Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

OʻZINGDAN ChIQQAN BALOGA…

“Qayga borasan daʼvoga”, deb bejiz aytishmas ekan-da. Bu naqlni maʼnosini yaqinda boshlariga bir koʻngilsizlik tushgan oila vakillari yanayam teranroq anglab yetishadi. Aniqrogʻi, his qilishdi-yu, ularga juda ogʻir botdi. Sababi……

“Qayga borasan daʼvoga”, deb bejiz aytishmas ekan-da. Bu naqlni maʼnosini yaqinda boshlariga bir koʻngilsizlik tushgan oila vakillari yanayam teranroq anglab yetishadi. Aniqrogʻi, his qilishdi-yu, ularga juda ogʻir botdi. Sababi…

Muhriddin (ism-familyalar oʻzgartirildi) ning peshonasiga uch yoshligidayoq yetimlik yozilgan ekan. Lekin, Halima opa uni oʻz tarbiyasiga olib, yetimligini bildirmay katta qildi. Voyaga yetgach, Muhriddin koʻpincha xorijga, boshqa viloyatlarga ishlagani borib kelar edi.
Bu safar ham Toshkent shahridan qaytayotib yoʻlda oʻgay onasi bilan tortishib qoladi. Achchiq ustida Jizzax shahriga ishlash uchun ketmoqchi boʻldi. Ammo yoʻlga mablagʻi yoʻq, nima qilishni bilmay turganda, birdan onasining singlisini shu atrofda yashashi esiga tushadi. Xolasi koʻpincha Toshkent shahrida yashashini, kelini uyda boʻlmasligi unga ancha qoʻl keldi.
Kechasi soat 22 lar chamasi xolasining Uzun tumanidagi yashash uyiga oʻgʻrincha kirib, koʻzga koʻringan narsalarni, ayol va erkakning koʻylagi bormi, koʻrpa-toʻshak va chinni idishlar bormi hammasini yigʻib, olib ketishga qulay boʻlishi uchun darvoza oldiga toʻplab qoʻydi. Keyin xolasining yon qoʻshnisini oshxonasi ochiqligini koʻribu yergayam kirdi.
Oshxonada turgan non pechini olib chiqib, uniyam oʻmargan narsalarining ichiga qoʻshib qoʻydi. Endi “oʻgʻrigina bola” ning oldida bu oʻgʻirlangan buyumlarni olib ketish va sotish muammosi turar edi. Xaydovchiga “bu yerdan koʻchayapman narsalarimni olib ketishim kerak”, degan vaj koʻrsatib, oʻgʻirlangan narsalarni Sariosiyo tumanidagi doʻkonlardan biriga olib borib tushirdi. Bahonasi ham tayyor “Toshkent shahriga ish yuzasidan ketayapti-yu, yoʻl kiraga puli yetimayotganligi sababli uyidagi baʼzi narsalarni sotishga majbur boʻlyapti”…
Uning gaplariga ishongan doʻkon sotuvchisi u soʻragan 300 ming soʻm pulni berib, non pechi va chinni idishlarni olib qoladi.
“Kasalini yashirgan bilan isitmasi oshkor etdi-yu”, koʻp vaqt oʻtmay u Jizzax shahridagi oshxonalardan birida ishlab yurganida IIB xodimlari tomonidan gumondor sifatida qoʻlga olindi.
Zarar qoplanganligi, daʼvogar tomonidan daʼvodan voz kechilganligi inobatga olinib, qonun doirasida jazo tayinlandi, albatta, Ammo vijdoni bor odam uchun shaʼniga “oʻgʻri” degan tamgʻaning yopishishi eng ogʻir jazo aslida…


Jinoyat ishlari boʻyicha Uzun tuman sudi raisi Oybek Jumanov
Surxondaryo viloyat sudining sudyasi
Zufar Narziyev

Mavzuga oid