Oʻzbekistonda tez tibbiy yordam xizmatiga elektromobillar beriladi
Oʻzbekistonda tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash ishlari moʻljallanmoqda. “Aholi salomatligi-2030” strategiyasi loyihasiga koʻra, bugungi kun holatiga taʼmirtalab boʻlgan 980 ta tibbiyot…
Oʻzbekistonda tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash ishlari moʻljallanmoqda.
“Aholi salomatligi-2030” strategiyasi loyihasiga koʻra, bugungi kun holatiga taʼmirtalab boʻlgan 980 ta tibbiyot muassasalarida bosqichma-bosqich qurish-taʼmirlash ishlari amalga oshiriladi.
Birlamchi boʻgʻindagi barcha oilaviy shifokor punktlari, poliklinika va shifoxonalar taʼmirlanib, filtrlangan ichimlik suvi bilan toʻliq taʼminlanadi.
Tez tibbiy yordam avtomobillarining 50 foizi elektromobillar bilan toʻldiriladi. Bunda, 2024 yildan boshlab 2030 yilga qadar elektromobillarni sotib olish muddatlari belgilanadi.