Qashqadaryodagi Navroʻz tadbirida gaz balloni portladi 2024 yil 18 mart kuni soat Koʻkdala tumani “Tuqmor” kishlogidagi ochik dala maydonida boʻlib oʻtayotgan Navroʻz bayrami tadbirida oʻchoqqa yaqin 25 litrli…
Qashqadaryodagi Navroʻz tadbirida gaz balloni portladi 2024 yil 18 mart kuni soat Koʻkdala tumani “Tuqmor” kishlogidagi ochik dala maydonida boʻlib oʻtayotgan Navroʻz bayrami tadbirida oʻchoqqa yaqin 25 litrli gaz ballon portlab…
Qashqadaryodagi Navroʻz tadbirida gaz balloni portladi
2024 yil 18 mart kuni soat Koʻkdala tumani “Tuqmor” kishlogidagi ochik dala maydonida boʻlib oʻtayotgan Navroʻz bayrami tadbirida oʻchoqqa yaqin 25 litrli gaz ballon portlab ketdi.
Natijada oʻchoqqa yaqin turgan fuqarolar kuygan va 30 nafar fuqaro shifoxonaga murojaat kilgan. Ularning 13 nafariga birlamchi va 12 nafariga ambulator tibbiy yordam koʻrsatilgan.
Turli darajadagi kuyish tan jarohati olgan 5 nafar fuqaro shifoxonaga yotqizilgan.
Hodisa yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.