Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tezkor-qidiruv hamda tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi…

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tezkor-qidiruv hamda tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-89-sonli Farmoni mazmun…

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tezkor-qidiruv hamda tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi…

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tezkor-qidiruv hamda tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-89-sonli Farmoni mazmun mohiyati xususida.

Kuni kecha jinoyat ishlari boʻyicha Shoʻrchi tuman sudi tomonidan Shoʻrchi tumanidagi «Navroʻz» mahalla fuqarolar yigʻinida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tezkor-qidiruv hamda tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-89-sonli Farmonining mazmun mohiyati tushuntirildi.
Mamlakatimizda inson huquqlarini himoya qilish tizimini inson qadri uchun tamoyili asosida yangi bosqichga koʻtarish, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklari himoyasining kafolatlarini kuchaytirish, shuningdek, aholining huquqni muhofaza qilish tizimiga boʻlgan ishonchini mustahkamlashga qaratilgan keng koʻlamli ishlar olib borilmoqda.


Shu bilan birga, sud-tergov amaliyoti inson huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini taʼminlash boʻyicha samarali mexanizmlar toʻliq ishga solinmaganligi, shuningdek, jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan shaxsning erkinlik va shaxsiy daxlsizlikka oid konstitutsiyaviy huquqlarini sud orqali ishonchli taʼminlash choralarini kuchaytirish zarurati mavjudligini koʻrsatmoqda.
“Oʻzbekiston-2030” strategiyasida belgilangan ustuvor yoʻnalishlardan kelib chiqib, sudlar faoliyati samaradorligini oshirish, ishni sudga qadar yuritishda taraflarning tengligi va tortishuvi printsipini amalda taʼminlash, shuningdek, tezkor-qidiruv hamda tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini samarali himoya qilinishiga erishish maqsadida:
jinoyat ishlari boʻyicha sudga qadar ish yurituv davrida protsessual qarorlarga sanktsiya berish masalasi jinoyat ishlari boʻyicha tuman, shahar sudlarida alohida sudyalar – tergov sudyalari tomonidan koʻrib chiqilishi tartibini joriy etish;
jinoyat ishlari boʻyicha tuman, shahar sudlarida tergov sudyasi lavozimini kiritish;
tergov sudyalariga maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish vakolatini berish;
tergov sudyalari tomonidan koʻrib chiqiladigan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni yuqori instantsiyalarda qayta koʻrib chiqishning amaldagi tartibini saqlab qolish;
qonunchilikda belgilangan tartibda tergov sudyasiga yuklatilgan vazifalarni adolatli va xolisona bajarish;
qonun ustuvorligini, ijtimoiy adolatni, fuqarolar tinchligi va totuvligini taʼminlash;
fuqarolar va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini sud yoʻli bilan samarali himoya qilishini taʼkidlab oʻtdi.

Jinoyat ishlari boʻyicha
Shoʻrchi tuman sudining  cudyasi   Sh.Qodirov

Mavzuga oid