Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Qashqadaryoda ham 160 dan ortiq koronavirusga chalinish holatlari qayd etildi

Qashqadaryoda ham 160 dan ortiq koronavirusga chalinish holatlari qayd etildi — Sof.uz 2020 yil 8 iyul soat 10:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 10 838 (+168) nafarni tashkil etmoqda.…

Qashqadaryoda ham 160 dan ortiq koronavirusga chalinish holatlari qayd etildi — Sof.uz

2020 yil 8 iyul soat 10:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 10 838 (+168) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 161 nafari Qashqadaryo viloyatida (shundan 127 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda boʻlib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 34 nafari aholi orasida), 7 nafari Namangan viloyatida (shundan 3 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda boʻlib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 4 nafari aholi orasida) aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 6 811 nafar koronavirus infektsiyasiga chalingan fuqarolar sogʻaygan.

Hozirda mamlakatimizda 3 986 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda. Ulardan 24 nafari ogʻir, 13 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.

Mavzuga oid