Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +1° USD 11 964,27 EUR 13 323,41 RUB 144,49

Qonunchilik palatasi deputatlari saylovi aralash saylov tizimi asosida oʻtkaziladi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun bilan bir qator qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Jumladan, Saylov kodeksiga kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalarga koʻra: Qonunchilik palatasi deputatlari…

Qonunchilik palatasi deputatlari saylovi aralash saylov tizimi asosida oʻtkaziladi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun bilan bir qator qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Jumladan, Saylov kodeksiga kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalarga koʻra:

  • Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini oʻtkazish uchun 75 ta hududiy bir mandatli saylov okrugi tuziladi;
  • Qonunchilik palatasi deputatligiga siyosiy partiyalar tomonidan koʻrsatilgan nomzodlar roʻyxati asosida Qonunchilik palatasiga saylov oʻtkazish uchun Oʻzbekistonning butun hududi yagona saylov okrugi hisoblanadi;
  • Partiya roʻyxati Markaziy saylov komissiyasi tomonidan roʻyxatga olinganidan keyin, ushbu roʻyxatga kiritilganlar deputatlikka nomzod maqomini oladi va ularga guvohnoma beriladi;
  • Partiya roʻyxatiga kiritilgan nomzodlar ushbu siyosiy partiyaning aʼzolari yoki partiyasiz boʻlishi mumkin. Boshqa siyosiy partiyaning aʼzolari ushbu roʻyxatga kiritilishi mumkin emas;
  • deputatlikka nomzodlarni tanlash tartibi siyosiy partiyalar tomonidan belgilanadi;
  • ayollarning soni bir mandatli saylov okruglari boʻyicha, shuningdek partiya roʻyxati asosida siyosiy partiyadan koʻrsatilgan deputatlikka nomzodlar sonining kamida 40 foizini tashkil etishi kerak. Bunda partiya roʻyxatidagi ketma-ketlikda kamida har 5 nafar nomzodning ikki nafari ayol kishi boʻlishi lozim.

Agar saylovda ishtirok etgan saylovchilar ovozlarining 7 va undan koʻproq foizini faqat bitta siyosiy partiya toʻplagan boʻlsa, unda deputatlik oʻrinlari saylovda saylovchilarning eng koʻp ovozini toʻplagan ikkinchi siyosiy partiyaga ham taqsimlanadi.

Shuningdek, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Qonunga kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, Qonunchilik palatasining kamida 5 nafar deputati fraktsiya tuzish huquqiga ega (ilgari kamida 9 nafar edi).

Mavzuga oid