Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +1° USD 11 964,27 EUR 13 323,41 RUB 144,49

Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining Transport yoʻlaklari va logistikani rivojlantirish boshqarmasi mansabdori pora bilan qoʻlga tushdi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining Transport yoʻlaklari va logistikani rivojlantirish boshqarmasi bosh mutaxassisi M.M. xizmat mavqeidan foydalangan holda fuqaro A.T.ni aldab, uning ishonchiga kirib, Toshkent shahrida…

Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining Transport yoʻlaklari va logistikani rivojlantirish boshqarmasi mansabdori pora bilan qoʻlga tushdi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining Transport yoʻlaklari va logistikani rivojlantirish boshqarmasi bosh mutaxassisi M.M. xizmat mavqeidan foydalangan holda fuqaro A.T.ni aldab, uning ishonchiga kirib, Toshkent shahrida joylashgan AQSh elchixonasida ishlovchi tanishlari orqali viza-stiker olishiga va AQShga joʻnab ketishiga amaliy yordam berishini vaʼda kilgan. Taʼmagarlik yoʻli bilan 14.000 AQSh dollari pul mablagʻlarini talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi va boshqa huquq-tartibot idoralari xodimlari hamkorligida Samarqand shahri Kamollidin Bexzod MFYda oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro M.M. oʻzi talab qilgan pullardan boʻnak sifatida 10.000 AQSh dollarini firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro M.M.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qingʻir yoʻllar bilan xorijga chiqib, boyib ketishni koʻzlagan kimsalarning chet elda “oshigʻi olchi boʻlishiga” hech kim kafolat bermaydi. Bunday insonlarga “yordam qoʻlini choʻzayotgan” “saxovatpeshalar”ga esa, albatta, qonuniy chora koʻriladi.

Mavzuga oid