Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

QOʻLGA ERK BERGANI NAF BERMADI

Kamoliddin Suyunovning (Ism-familiyalari oʻzgartirib berilmoqda) oliygohning talabasi boʻlgani barcha oila-aʼzolarini, yaqinlarini behad quvontirdi.Yaqinlari koʻp bora unga, endi buyogʻiga hayot yoʻlingni toʻgʻri belgilab olinishiga…

QOʻLGA ERK BERGANI NAF BERMADI

      Kamoliddin Suyunovning (Ism-familiyalari oʻzgartirib berilmoqda) oliygohning talabasi boʻlgani barcha oila-aʼzolarini, yaqinlarini behad quvontirdi.Yaqinlari koʻp bora unga, endi buyogʻiga hayot yoʻlingni toʻgʻri belgilab olinishiga yoʻl ochildi.Yoshlarga taʼlim-tarbiya ulashuvchi oʻqituvchi boʻlasan.Demakki,avvalo oʻzining tarbiyangda  tugallik hosil qil, qancha kuching boʻlsa, sport bilan shugʻullan, uni foydalimehnat  turiga sarf qil,- deya koʻp bora nasihat qilishdi.

      Kunlar oʻtib, Kamoliddin uch-toʻrtta ishsiz yurgan tanishlarining davrasida boʻlganida yaqinlari aytgan foydali koʻrsatmalarni xayolidan uzoqlashtirdiki, bu holat uni tanishi Bahrom Xudoyorov bilan birga ularni sudning qora kursi tomoni yetaklab kelishiga sabab boʻldi.

      Sherobod tumanining “Istiqbol” mahallasida yashovchi bu ikki shaxs ertalab soat 8:30 larda qishloqda yashovchi, ilgaridan tanish  boʻlgan ikki fuqaroning oʻzaro janjallariga sababsiz bosh suqib kirishida va ulardan biriga qattiq jismlar bilan ogʻir tan jarohati yetkazishadi.

      Tanasining bosh qismidan ogʻir tan jarohati olgan jabrlanuvchi zudlik bilan kasalxonaga keltiriladi.

       Jinoyat ishlari boʻyicha Sherobod tuman sudining hukmi bilan Kamoliddin  Suyunov va Bahrom Xudoyorovlar sodir etgan qilmishlariga yarasha tegishli jazoga tortildi.

Samad Suvonqulov,Surxondaryo viloyat sudining sudyasi

Olim Togʻayev, Jinoyat ishlari boʻyicha Sherobod tuman sudining raisi

Mavzuga oid