Oʻzbekistonlik shaxmatchi qiz jahon chempioni boʻldi
Afruza Hamdamova Italiyada oʻtayotgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatining muddatidan oldin gʻolibasiga aylandi. Gap shundaki, oxirgi tur hali yakunlanmagan. Hamdamova oʻzining eng yaqin taʼqibchisi – Qozogʻiston…
Afruza Hamdamova Italiyada oʻtayotgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatining muddatidan oldin gʻolibasiga aylandi.
Gap shundaki, oxirgi tur hali yakunlanmagan. Hamdamova oʻzining eng yaqin taʼqibchisi – Qozogʻiston vakilini oʻzaro oʻyinda yutgan.
Musobaqa nizomiga koʻra, ochkolar teng boʻlib qolgan taqdirda ham oʻzaro oʻyin natijasiga qaraladi.
Shu paytga qadar Gulruhbegim Tohirjonova va Bahora Abdusattorova oʻz yosh toifalarida kumush medalni qoʻlga kiritgan edi.