Oʻzbekistonda kuchli zilzilalardan barvaqt xabardor qilish milliy tizimi ishga tushirildi
Oʻzbekistonda kuchli zilzilalardan barvaqt xabardor qilish milliy tizimi ishga tushirildi. Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi boshligʻi Qahramon…
Oʻzbekistonda kuchli zilzilalardan barvaqt xabardor qilish milliy tizimi ishga tushirildi.
Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi boshligʻi Qahramon Qoʻchqorov maʼlum qildi. Qayd etilishicha, kuchli zilzilalarni qayd etuvchi akselerometrlar Respublika boʻyicha Fargʻona, Namangan, Andijon, Jizzax, Samarqand, Boysun, Nurota, Gazli, Pachkamar stantsiyalariga jami 9 ta akselerometrlar oʻrnatildi.
Seysmik stantsiyalarda akselerometrlar MSK-64 shkalasi boʻyicha 5 va undan yuqori balli zilzila kuchi qayd etilganda: Seysmik maʼlumotlar seysmik stantsiyalardagi maxsus dasturlar orqali avtomatik tarzda tahlil qilinadi hamda zilzilaning Toshkent shaxriga yetib kelish vaqti maxsus xabar keladi.
Hozirda Shveytsariyaning Seysmologik xizmati (SED) hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi oʻrtasida Oʻzbekistonda erta ogohlantirish tizimini ishga tushirish boʻyicha kelishuvga erishildi. “Kuchli zilziladan ogohlantirish” mobil ilovasi ishlab chiqilgan. Zilziladan erta ogohlantirish tizimi toʻliq ishga tushirilib, ishlashi toʻliq tekshirilgandan soʻng, mobil ilova orqali aholiga qisqa soniyalarda respublikaning aniqlangan hududlarida kuchli zilzila kuzatilishi toʻgʻrisida tezkor xabarnoma yuboriladi.