Qiyin qurigan doka roʻmol
Dono halqimizda “Er-xotinning urishi –yoz kunining yogʻishi yoki “Er-xotinning urishi- doka roʻmolning qurishi” degan ibratomuz maqollar bor. Ming afsuski, Nurli hayot mahallasida yashovchi Doniyor Isragimov va uning turmush oʻrtogʻi…
Dono halqimizda “Er-xotinning urishi –yoz kunining yogʻishi yoki “Er-xotinning urishi- doka roʻmolning qurishi” degan ibratomuz maqollar bor.
Ming afsuski, Nurli hayot mahallasida yashovchi Doniyor Isragimov va uning turmush oʻrtogʻi Muborak Eshdavlatova (ism-familiyalari oʻzgartrilgan)larning doka roʻmoli osonlikcha qurimadi. Oiladagi oʻzaro kelishmovchiliklar tufayli janjallarning birida er-xotiniga musht koʻtarib, chap qoʻlining bilak qismiga tan jarohati yetkazadi.
Tuman sud-tibbiy ekspetizasining xulosasiga koʻra, fuqaro M. Eshdavlatova chap qoʻlining bilak suyagi oʻrta uchligidan yopiq sinishi, ayol sogʻligʻining uzoq vaqtga (21 kundan koʻp) buzilishiga sababchi boʻlgan. Shu sababdan jabrlanuviga mezon ogʻirlik darajasi boʻyicha “oʻrtacha ogʻirlikdagi” tan jarohati yetkaztlganligi aniqlangan.
Ayblanuvchi va jabrlanuvchining qilmishidan pushaymonligi, daʼvosi yoʻqligi, yetkazilgan zarar toʻliq qoplanganligi, tomonlarning sud majlisida yarashuv toʻgʻrisida taqdim etgan arizalari inobatga olindi. Unga koʻra, sud Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi 1-qismi bilan Doniyor Ibragimovga nisbatan jinoyat ishi taraflarning yarashganligi munosabati bilan tugatilishi hamda jabrlanuvchi Muborak Eshdavlatovaga mazkur ish boʻyicha ish yuritishni qayta tiklash yuzasidan iltimosnoma berish huquqi yoʻqolganligi tushuntirilishi haqida ajrim chiqardi.
Er-xotin oilaviy munosabatlarda jiqqa musht boʻlgandan koʻra, qoʻsh hoʻkiz, qoʻshqanot boʻlsalar, murosa-madoraga kelsalar vaziyat sudlashishgacha kelmasmidi. Zora, bu holat yangi hayot ostonasida turgan yosh oilalarga saboq boʻlar.
Surxondaryo viloyat sudi sudyasi Samad Suvonqulov
Jinoyat ishlari boʻyicha Muzrabot tuman sudi rais Toʻlqin Abdiraimov