Qatar Amiri amaliy tashrif bilan Oʻzbekistonda boʻladi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qatar Davlati Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy 19 dekabr kuni…
Qatar Amiri amaliy tashrif bilan Oʻzbekistonda boʻladi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qatar Davlati Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy 19 dekabr kuni Korruptsiyaga qarshi kurashish…
Qatar Amiri amaliy tashrif bilan Oʻzbekistonda boʻladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qatar Davlati Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy 19 dekabr kuni Korruptsiyaga qarshi kurashish sohasida yuksak xalqaro mukofotni tantanali topshirish marosimida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Toshkent shahrida boʻladi.
Qatar Amiri tashabbusi bilan taʼsis etilgan mukofot bilan 2016 yildan buyon har yili global miqyosda korruptsiyaga qarshi kurashga qoʻshgan hissasining eʼtirofi sifatida taniqli jamoat arboblari, ekspertlar va jurnalistlar taqdirlab kelinmoqda.
Tashrif doirasida oliy darajadagi muzokaralar ham boʻlib oʻtadi.
Oʻzbekiston Prezidentining joriy yil 1-2 oktyabr kunlaridagi Qatarga davlat tashrifi davomida, eng avvalo, siyosat, savdo-iqtisodiyot, investitsiya va madaniy-gumanitar sohalarda erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi koʻrib chiqiladi. Xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi masalalar yuzasidan ham fikr almashiladi.