Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +1° USD 11 964,27 EUR 13 323,41 RUB 144,49

Oʻzbekiston Prezidenti Frantsiya bilan har tomonlama sheriklikni yanada kengaytirish muhimligini taʼkidladi

Uchrashuvda oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish masalalari va ikki mamlakatning har tomonlama sherikligini kengaytirish istiqbollari koʻrib chiqildi. Yuqori martabali mehmon davlatimiz rahbariga Frantsiya Prezidenti…

Oʻzbekiston Prezidenti Frantsiya bilan har tomonlama sheriklikni yanada kengaytirish muhimligini taʼkidladi

Uchrashuvda oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish masalalari va ikki mamlakatning har tomonlama sherikligini kengaytirish istiqbollari koʻrib chiqildi.

Yuqori martabali mehmon davlatimiz rahbariga Frantsiya Prezidenti Emmanuel Makronning samimiy salomi va shaxsiy maktubini yetkazdi.

Uchrashuvda faol siyosiy muloqotlarni davom ettirish, oʻzaro savdo hajmini oshirish, Frantsiyaning yetakchi kompaniya va banklari bilan “yashil” energetika, qazib chiqarish, qishloq xoʻjaligi, toʻqimachilik, suv taʼminoti tizimini, transport va turizm infratuzilmasini modernizatsiya qilish kabi yoʻnalishlarda birgalikdagi yirik loyihalarni ilgari surish muhimligi alohida taʼkidlandi.

Parij shahridagi Luvr muzeyi va Arab dunyosi institutidagi madaniy tadbir va koʻrgazmalar muvaffaqiyatli oʻtgani yuksak baholandi. Oʻzbekiston maktablarida frantsuz tilini oʻrganishni kengaytirish masalalari ham koʻrib chiqildi.

Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikning dolzarb jihatlari yuzasidan fikr almashildi.

Mavzuga oid