Oʻzbekistonda paxta narxini pasaytirish taklif qilinmoqda
Oʻzbekistondagi paxta-toʻqimachilik klasterlari paxta hosilining narxini kamaytirish taklifini oʻrtaga tashlamoqda. Bu haqda Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi xabar berdi. Unga koʻra, oʻtgan yili paxta hosili…
Oʻzbekistondagi paxta-toʻqimachilik klasterlari paxta hosilining narxini kamaytirish taklifini oʻrtaga tashlamoqda. Bu haqda Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi xabar berdi.
Unga koʻra, oʻtgan yili paxta hosili boʻyicha jahon bozori bilan ichki bozordagi tola narxi oʻrtasida katta tafovut boʻlgan. Buning oqibatida klasterlar 6 trillion soʻm (500 million AQSH dollariga yaqin) zarar koʻrgan.
2022-yilda Qishloq xoʻjaligi vazirligi Oʻzbekistonda yetishtiriladigan 1 kg uchun oʻrta turdagi paxta xomashyosining eng kam xarid narxini 10 ming 25 soʻm etib belgiladi, jahon bozorida esa narx ikki barobar past boʻlgan.
Joriy yilgi paxta terimi jarayoni boshlangan, paxta narxi esa hozircha rasman belgilangani yoʻq.