Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +1° USD 11 964,27 EUR 13 323,41 RUB 144,49

O‘zbekiston Milliy matbuot markazida matbuot anjumani o’tkazildi

Kuni kecha O‘zbekiston Milliy matbuot markazida Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarma boshliqlari ishtirokida matbuot anjumani bo’lib o’tdi. Unda “Kadastr agentligi hamda…

O‘zbekiston Milliy matbuot markazida matbuot anjumani o’tkazildi

Kuni kecha O‘zbekiston Milliy matbuot markazida Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarma boshliqlari ishtirokida matbuot anjumani bo’lib o’tdi.

Unda “Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmalari tomonidan 2022-yilda amalga oshirilgan ishlar hamda 2023-yilda bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar mavzusida so’z bordi. Jumaladan, Surxondaryo viloyati bo’yicha o’tgan 2022-yil mobaynida 938 ta holatda 318,27 gektar yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish holatlari aniqlanligi haqida ma’lumotlar berib o’tildi. Egallab olingan yerlarni toifalarga ajratilganda:

⏺qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda 705 ta holatda 272,70 ga,
⏺aholi punktlari yerlarda 49 ta holatda 2,40 ga,
⏺sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlarda 41 ta holatda (3,63 ga),
⏺tarixiy ma’daniy ahamiyatga molik yerlarda 3 ta holatda (0,12 ga),
⏺o‘rmon fondi yerlarda 13 ta holatda 1,7 ga,
⏺suv fondi yerlarda 17 ta holatda 1,74 ga,
⏺zaxira yerlarda 110 ta holatda 36,09 ga.


Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i Sobir Shaymardanov so’zga chiqib, Surxondaryo viloyatida UZKAD tizimiga 57 122 ta foydalanuvchiga tegishli 1 178 161 gektar yer maydoni kiritilgan bo‘lib, shundan, 53 497 ta foydalanuvchiga tegishli 1 036 066 gektar yer maydoni huquqiy hujjatlar asosida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi, 3 561 ta foydalanuvchiga tegishli 140 467 gektar yer maydoni egalari foydalanuvchi sifatida hisobga olindi, 64 ta foydalanuvchiga tegishli 1 628 gektar yer maydoni topografik ma’lumotlari shakllantirilib dasturga kiritilganligini ma’lum qildi.

Mavzuga oid