Oʻzbekiston va Ozarbayjon oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi olti baravarga oʻsdi – Saidov
Baxtiyor Saidov: Bizning tovar ayirboshlash tarixda birinchi marta 2017 yilga nisbatan olti baravar oʻsganini koʻrsatdi TOSHKENT, 24 fev — Sputnik. Oʻzbekiston va Ozarbayjon oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi tarixda…
Baxtiyor Saidov: Bizning tovar ayirboshlash tarixda birinchi marta 2017 yilga nisbatan olti baravar oʻsganini koʻrsatdi
TOSHKENT, 24 fev — Sputnik. Oʻzbekiston va Ozarbayjon oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi tarixda ilk bor 2017 yilga nisbatan olti baravar oʻsdi. Bu haqda Tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov Oʻzbekiston-Ozarbayjon hududlararo forumida maʼlum qildi, deya xabar berdi Sputnik muxbiri.
Poytaxtda Oʻzbekiston-Ozarbayjon hududlararo forumi boʻlib oʻtmoqda. Unda Tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov soʻzga chiqib, ikki mamlakat oʻrtasidagi hamkorlik izchil rivojlanayotganini qayd etdi.
“Bugungi kunda amaliy hamkorligimiz izchil rivojlanib, tobora koʻproq sohalarni qamrab olganini katta mamnuniyat bilan qayd etmoqchiman. Bizning tovar ayirboshlash tarixda birinchi marta 2017 yilga nisbatan olti baravar oʻsganini koʻrsatdi”, dedi Saidov.
Shuningdek, u avtomobilsozlik, energetika, neft-kimyo, transport va qishloq xoʻjaligi sohalarida qoʻshma loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilayotganini qoʻshimcha qildi.