Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Prokuror va yoshlar uchrashuvi

Surxondaryo viloyati 2-sektor rahbari, viloyat prokurori Sadriddin Abdullayevich Turdiyev tomonidan Angor tumanida “Prokuror va yoshlar uchrashuvi” oʻtkazilib, unda tumanda istiqomat qiluvchi 300 dan ortiq uyushmagan yoshlar, sport,…

Prokuror va yoshlar uchrashuvi

Surxondaryo viloyati 2-sektor rahbari, viloyat prokurori Sadriddin Abdullayevich Turdiyev tomonidan Angor tumanida “Prokuror va yoshlar uchrashuvi” oʻtkazilib, unda tumanda istiqomat qiluvchi 300 dan ortiq uyushmagan yoshlar, sport, fan-taʼlim va boshqa sohalarda ijobiy natijalarga erishgan iqtidorli yoshlar ishtirok etdi.
Tadbir davomida, Prezidentimiz tomonidan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha amalga oshirilayotgan islohotlar, Davlat Dasturlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga yoʻllangan Murojaat-nomaning mazmun-mohiyati tushuntirilib, yoshlarlarning fikr-mulo-hazalari, muammolari, taklif va tashabbuslari tinglandi.
Yoshlarning bandligini taʼminlash, ularni tadbirkorlikka yoʻnaltirish, sport va taʼlim toʻgaraklariga jalb etish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Uchrashuv davomida 20 nafar yoshlar tomonidan taklif va murojaatlar bildirilib, ularning 12 tasi joyida ijobiy hal etildi. Qolgan murojaatlarni tez fursatlarda koʻrib chiqish va hal etish boʻyicha masʼul xodimlarga topshiriqlar berildi.
Sektor rahbariga muqaddam murojaat qilgan7 nafar yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyishlari uchun “Har bir oila tadbirkor” va “Yoshlar kelajagimiz” davlat dasturlari asosida imtiyozli kredit sertifikatlari topshirildi.
Ushbu imtiyozli kredit mablagʻlari asosida yaqin kunlar ichida
35 nafar ishsiz yoshlarning bandligi taʼminlanishiga erishiladi.
Shu kuni, viloyat prokuraturasining tashabbusi bilan “Uyushmagan yoshlarni ish bilan taʼminlash yaramarkasi” tashkil etilib, unda tumandagi korxona va tashkilotlar oʻzlarining 100 dan ortiq boʻsh ish oʻrinlari bilan ishtirok etishdi.
Yarmarka doirasida 24 nafar yoshlar oʻzlariga maʼqul keladigan ish oʻrinlariga joylashtirilib, buyruqlari rasmiylashtirildi.
Angor tuman 2-sektor rahbari tashabbusi asosida tuman maktabgacha taʼlim tashkiloti bilan hamkorlikda sektor binosida 6-7 yoshdagi bolalarni maktabga qadar oʻqitish markazi tashkil etilgan.
Oʻquv jarayonlariga asosan sektor hududidagi kam taʼminlangan va yordamga muhtoj oilalarning farzandlari jalb etilgan.
Markazda hozirda 50 nafar bolalar qamrab olingan boʻlib, uchrashuv davomida bolalarga sektor rahbari tomonidan oʻqish uchun zarur anjomlar va 7 turdagi kitoblar toʻplami topshirildi.
Bundan tashqari, 2-sektor binosida fuqarolarning sayyor qabuli oʻtkazilib, 28 nafar fuqarolarning murojaatlari tinglandi.
Murojaatlarning 17tasi joyida ijobiy hal etilib, muddat talab etadiganlari boʻyicha masʼul xodimlarga tegishli topshiriqlar berildi hamda ijrosi nazoratga olindi.

Angor tuman hokimligi matbuot xizmati

Mavzuga oid