Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +1° USD 11 964,27 EUR 13 323,41 RUB 144,49

Paxta va sunʼiy tola importida transport xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi

Bu yilgi paxta hosilini toʻliq qayta ishlash natijasida 2024-yilda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni 9,6 milliard dollarga, eksportni esa 4,5 milliard dollarga yetkazish hisob-kitob qilindi. Buning uchun…

Bu yilgi paxta hosilini toʻliq qayta ishlash natijasida 2024-yilda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni 9,6 milliard dollarga, eksportni esa 4,5 milliard dollarga yetkazish hisob-kitob qilindi.
Buning uchun gazlama-mato, boʻyash va tikuvchilik boʻyicha yangi qoʻllab-quvvatlash mexanizmlari yaratib beriladi:

  • boʻyalgan matoni 50 foizdan kam boʻlmagan qismini ichki bozorga sotgan korxonalar ijtimoiy soliqni 1 foiz stavkada toʻlaydi, ularga mol-mulk soligʻini 3 yil davomida boʻlib-boʻlib toʻlashga ruxsat beriladi;
  • 2025-yil 1-yanvarga qadar paxta va sunʼiy tolani import qilishda transport xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi;
  • toʻqimachilik va tikuv-trikotaj korxonalari uchun zarur texnologik uskunalar va ularning ehtiyot qismlarini import qilishda ular bojxona bojidan ozod qilinadi.
    Yuqorichirchiqda gazlama ishlab chiqarish va boʻyoqxonalar tashkil qilish, Qoraqalpogʻistonda sunʼiy tola, gazlama-mato ishlab chiqarish va boʻyoqxona tashkil etish boʻyicha loyihalar boshlangan. Ushbu korxonalar kelgusi yil ishga tushirilib, tadbirkorlarga sanoat ipotekasi asosida beriladi.
    Hududlar rahbarlariga shunday yirik loyihalarni amalga oshirish hisob-kitob qilishga koʻrsatma berildi.

Mavzuga oid