Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Oʻzbekistonda oʻrtacha oylik ish haqi 5 mln soʻmdan oshdi

Joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida oʻrtacha nominal hisoblangan oylik ish haqi inflyatsiya hisobga olinmagan holda oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 4,42 million soʻmdan 5,15 million soʻmga (16,4 foizga) oshdi. Bu haqda…

Oʻzbekistonda oʻrtacha oylik ish haqi 5 mln soʻmdan oshdi

Joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida oʻrtacha nominal hisoblangan oylik ish haqi inflyatsiya hisobga olinmagan holda oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 4,42 million soʻmdan 5,15 million soʻmga (16,4 foizga) oshdi. Bu haqda Statistika agentligi maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, nominal hisoblangan ish haqi – maʼlum bir davr (soat, oy, yil) mobaynida xodim tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot (bajarilgan ish yoki koʻrsatilgan xizmat) evaziga ish beruvchilar tomonidan, amaldagi qonun hujjatlariga asoslangan holda soliq va boshqa toʻlovlarni oʻz ichiga oluvchi yollanma xodimning mehnatiga haq toʻlash tarzida jismoniy shaxsga pul shaklida hisoblangan daromadlardan iborat. Oʻrtacha ish haqini aniqlash uchun mehnat daftarchalari boʻlgan ishchilarning daromadlari, shuningdek, shaxsiy daromad soligʻi va kasaba uyushma jamgʻarmasiga badallar toʻlangan holda ularga beriladigan nafaqalar, ish haqi, ragʻbatlantirish va kompensatsiya toʻlovlari hisobga olinadi.

Hisobotga koʻra, oʻrtacha oylik ish haqi 4 yil ichida 2,56 million soʻmdan 5,15 million soʻmga (49,8 foiz) koʻtarilgan. Hududlar kesimida joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida oʻrtacha oylik ish haqining eng yuqori koʻrsatkichi Toshkent shahriga toʻgʻri keladi – 8,68 million soʻm. Keyingi oʻrinlarda Navoiy (6,61 mln soʻm) va Toshkent viloyati (4,95 mln soʻm) qayd etilgan. Oʻrtacha oylik ish haqining eng kam miqdori Qashqadaryo (3,62 mln soʻm), Surxondaryo (3,67 mln soʻm) va Namangan viloyatiga (3,75 mln soʻm) toʻgʻri keladi.

Oʻrtacha oylik ish haqi faoliyat turlari boʻyicha kesimda olinganda, eng yuqori koʻrsatkich bank, sugʻurta, lizing, kredit va vositachilik faoliyatiga toʻgʻri keladi – 2020 yildagi 5,81 mln soʻmdan 2024 yilning joriy davrida 14,48 mln soʻmga (40,12 foiz) oʻsgan. Bu kesimda eng past koʻrsatkich taʼlim va sogʻliqni salash sohalarida qayd etilgan.

Xususan, taʼlimda oʻrtacha oylik ish haqi 2024 yilning yanvar-sentyabr oylarida 3,48 million soʻmni tashkil qilgan va oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 14,3 foiz oʻsgan. 

Sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish sohasida ayni koʻrsatkich yanvar-sentyabr iylarida 3,30 million soʻmni tashkil etgan va oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 12,9 foiz oʻsgan.

Mavzuga oid