Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Qarzdor Sud buyrugʻi chiqishidan avval chet elga chiqib ketgan

Aniqlanishicha, fuqarolik ishlari boʻyicha Qumqorgʻon tumanlararo sudining 19.08.2013 yildagi sud buyrugʻiga asosan qarzdor Salimziyanov Albert Rinatovichdan undiruvchi Abduraxmonova Dilnoza Boypoʻlatovnaning foydasiga voyaga…

Qarzdor Sud buyrugʻi chiqishidan avval chet elga chiqib ketgan

Aniqlanishicha, fuqarolik ishlari boʻyicha Qumqorgʻon tumanlararo sudining 19.08.2013 yildagi sud buyrugʻiga asosan qarzdor Salimziyanov Albert Rinatovichdan undiruvchi Abduraxmonova Dilnoza Boypoʻlatovnaning foydasiga voyaga yetmagan ikki nafar farzandlarining moddiy taʼminoti uchun 1/3 qismi miqdorida aliment undirish haqidagi ijro hujjati 23.09.2013 yilda sobiq sud ijrochilari Qumqoʻrgʻon tuman boʻlimi ish yurituviga kelib tushgan va ijro ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan ijro harakatlari davomida, qarzdor A.Salimziyanovning yashash manzili sobiq sud ijrochilari Qumqoʻrgʻon tuman boʻlimi xodimlari hamda holislar ishtirokida bir necha bor koʻzdan kechirilganda qarzdor ijro jujjatida koʻrsatilgan manzilda yashamayotganligi va uning qayerda yashayotganligi nomaʼlumligi va qarzdorga tegishli moddiy qiymatga yega boʻlgan mol-mulklar yoʻqligi aniqlanib shu haqida dalolatnoma rasmiylashtirilgan.
Natijada, «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro yetish toʻgʻrisida»gi Qonunning tegishli moddasiga asosan 19.12.2014 yilda qarzdorga nisbatan qidiruv yeʼlon qilingan.
Shuningdek, qarzdor A.Salimziyanovning yaqin qarindoshlari tomonidan 14.10.2014 yilda 436.000 soʻm, 12.12.2014 yilda 50.000 soʻm, 19.09.2014 yilda 218.000 soʻm va sud ijrochilari tomonidan xatlab olingan 100 ming soʻmlik bir dona video magnitofon olib berilgan.
Byuroning Qumqoʻrgʻon tuman boʻlimi tomonidan qarzdorning yashash manzili bir necha bor koʻzdan kechirilib, undiruvga qaratilishi mumkin boʻlgan mol-mulklar aniqlanmagan.
Bundan tashqari qarzdorning yashash manzilida xolislar va maxalla raisi ishtirokida tuzulgan dalolatnomaga koʻra A.Salimziyanov 2010 yilda chet elga chiqib ketganligi aniqlangan.
Qolaversa, qarzdor A.Salimziyanovning yaqin qarindoshlari tomonidan 22.08.2022 yilda 200.000 soʻm undirilib, D.Abduraxmonovaning nomiga AT “Aloqabank” Surxondaryo viloyat filiali tomonidan ochilgan plastik kartasiga oʻtkazib berilgan.
Qarzdor A.Salimziyanovning 2022 yil 1 sentyabr xolatiga 37 million 962 ming 467 soʻm qarzdorligi mavjud.
Qarzdor A.Salimziyanov qidirib topilgandan soʻng majburiy ijro harakatlari davom ettiriladi.

Mavzuga oid