Qonunbuzar jazolandi
Koʻplab jinoyatlarning sodir etilish holatida spirtli ichimliklarni isteʼmol qilish holatlari asosiy sababchi boʻlib qolayotganligi barchamizga ayon. Inson aʼzolari bilan bir qatorda uning ruhiyatiga ham salbiy taʼsirini oʻtkazish…
Koʻplab jinoyatlarning sodir etilish holatida spirtli ichimliklarni isteʼmol qilish holatlari asosiy sababchi boʻlib qolayotganligi barchamizga ayon. Inson aʼzolari bilan bir qatorda uning ruhiyatiga ham salbiy taʼsirini oʻtkazish har doim koʻngilsiz holatlarni keltirib chiqarishini yaxshi bilsada, bugun sudning qora kursida boshini egib oʻtirgan Sherobod tumani, Sherobod mahallasida yashovchi Doniyor Toshmuhamedov (ismi sharifi oʻzgartirib koʻrsatilmoqda) oʻziku mayliya, oila-aʼzolari shaʼniga ham anchayin qora dogʻ tushurdi.
Ikki-uchta shishadosh doʻstlari bilan ulfatchilik qilib misoli “sher” qiyofasiga kirgan bu shaxs mast holatda uyga kelgach, oʻzining jirkanch qiliqlarini asl qiyofasida namoyish etish uchun koʻchaga chiqib nomaqbul tomosha koʻrsatgan.
Qoʻshnilarning tichligini buzib, kimnidir soʻkib, yana bir ayol qoʻshnisini kurakda turmaydigan soʻzlar bilan haqoratlab, uyigacha quvib borgan.
Kechqurungi dam olish soatlarida qoʻshnilarning oromini buzib, bezorilik sodir etgan, Doniyor Toshmuhamedovga jinoyat ishlari boʻyicha Sherobod tuman sudining qarori bilan 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.
Olim Togʻayev, jinoyat ishlari boʻyicha
Sherobod tuman sudining raisi
Samad Suvonqulov, Surxondaryo viloyat sudi sudyasi