Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Oʻzbekistonlik harbiy taekvondochilar Jahon chempionatini 1-oʻrinda yakunladi

1-3 iyun kunlari Janubiy Koreyaning Mungyong shahrida taekvondo WT boʻyicha harbiylar oʻrtasida jahon chempionati oʻtkazildi. 20 dan ortiq mamlakatdan 300 nafar sportchi qatnashgan musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi eng yuqori…

Oʻzbekistonlik harbiy taekvondochilar Jahon chempionatini 1-oʻrinda yakunladi

1-3 iyun kunlari Janubiy Koreyaning Mungyong shahrida taekvondo WT boʻyicha harbiylar oʻrtasida jahon chempionati oʻtkazildi. 20 dan ortiq mamlakatdan 300 nafar sportchi qatnashgan musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi eng yuqori natijani qayd etdi. Bu haqda Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi (MOQ) matbuot xizmati xabar berdi.

Murosasiz bahslar yakunida oʻzbekistonlik sportchilar 6 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza, jami 12 ta medal jamgʻardi. Bu natija orqali Oʻzbekiston umumjamoa hisobida 1-oʻrinni egalladi. 

Gʻolib va sovrindorlar:

Oltin:

-68 kg: Ulugʻbek Rashidov;
-80 kg: Jasur Jaysunov; 
-87 kg: Shuhrat Salayev;
+87 kg: Nikita Rafalovich; 
-62 kg: Feruza Sodiqova; 
-73 kg: Gulsanam Alijonova.

Kumush:

-57 kg: Madina Mirabzalova;
+73 kg: Svetlana Osipova. 

Bronza:

-46 kg: Samira Adashaliyeva;
-49 kg: Zuxra Tojimatova;
-53 kg: Marjona Primova; 
-67 kg: Ozoda Sobirjonova.

Mavzuga oid