Oʻzbekistonga sovuq havo bosqichma-bosqich kirib kelmoqda, qor va yomgʻir yogʻadi
Joriy yilning 9-14 dekabr kunlari Oʻzbekiston hududiga shimoldan bosqichma-bosqich sovuq havo massalarining kirib kelishi kutilmoqda. 9 dekabr kuni respublikaning markaziy va sharqiy viloyatlarida, 10 dekabrda shimoliy va choʻl…
Joriy yilning 9-14 dekabr kunlari Oʻzbekiston hududiga shimoldan bosqichma-bosqich sovuq havo massalarining kirib kelishi kutilmoqda.
9 dekabr kuni respublikaning markaziy va sharqiy viloyatlarida, 10 dekabrda shimoliy va choʻl hududlarida, 11 dekabrda respublika boʻyicha yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) kuzatiladi, togʻ oldi va togʻli hududlarda baʼzi joylarda kuchli boʻladi.
Havo harorati asta-sekin pasayib boradi va 12-14 dekabr kunlari kechasi 10-13 daraja, kunduzi 5-8 daraja sovuqgacha; shimolda kechasi 17-20 daraja, kunduzi 9-12 daraja sovuqqacha pasayadi.