kengaytirishga xizmat qilishiga umid bildirdi.

Mavzuga oid