Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

“Panturkizm” gʻoyasi bilan atayin bizni, turkiylarni qoʻrqitishdi – Sherzodxon Qudratxoʻja Turkiy xalqlarning birlashishiga rahna solish maqsadida boshqalar atay oʻylab topgan «panturkizm» atamasidan birinchi…

“Panturkizm” gʻoyasi bilan atayin bizni, turkiylarni qoʻrqitishdi – Sherzodxon Qudratxoʻja Turkiy xalqlarning birlashishiga rahna solish maqsadida boshqalar atay oʻylab topgan «panturkizm» atamasidan birinchi navbatda turkiy…

“Panturkizm” gʻoyasi bilan atayin bizni, turkiylarni qoʻrqitishdi – Sherzodxon Qudratxoʻja Turkiy xalqlarning birlashishiga rahna solish maqsadida boshqalar atay oʻylab topgan «panturkizm» atamasidan birinchi…

“Panturkizm” gʻoyasi bilan atayin bizni, turkiylarni qoʻrqitishdi – Sherzodxon Qudratxoʻja

Turkiy xalqlarning birlashishiga rahna solish maqsadida boshqalar atay oʻylab topgan «panturkizm» atamasidan birinchi navbatda turkiy xalqlarning oʻzi qoʻrqdi. Bu haqda Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzodxon Qudratxoʻjayev bugun, 5 dekabr kuni Toshkentda boʻlib oʻtgan konferentsiyadagi nutqida soʻz ochdi. 


Gap shundaki, bugun, 5 dekabr kuni Turkiy Davlatlar Tashkiloti (TDT), Turkiy davlatlar geografik kengashi (TDGK) hamda Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti (OʻzJOKU) hamkorligida «Turkiy xalqlar tarixida Turkistonning oʻrni» mavzusida xalqaro konferentsiya boʻlib oʻtdi.
Konferentsiyada Turkiya, Qirgʻiziston, Ozarbayjon, Qozogʻiston va Oʻzbekistondan olimlar, professor va fan doktorlari ishtirok etdi.


“Bobur, Alisher Navoiy davridan keyin «Buyuk ipak yoʻli» yoʻq boʻldi. Temuriylar davlatining parchalanishi, ahilligimizning yoʻqolishi bizni ojiz qildi. Biz 300, balki 400 yilga yaqin uyquga ketdik. Bizda taraqqiyot boʻlmadi, texnologiyalar boʻlmadi. Bu juda katta fitnalarga olib keldi. Buni hozirgi Turkiya, Usmoniylar imperiyasi misolida koʻrishimiz mumkin”, deydi rektor. 


U, soʻzida davom etarkan, XIX-XX asr ham Turkistonda ogʻir kechganini, shunday boʻlsada, jadidlar xalqni uygʻotishga harakat qilgani, ammo bu uzoqqa choʻzilmaganini urgʻuladi.  
«Afsusuki, bolsheviklar hukumati, undan avvalgi chor Rossiyasining parchalanishi, bu yerda boʻlgan utopiya, sotsializm gʻoyalari bilan bizning xalqlarimiz aldandi. Bizda yana sukunat boʻldi», deydi Qudratxoʻja.


Uning aytishicha, turkiy xalqlarning koʻp qismini tashkil etuvchi Turkiston zamini sobiq ittifoq mustamlakasidan qutulsada, turkiy xalqlar ancha yilgacha bir-biridan hayiqqan. Turkiy davlatlar kengashi 2009 yilda tashkil etilganiga qaramay, Oʻzbekiston 2018 yilgacha bu tashkilotga aʼzo boʻlmagan. 
“Oʻzbekistonning 1991 yilda mustaqillika erishishi biz uchun quvonarli boʻldi.

Turkiyaning oʻsha vaqtdagi Prezidenti Turgut Oʻzal janobi oliylari Oʻzbekistonga birinchi bor kelgani haligacha esimda. U vaqtda bizning Turkiya bilan aloqamiz boʻlmagan. Internet boʻlmagan. Hamma taraf devor boʻlgan. Biz qanchalik bizning soʻzlarimiz, koʻnglimiz yaqinligini koʻrdik. Keyin Turkiy davlatlar tashkilotining kengashi tashkil topdi. Lekin afsus, biz turkiylar bir birimizdan hayiqdik. «Panturkizm» degan har xil gaplar boʻldi. «Panturkizm»dan biz turkiylar oʻzimiz qoʻrqdik.

Lekin bu iborani boshqalar bizga qarshi ishlatish uchun atayin oʻylab topgandi”, deydi Sherzodxon Qudratxoʻja.
Maʼlumot uchun, panturkizm yoki turkiylik turkiy xalqlar yashaydigan davlatlarda keng tarqalgan milliy taʼlimot boʻlib, ularning etnik, madaniy va til hamjamiyatiga koʻra siyosiy jihatdan mustahkamlanishi zarurligi haqidagi gʻoyalarga asoslanadi. U XIX asrning ikkinchi yarmida shakllangan.


Panturkizm Usmoniy imperiyasi va inqilobdan oldingi Rossiyada milliy ziyolilarning siyosiy harakati sifatida shakllangan va turkiyzabon xalqlarning til, diniy va madaniy hamjamiyatini yaratish gʻoyasiga asoslangan edi.
Panturkistik gʻoyalar va birlashish harakatlari Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin Markaziy Osiyo va boshqa turkiy mamlakatlarda yana ommalashgan. 


Panturkizmning salbiy taʼrifi soʻnggi bir necha oʻn yilliklarda Gʻarbda hukmronlik qilmoqda. Rossiyada, Rossiya imperiyasi davridan beri panturkizm mafkurasi xavf tugʻdiradi va millatchilikni rivojlantiradi, deb hisoblangan.

Mavzuga oid