Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Oʻzbekistonda AQSh vizasi boʻyicha yangi tizim ishga tushadi

Oʻzbekistonda AQSh vizasi uchun yangi viza suhbatini belgilash tizimi ishga tushadi. Bu haqda Toshkentdagi AQSh elchixonasi xabar berdi . Yangi xizmat yordamida viza murojaatchilarining viza boʻyicha maʼlumotga ega boʻlish, talab…

Oʻzbekistonda AQSh vizasi boʻyicha yangi tizim ishga tushadi

Oʻzbekistonda AQSh vizasi uchun yangi viza suhbatini belgilash tizimi ishga tushadi. Bu haqda Toshkentdagi AQSh elchixonasi xabar berdi. 

Yangi xizmat yordamida viza murojaatchilarining viza boʻyicha maʼlumotga ega boʻlish, talab etilgan viza uchun maʼmuriy toʻlovni amalga oshirish, viza boʻyicha suhbat sanasini belgilash hamda yetkazib berish xizmatidan foydalanish imkoniyatlari mavjud boʻladi.

Yangi suhbat tizimi 10 iyundan boshlab  https://ais.usvisa-info.com/ veb-saytida, 2 iyul va undan keyingi sanalarga barcha noimmigratsion viza suhbatlari sanasini belgilash uchun faoliyat yurita boshlaydi.

“Yangi suhbat tizimi orqali, suhbatsiz vizaga murojaat etish talablariga javob beruvchi murojaatchilar, yetkazib berish xizmati yordamida hujjatlarini Konsullik Boʻlimiga topshirishlari hamda hujjatlarini belgilangan tegishli boʻlinmadan qabul qilib olishlari mumkin boʻladi.

AQSh Davlat Departamentining avvalgi suhbat tizimidan foydalangan holda Iyun oyi uchun suhbat sanasini belgilagan viza murojaatchilari, belgilangan sanada viza suhbatiga kelishlari va viza uchun toʻlovni binoning ichida suhbatdan avval amalga oshirishlari kerak boʻladi.

Ushbu jarayondagi yangilanishlar natijasida viza uchun maʼmuriy toʻlov miqdori oʻzgarmasligini inobatga olishingizni soʻraymiz” deyiladi xabarda.

Mavzuga oid