Qandli diabetga chalinganlar uchun zararsiz mevalar
Parhezshunos qandli diabetga chalinganlar uchun zararsiz meva-sabzavotlarni maʼlum qildi Agar meʼyorda isteʼmol qilinsa, apelsin va qulupnay qandli diabetga chalinganlar uchun xavfsiz, deydi parhezshunos Svetlana…
Parhezshunos qandli diabetga chalinganlar uchun zararsiz meva-sabzavotlarni maʼlum qildi
Agar meʼyorda isteʼmol qilinsa, apelsin va qulupnay qandli diabetga chalinganlar uchun xavfsiz, deydi parhezshunos Svetlana Pavlichenko.
Qandli diabetga chalingan insonlar kundalik taomnomasini qattiq nazorat qilishi, oziq-ovqat mahsulotlarida, ayniqsa, mevalarda qancha uglevodlar miqdorini bilish zarur. Apelsin, qulupnay, maymunjon (yejevika) isteʼmol qilish mumkin.
Biroq, shifokorning ogohlantirishicha, quruq mevalar, mayiz, quritilgan xurmo isteʼmolini kamaytirish lozim. Qolaversa, qandli diabetga chalinganlarga qadoqlangan sharbatni umuman isteʼmol qilmaslikni tavsiya qiladi. Chunki, bunday sharbatda kletchatka yoʻq, aksincha tarkibida shakar koʻp. Qadoqlangan sharbat II tur diabet kasalligiga olib kelishi ham tasdiqlangan.