Prezident taʼtildan qaytdi va Toshkent shahridagi mahallalarni aylandi
Surxondaryo 2023-yilning 11 oyida 28 mingga yaqin yer uchastkalari va koʻchmas mulklarga kadastr pasporti tayyorlab berildi. 2023 yilning 11oyi davomida koʻchmas mulk obʼektlariga kadastr pasportini shakllantirish boʻyicha jismoniy…
Surxondaryo 2023-yilning 11 oyida 28 mingga yaqin yer uchastkalari va koʻchmas mulklarga kadastr pasporti tayyorlab berildi.
2023 yilning 11oyi davomida koʻchmas mulk obʼektlariga kadastr pasportini shakllantirish boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslardan jami 41 ming 151 ta murojaatlar kelib tushgan boʻlib, shundan, 1 ming 828 tasi DXM tomonidan bekor qilingan, 11 ming 043 tasi rad etilgan, 197 tasi toʻlov jarayonida 27 ming 677 tasi ijobiy yakunlangan.
Bu haqda “Asrnews.uz” telegram kanaliga Boshqarma axborot xizmati rahbari Bexruz Safarov maʼlum qildi.
Taʼkidlanishicha, Obʼektlar kesimida olib qaralganda 345 tasi koʻp qavatli uylar, 6 ming 393 tasi koʻp qavatli uylardagi xonadonlar, 4 tasi koʻp yillik daraxtlar, 7 ming 268 tasi noturar bino-inshootlar, 20 ming 611 tasi yakka tartibdagi uy-joylar, 6 ming 517 tasi yer uchastkalariga toʻgʻri kelishi maʼlum boʻldi.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 02-sentyabridagi “Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 535-sonli qarori asosidan Koʻchmas mulk obʼektlariga kadastr pasportini tayyorlash Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki joylardagi davlat xizmatlari markazi orqali amalga oshirilmoqda.