Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +1° USD 11 964,27 EUR 13 323,41 RUB 144,49

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining 2020 yil 21 fevraldagi RS-03-20-sonli qaroriga muvofiq Surxondaryo viloyatida nomusga tegish, pora olish, bosqinchilik, oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-taroj qilish, harakat xavsizligi qoidalarini buzish jinoyatlari uchun sudlanganlik holati oshganligi sababli mazkur jinoyatlar yuzasidan sud amaliyoti umumlashtirildi va natijasi yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Mamlakatimizda oʻtgan yillar davomida sud-huquq sohasida koʻplab islohotlar amalga oshirildi. Inson huquqlarini himoyalashning samarali mexanizmlari shakllantirildi. Bunday keng koʻlamli chora-tadbirlar samarasi inson, uning…

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining 2020 yil 21 fevraldagi RS-03-20-sonli qaroriga muvofiq Surxondaryo viloyatida nomusga tegish, pora olish, bosqinchilik, oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-taroj qilish, harakat xavsizligi qoidalarini buzish jinoyatlari uchun sudlanganlik holati oshganligi sababli mazkur jinoyatlar yuzasidan sud amaliyoti umumlashtirildi va natijasi yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Mamlakatimizda oʻtgan yillar davomida sud-huquq sohasida koʻplab islohotlar amalga oshirildi. Inson huquqlarini himoyalashning samarali mexanizmlari shakllantirildi. Bunday keng koʻlamli chora-tadbirlar samarasi inson, uning hayoti, erkinligi, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari eng oliy qadriyat ekani bugun jamiyatimiz har bir aʼzosining haq-huquqlari, qonuniy manfaatlari taʼminlanayotganida oʻz ifodasini topmoqda.Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining 2020 yil 21 fevraldagi RS-03-20-sonli qarorida Surxondaryo viloyatida nomusga tegish, pora olish, bosqinchilik, oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-taroj qilish, harakat xavsizligi qoidalarini buzish jinoyatlari uchun sudlanganlik holati oshganligi salbiy holat deb baholanib, bu borada zaruriy chora-tadbirlar belgilab olindi. Ayni vaqtda, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishda, aholi, korxona, muassasa, tashkilotlarda profilaktik tadbirlarni amalga oshirish talab etilmoqda. 2019 yil mobaynida tuman sudi tomonidan jami 100 shaxsga nisbatan 78 ta jinoyat ishi koʻrib tamomlangan boʻlib, 85 shaxsga nisbatan 64 ta hukm chiqarilgan boʻlsa, 13 shaxsga nisbatan 12 ta ish harakatdan tugatilgan. 2019 yil davomida Oʻzbekiston Respublikasi JKning 118-moddasi boʻyicha 1 nafar shaxsga nisbatan 1 ta jinoyat ishi koʻrib tamomlangan, shundan 1 nafar shaxsga nisbatan 1 ta jinoyat ishi boʻyicha hukm chiqarilgan. Shu jumladan, 1 ta shaxsga nisbatan 1 ta ish boʻyicha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. 2019 yil davomida Oʻzbekiston Respublikasi JKning 164-moddasi bilan bogʻliq jinoyat ishi koʻrilmagan. 2019 yil davomida Oʻzbekiston Respublikasi JKning 167-moddasi boʻyicha 19 nafar shaxsga nisbatan 7 ta jinoyat ishi koʻrib tamomlangan, shundan 11 nafar shaxsga nisbatan hukm chiqarilgan, 2 ish harakatdan tugatilgan, 2 nafar shaxsga nisbatan javobgarlikka totish muddati oʻtgan. Shu jumladan, 5 ta shaxsga nisbatan jarima, 5 nafar shaxsga nisbatan axloq tuzatish ishlari, 1 nafar shaxsga nisbatan ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan. 2019 yil davomida Oʻzbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi boʻyicha 27 nafar shaxsga nisbatan 27 ta jinoyat ishi koʻrib tamomlangan, shundan 18 nafar shaxsga nisbatan 18 ta jinoyat ishi boʻyicha hukm chiqarilgan. Shu jumladan, 1 nafar shaxsga nisbatan jarima, 6 nafar shaxsga nisbatan axloq tuzatish ishlari, 6 nafar shaxsga nisbatan ozodlikni cheklash, 4 nafar shaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Sodir etilgan har bir jinoyat ishi chuqur tahlil qilinib hamda bu kabi holatlarni kelgusida qayta takrorlanmasligini oldini olish maqsadida yoʻl qoʻyilgan qonun buzilishi, uning kelib chiqish sabablari va bunga imkoniyat yaratib bergan shart-sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilash maqsadida Surxondaryo viloyat IIB YXH boshqarmasi boshligʻiga, AT Xalq banki Boysun tuman filiali boshligʻiga, Sherobod tuman “Sherobod Paxta tozalash” AJ raisiga, Qiziriq tuman “Qiziriq paxta tozalash” AJ raisiga, Qiziriq tuman xalq taʼlimi boʻlimi boshligʻiga, Sherobod tuman xalq taʼlimi boʻlimi boshligʻiga, Sherobod tuman fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha tuman Kengashi raisiga, Angor, Muzrabot, Sherobod, Qiziriq, Jarqoʻrgʻon, Oltinsoy, Uzun, Qumqoʻrgʻon, Shoʻrchi, Denov tumanidagi hamda Qashqadaryo viloyat, Qarshi shahridagi “Gʻafur Gʻulom” nomidagi oʻzini-oʻzi boshqarish organlari raisiga taqdimnoma kiritildi. Xulosa oʻrnida shuni aytish mumkinki, huqubuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar nafaqat fuqarolarimizning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini, balki ularning qonunga nisbatan hurmat hissini ham oshirmoqda. Jinoyat ishlari boʻyicha Boysun tuman sudining devonxona mudiri Sh.Qodirov

Mavzuga oid