Oʻzbekiston MTJ 1/4 finalda
Osiyo kubogi-2023 nimchorakfinali doirasida Oʻzbekiston milliy jamoasi Tailandni magʻlub etib, chorakfinalga yoʻllanma olgan 5-jamoaga aylandi. Uchrashuvnining 37-daqiqasida Azizbek Turgʻunboyev raqib darvozasiga gol kiritdi –…
Osiyo kubogi-2023 nimchorakfinali doirasida Oʻzbekiston milliy jamoasi Tailandni magʻlub etib, chorakfinalga yoʻllanma olgan 5-jamoaga aylandi.
Uchrashuvnining 37-daqiqasida Azizbek Turgʻunboyev raqib darvozasiga gol kiritdi – 1:0. Bu Azizbekning turnirdagi ikkinchi goli boʻlib, Tailandning Qatarda oʻtkazib yuborgan ilk goliga aylandi.
Ikkinchi boʻlimning 59-daqiqasida esa hisob tenglashdi. Supachokning jarima maydoni tashqarisidan yoʻllagan zarbasini Oʻtkir Yusupov qaytara olmadi – 1:1.
65-daqiqada Abbosbek Fayzullayev jarima maydoni tashqarisidan raqib darvozasining uzoq burchagiga yoʻlladi – 2:1.
Shu tariqa, Oʻzbekiston milliy jamoasi gʻalabaga erishib, chorakfinalga yoʻllanma olgan 5-jamoaga aylandi. Bungacha Avstraliya, Tojikiston, Iordaniya va Qatar 1/4 finalga yoʻl olgandi. Oʻzbekiston keyingi bosqichda mezbon Qatarga qarshi maydonga tushadi. Oʻyin 3 fevral kuni boʻlib oʻtadi.