Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Oʻzbekistonda 20 yanvardan boshlab elektropoyezd va tez yurar poyezdlar chiptalari narxi 20 foizga oshiriladi (yangi narxlar)

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi idoralararo tarif komissiyasi qaroriga muvofiq, temir yoʻl infratuzilmasini isloh qilish, elektr energiyasi – yoqilgʻi, logistika va transport xarajatlarini qoplash, shuningdek, yoʻlovchi vagonlari…

Oʻzbekistonda 20 yanvardan boshlab elektropoyezd va tez yurar poyezdlar chiptalari narxi 20 foizga oshiriladi (yangi narxlar)

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi idoralararo tarif komissiyasi qaroriga muvofiq, temir yoʻl infratuzilmasini isloh qilish, elektr energiyasi – yoqilgʻi, logistika va transport xarajatlarini qoplash, shuningdek, yoʻlovchi vagonlari parkini yangilash, yangi yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdlarni xarid qilish, temir yoʻl vokzallarini davr talablariga muvofiq saqlash maqsadida 2024 yil 20 yanvardan boshlab yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlari hamda “Sharq”, “Nasaf” va “Oʻzbekiston” tez yurar poyezdlarining chiptalar narxi 20% ga oshmoqda. Bu haqda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unga koʻra:
Toshkent — Buxoro — Toshkent
VIP 636 000 soʻm
Biznes 462 000 soʻm
Ekonom 336 000 soʻm
Toshkent — Qarshi — Toshkent
VIP 534 000 soʻm
Biznes 390 000 soʻm
Ekonom 282 000 soʻm
Toshkent — Samarqand — Toshkent
VIP 396 000 soʻm
Biznes 276 000 soʻm
Ekonom 204 000 soʻm etib belgilandi.

Qayd etilishicha, Prezidentning 2023 yil 10 oktyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻl transporti sohasini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-329-sonli Qaroriga muvofiq 2024 yil 1 yanvardan boshlab yuqori tezlikdagi va tezyurar poyezdlarda yoʻlovchilarni tashish xizmatlari tariflarini davlat tomonidan tartibga solish amaliyotidan voz kechish, shuningdek, ularni bozor tamoyillari asosida tartibga solish mexanizmiga oʻtish amalga oshirildi.

Mavzuga oid