Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga yer uchastkalaridan samarali foydalanish, sohadagi huquqbuzarliklarning oldini olish toʻgʻrisidagi qonuni mazmun mohiyati.

Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga yer uchastkalaridan samarali foydalanish, sohadagi huquqbuzarliklarning oldini olish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish…

Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga yer uchastkalaridan samarali foydalanish, sohadagi huquqbuzarliklarning oldini olish toʻgʻrisidagi qonuni mazmun mohiyati.

Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga yer uchastkalaridan samarali foydalanish, sohadagi huquqbuzarliklarning oldini olish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni Qonunchilik palatasi tomonidan 2024 yil 30 iyulda qabul qilinib, Senat tomonidan 2024 yil 23-oktabrda maʼqullangan.


Barchamizga maʼlumki Keyingi yillarda mamlakatimizda yerga oid munosabatlarda tenglik va shaffoflikni, yer resurslaridan oqilona va maqsadli foydalanilishini taʼminlashga hamda yer uchastkalari oʻzboshimchalik bilan egallab olinishining oldini olishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga yerga oid huquqiy munosabatlarda barqarorlikni taʼminlash, yerlarni muhofaza qilish, yer egalarining mulkiy huquqlari himoyasi kafolatlarini kuchaytirish hamda mazkur sohadagi huquqbuzarliklarning oʻz vaqtida oldini olish zaruriyati yuzaga kelmoqda.


Ushbu Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga, Jinoyat-protsessual kodeksiga va Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga yerdan foydalanish haqidagi qonunchilik hujjatlari talablarini buzganlik uchun javobgarlik choralari kuchaytirilishini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi va Iqtisodiy protsessual kodeksi oʻzboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida boʻlgan yer uchastkasini qaytarish, oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha alohida ish yuritilishini nazarda tutuvchi qoidalar bilan toʻldirildi.
«Davlat boji toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari yer toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilganligi bilan bogʻliq daʼvolar boʻyicha davlat bojini toʻlashdan ozod etilishini nazarda tutuvchi qoʻshimcha kiritildi.


Ushbu Qonun yer uchastkalaridan samarali va maqsadli foydalanishni taʼminlash mexanizmlarini takomillashtirishga, ularni oʻzboshimchalik bilan egallab olish va oʻzboshimchalik bilan imoratlar qurish holatlarining kamayishiga, yer toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishi bilan bogʻliq qilmishlarni sodir etganlik uchun qoʻllaniladigan taʼsir choralarining mutanosibligi va yetarliligi printsiplarini taʼminlashga xizmat qiladi.

Surxondaryo viloyat jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati sudyasi J.Xudoyberdiyev

Mavzuga oid