Oʻzbekistonda soliq qarzini undirish bilan shugʻullanuvchi inspektsiya tashkil etiladi
Avval xabar berganimizdek, Prezident raisligida joriy yilda iqtisodiyotni rivojlantirish boʻyicha hukumat oldidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Shavkat Mirziyoyev soliq tizimi va soliqchilar…
Avval xabar berganimizdek, Prezident raisligida joriy yilda iqtisodiyotni rivojlantirish boʻyicha hukumat oldidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.
Shavkat Mirziyoyev soliq tizimi va soliqchilar faoliyatini tubdan qayta koʻrib chiqish vaqti kelgani taʼkidlandi.
Jumladan, 40 mingta byudjet tashkiloti bilan ishlash vazifasi tumandan Soliq qoʻmitasida yangi tashkil qilinadigan Byudjet tashkilotlari inspektsiyasiga oʻtkaziladi. Ushbu Inspektsiya toʻliq raqamlashgan boʻladi va Gʻaznachilik elektron tizimiga integratsiya qilinadi.
Shu kabi soliq qarzdorligi bilan ishlash boʻyicha ham qoʻmita qoshida Soliq qarzini undirish inspektsiyasi tashkil etiladi. Unga Majburiy ijro byurosida mavjud vakolatlar beriladi.
Buning hisobiga, tumanlardagi qoʻshimcha 200 nafar soliqchini “mahallabay” ishlash tizimiga oʻtkazish imkoni boʻladi.
Respublika soliq tushumining 50 foizini beradigan 80 ta eng yirik korxona va 35 ta tijorat banki bilan ishlaydigan alohida tizim boʻladi.
Buning uchun Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha inspektsiya tarkibida yangi tuzilma tashkil qilinib, Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan bevosita ishlaydi.