Oʻzbekistonda asosiy stavkani oʻzgartirmaslik toʻgʻrisida qaror qabul qilindi
Bugun, 13 iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining yigʻilishida asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida oʻzgarishsiz qoldirish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi. Maʼlumot uchun, asosiy stavka davlat va…
Bugun, 13 iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining yigʻilishida asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida oʻzgarishsiz qoldirish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.
Maʼlumot uchun, asosiy stavka davlat va tijorat banklaridan kredit olish, omonat joylashtirish foizlarini belgilash uchun boshlangʻich nuqta boʻlib xizmat qiladi. Yaʼni banklar Markaziy bank belgilagan asosiy stavkadan kelib chiqqan holda kredit va depozit foizlarini belgilaydi.
Oʻzbekistonda asosiy stavka 2023 yilning mart oyidan beri oʻzgarishsiz, 14 foizlik koʻrsatkichda saqlanib kelmoqda.