Qirgʻizistonning bir necha shaharlarida mitinglar boʻlib oʻtmoqda
Bozorlarda nazorat-kassa mashinalaridan majburiy foydalanishga qarshi mitinglar nafaqat Bishkekda, balki Oʻsh, Talas va Qorakoʻl shaharlarida ham boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda “24.kg” xabar berdi. Mahalliy bozor savdogarlari soliq…
Bozorlarda nazorat-kassa mashinalaridan majburiy foydalanishga qarshi mitinglar nafaqat Bishkekda, balki Oʻsh, Talas va Qorakoʻl shaharlarida ham boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda “24.kg” xabar berdi.
Mahalliy bozor savdogarlari soliq toʻlovlarini oʻzgartirishga qarshi. Ular rasmiylardan patent boʻyicha ishlashni davom ettirishga ruxsat berishlarini soʻramoqda.
Kecha, 30 noyabr kuni mamlakat poytaxtidagi “Dordoy” bozori va Oʻsh viloyatidagi “Qorasuv” bozorida miting boʻlib oʻtgan.
Bugun, 1 dekabrda Bishkekda “Olamedin” bozorida ishlayotgan tadbirkorlar, shuningdek, “Orto-Say” va “Madina” bozorlari ishchilari miting oʻtkazdi.
Maʼlumot uchun, 2024 yil 1 yanvardan Qirgʻizistonda savdo faoliyati uchun patent bekor qilinadi. “Dordoy” va “Qorasuv” bozorlari alohida soliq rejimiga oʻtmoqda. Unda mazkur bozorlarda nazorat-kassa mashinalari qoʻllanilmasligi, soliq miqdori tovar aylanmasiga bogʻliq boʻlishi belgilab qoʻyilgan. Bunday holda, savdo faqat bozor ichida mumkin boʻladi.
Eslatib oʻtamiz, oldinroq Bishkekdagi “Dordoy” bozoridagi miting va mushtlashuvdan soʻng savdogarlardan biri qoʻlga olingani maʼlum boʻlgandi.