Oʻzbekiston pasporti dunyoda 128-oʻrinni egalladi. Mamlakat fuqarolari 31 davlatga vizasiz sayohat qilishlari mumkin
Oʻzbekiston VisaGuide Passport Index pasport indeksida 2024 yil yanvar holatiga koʻra, 128-oʻrinni egalladi. Qayd etilishicha, Oʻzbekiston pasporti mamlakat fuqarolariga 31 davlatga vizasiz sayohat qilish imkonini beradi, 19…
Oʻzbekiston VisaGuide Passport Index pasport indeksida 2024 yil yanvar holatiga koʻra, 128-oʻrinni egalladi.
Qayd etilishicha, Oʻzbekiston pasporti mamlakat fuqarolariga 31 davlatga vizasiz sayohat qilish imkonini beradi, 19 davlat oʻzbekistonliklarga elektron viza va 32 davlat kelganida vizalar beradi. Oʻzbekiston pasporti egalari 144 davlatga kirish uchun sayohat qilishdan oldin viza olishi kerak.
Markaziy Osiyo davlatlari orasida Qozogʻiston pasporti eng yaxshi koʻrsatkichga ega — 110-oʻrin. Qirgʻiziston pasporti 132-oʻrin, Tojikiston pasporti 140-oʻrin va Turkmaniston pasporti 167-oʻrinda qayd etilgan.
2023 yilgi reytingning mutlaq yetakchisi Ispaniya pasporti boʻldi. Ikkinchi oʻrinda Germaniya pasporti. Kuchli beshlikni Singapur, Italiya va Frantsiya pasportlari yakunlaydi.
Reytingning soʻnggi oʻrinlarini Iroq, Pokiston, Suriya, Afgʻoniston, Somali kabi davlatlarning pasporti egallagan.