Qamchiqda kuchli qor yogʻyapti, dovonda harakatlana olmagan haydovchilarga yordam koʻrsatilyapti Qamchiqda kuchli qor yogʻyapti, dovonda harakatlana olmagan haydovchilarga yordam koʻrsatilyapti Favqulodda vaziyatlar…
Qamchiqda kuchli qor yogʻyapti, dovonda harakatlana olmagan haydovchilarga yordam koʻrsatilyapti Qamchiqda kuchli qor yogʻyapti, dovonda harakatlana olmagan haydovchilarga yordam koʻrsatilyapti Favqulodda vaziyatlar vazirligi…
Qamchiqda kuchli qor yogʻyapti, dovonda harakatlana olmagan haydovchilarga yordam koʻrsatilyapti
Qamchiqda kuchli qor yogʻyapti, dovonda harakatlana olmagan haydovchilarga yordam koʻrsatilyapti
Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari Qamchiq dovonida harakatlana olmagan avtomobillarning haydovchilarga yordam koʻrsatmoqda.
Bugun, 27 dekabr kuni Qamchiq dovonida kuchli qor yogʻishi va shamol kuzatilmoqda.
FVV xabariga koʻra, ayrim haydovchilar bunday ob-havo sharoitida harakatlanishga tayyor emasligi kuzatilgan, natijada ularning avtomashinalariga FVV qutqaruvchilari tomonidan yordam koʻrsatilib kerakli manzilgacha yetkazilmoqda.
Ayni damda Qamchiq dovonida harakat ikki tomonlama tashkil etilgani, vaziyat nazorat ostida ekani aytiladi.
Avvalroq «Oʻzgidromet» Toshkent shahrini va respublika gʻarbiy hududlarini vodiy viloyatlari bilan bogʻlovchi Qamchiq dovonida 27 dekabr kuni qor yogʻishi, vaqti-vaqti bilan tuman kuzatilishi, yaxmalak yuzaga kelishi kutilayotgani toʻgʻrisida xabar bergandi.
«2023 yil 27 dekabr kuni A-373 «Toshkent – Oʻsh» avtoyoʻlining Qamchiq dovonidan oʻtgan qismida qor yogʻishi, vaqti-vaqti bilan kuchli yogʻingarchilik va tuman kuzatilishi, koʻrinuvchanlik 50 metrgacha pasayishi, shamol tezligi 15 – 20 metr/soniyagacha kuchayishi natijasida avtoyoʻlda yaxmalak va qor uyumlari yuzaga kelishiga olib kelishi mumkin», deyilgan xabarda.