Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Qirgʻizistonda oʻzini “Yangi xudo” deb atagan erkak qamoqxonada vafot etdi

Avvalroq oʻzini “Yangi xudo” deb atagan Arstan Alay (Abdildayev) bugun, 5 yanvar kuni qamoqxonada vafot etdi, dedi uning advokati Kaysin Abakirov ijtimoiy tarmoqlarda. Maʼlum qilinishicha, Arstanbek Abdildayev tergov…

Avvalroq oʻzini “Yangi xudo” deb atagan Arstan Alay (Abdildayev) bugun, 5 yanvar kuni qamoqxonada vafot etdi, dedi uning advokati Kaysin Abakirov ijtimoiy tarmoqlarda.

Maʼlum qilinishicha, Arstanbek Abdildayev tergov izolyatorida emas, jazoni ijro etish xizmatining 31-sonli muassasasida (Moldovanovka qishlogʻi) boʻlgan.
INS matbuot xizmati uning oʻlimi faktini tasdiqladi, departament tomonidan batafsil maʼlumot beriladi.

Dekabr oyida Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi Arstan Alayni “Diniy adovatni (nifoq) qoʻzgʻatish”da ayblab hibsga olgan edi.
“U oʻzini yangi xudo, najotkor deb hisoblaydi va boshqa dinlar, eʼtiqod va qarashlarni past, zaif va notoʻgʻri xayolparastlik deb biladi va ularga salbiy baho beradi”, — deyiladi boshqarma matbuot xizmati xabarida.
Abdildayev yanvar oyining oʻrtalariga qadar 1-TIZOda boʻlishi kerak edi.

Mavzuga oid