Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Oʻzbekistonda bitiruvchilarga platforma yaratildi

Tizimda 2 mlnga yaqin bitiruvchilarning diplom maʼlumotlari jamlangan. Oʻzbekistonda bakalavr, magistr, litsey, texnikum, kasb-hunar maktabi va kollej diplom maʼlumotlarining haqiqiyligini tekshirish uchun platforma yaratildi.…

Oʻzbekistonda bitiruvchilarga platforma yaratildi

Tizimda 2 mlnga yaqin bitiruvchilarning diplom maʼlumotlari jamlangan.

Oʻzbekistonda bakalavr, magistr, litsey, texnikum, kasb-hunar maktabi va kollej diplom maʼlumotlarining haqiqiyligini tekshirish uchun platforma yaratildi. Bu haqda Oliy taʼlim vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Raqamli taʼlim texnoligiyalarini rivojlantirish markazi tomonidan ishlab chiqilgan diplom.edu.uz axborot tizimida bugungi kunda 2 millionga yaqin bitiruvchilarning diplom maʼlumotlari jamlangan.

Tizimga bitiruvchilarning diplom maʼlumotlari kiritiladi va tasdiqlanadi. Diplom maʼlumotlari mavjud boʻlmaganda bitiruvchilar yagona identifikatsiya tizimi – One ID orqali roʻyxatdan oʻtib, maʼlumotlarni kiritadi. Oliygoh esa diplom maʼlumotlari toʻgʻriligini tasdiqlaydi.

Shuningdek, platforma boshqa davlat idoralari axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan. Bunda maʼlumotlar avtomatik tarzda shakllanadi va diplom maʼlumotlarini kiritish talab etilmaydi.

Mavzuga oid